ELEMENTAR TEXNIK HARAKATLAR
Kurashchining xolatlari
Kurashchining turishi xujum qilishga, ya’ni usul qullashga, himo- yalanishga va qarshi usul qullashga ko’pay, osonlikcha og’irlik markazidan chiqib ketmaydigan, har qanday,harakatni tezlik bilan bajarishga imkonli bo’lishi kerak. Turishlar ung, chap va to’g’ri bo’ladi.
Kurashchining harakatlari va aldamchi harakatlari
Harakatning asosiy yo’nalishlari: oldinga, orqaga, chapga, ungga, chap-oldinga, ung-oldinga, chap-orqaga yoki ung-orqaga bo’lishi mumkin. Harakat davomida gilamdagi oyoq butun kaft yuzasi bilan kuyilishi shart. Harakat jarayonida kurashchilarning butun gavda xolati muntazam nazorat ostida bo’lishi lozim.
Kurashchi qanchalik o’ziga ishonch bilan turgan bo’lmasin, raqib tomondan bajarilgan har qanday siltab itarish yoki tortish, uning og’irlik markazini yuqotib quyish xavfini tug’diradi.
Shuning uchun ham kurashchi doimo raqibning itargan yoki tortgan tomoniga ixtiyoriy harakatda bo’lishi kerakligini, xech qachon esdan chiqmasligi kerakki, kurashchi qalam tashlagan vaqtda juda qisqa fursatda bir oyoqqa tayanib qoladi va og’irlik markazini yuqotib
qo’yish xavfi kuchliroq bo’ladi. Shuning uchun ham kurashchi hamma vaqtda va xolatda ham to’g’ri harakatlana olishi kerak.
Kurashchi doimo bir xil harakat qilmasligi kerak, aks xolda buni raqib payqab qolib muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin.
Xech qachon gilamda maqsadsiz harakatlanmasligi kerak. Har qanday xolatda ham gilamda tez yaxshi harakatlana bilish kerak.
Aldamchi harakatlarga gavda, qo’llar va oyoklar harakatlarini tez-tez almashtirib, rejalashtirilgan xujumni sezdirmaslik, raqib diqqatini boshqa tomonga tortish kabilar kiradi. Bunday harakatlar raqib kut-magan vaqtda usul bajarish imkonini beradi. Har bir nuxta uzlashti-rilgan usulni aniq bajarish uchun 3—4 ta aldovchi harakatlarni reja-lashtirish kerak.
Kurashda raqibni ushlashning xilma-hil turlari mavjud bo’lib, tajribali va yuqori toifadagi kurashchilar ushlashlar turini yaxshi o’zlashtirgan, har biri qaysi bir usul qanchalik samarali ekanligini puxta o’rganib chiqgan.