Kurashchi usul bajarish uchun qulay ushlashi: bu ushlash ayniqsa raqib o’z ushlashini amalga oshirish uchun harakat qilganda bajariladi. Kurashchining raqib ushlashiga javob ushlashi: Raqib o’z qulayligini xisobga olib ushlaganda kelib chiqadigan qulay imkoniyatdan foydalanib ushlash, bunday ushlashda ham usul bajarish mumkin.
Kurashchining ximoyalanish ushlashlari:Raqibni usul bajarishiga imkon bermaydigan, unga xalaqit beradigan noqulay ushlash. Ammo bunday ushlash ham ayrim xollarda usul bajarishga imkon beradi.
Ushlashlar jarayonida qo’yidagi qoidalarga qat’iy rioya qilinishi shart:
1. Ushlash paytida qullar erkinroq saqlansa, ular tez toliqmaydi va raqibga ta’sir ko’rsatish chaqqonlik bilan amalga oshiriladi.
Ushlashni eng qulayini bajarib, texnik usulni tezkorlik bilan almashtirish kerak, aks xolda raqib o’zini himoyalashga ulguradi.
3. Kurashchi o’z arsenalida har hil ushlashlarni puxta o’zlashtirgan va ular yordamida har hil texnik usullar ko’rsata bilishi shart.
O ralik masofalar Kurashchilarning oraliq, masofalari 5 xil bo’ladi: 1. Ushlashsiz masofa — kurashchilar bir-birlarini biron joyidan ushlamasdan, ammo ushlash uchun qulay fursatni poylab har hil harakatdagi xolatlari (6-rasm).
6-rasm. 2.Kurashchilarning uzoq, masofa — kurashchilar bir-birlarining bir yoki ikkala englaridan ushlab turishlari (7-rasm)
7-rasm.
3. Kurashchilarning o’rta masofa - kurashchilar bir-birlarining yakgagini bir qo’llari bilan yaktakning gavda qismidan, ikkinchi qo’l bilan engidan ushlab turishlari
(8-rasm).
8- rasm
4.Kurashchilarning yaqin masofasi - kurashchilar bir qo’l bilan gavdani yoka yoki eng qismidan, ikkinchi qo’l bilan belbog’ning old yoki yon tomondan ushlab turgan xolatlari (9-rasm).