Kurashchining tik turishdagi asosiy harakatlari Siltab - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibni keskin burib, uning orqasiga o’tib oladi.
qo’l tagidan o’tib- harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibning qo’li tagidan o’tib, orqasiga turib oladi.
Aylanib - kurashchining aylanib bajaradigan harakati.
Cho’kkalab - harakat bo’lib, bunda kurashchi oyoqlarini oldinga uzatib o’tirish orqali raqib orqasiga o’tib oladi.
Ag’darish Zarba bilan - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi gavdasi va qo’llari bilan raqibni turtadi.
qayirib - kurashchining harakati bo’lib, uning natijasida raqib o’z bo’yi o’qi atrofida buriladi.
Tashlashlar Oldinga engashib - usul bo’lib, uning natijasida raqibni gilamdan ko’tarib, vertikal holatdan gorizontal holatga o’tkazadi.
Elkadan oshirib (burilib) - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni qo’llari, qo’l va oyog’i, boshi va oyog’i, kiymidan ushlab olib, tutib turgan elkalardan oshirib gilamga tashlaydi.
Orqadan oshirib (yoqadan) - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibga orqasi bilan burilish va keyin oldinga egilib yoki oldinga yiqilish hisobiga harakatni bajaradi.
Orqaga egilib - usul bo’lib, bunda kurashchi gavdasini orqaga egib, keyin orqaga yiqiladi.
Aylanib - usul bo’lib, bunda kurashchi gavdasini vertikal o’q bo’ylab aylantirib, keyin yiqiladi.
Zarba bilan - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni gilamdan ko’tarib, uni bo’yi o’qi atrofida aylantiradi.
O’tirib - usul bulib, bunda kurashchi gilamga o’tiradi, raqibga oyog’ini tirab, keyin orqasi bilan dumalab, uni o’zini ustidan oshirib tashlaydi.
qayirib - usul bo’lib, bunda kurashchi raqibni gilamdan ko’tarib, bo’y o’qi atrofida aylantiradi.
Kurashchining parterdagi asosiy harakatlari o’girishlar qayirib - kurashchining harakati bo’lib, raqibni uning bo’yi o’qi atrofida burish va gilamga orqasi bilan o’girishga yordam beradi.
Yugurib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqib boshi atrofida navbatma-navbat qadam tashlab harakatlanib uni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Ustidan o’tib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi, raqibni qulidan yoki oyog’idan ushlab olib, uning ustidan harakatlanib, uni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Yumalatib - harakatlar bo’lib, ularni bajarish paytida kurashchi, raqibni orqadan ushlab olib va “ko’prik” holatiga o’tib, uni o’zining ustidan, oldidan oshirib, o’z boshi tomonga o’giradi.
Orqaga egilib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi, “ko’prik” holatiga turib, raqibni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Ustidan yumalatib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibni oldinga boshdan oshirib gilamga orqasi bilan o’giradi.
Yozilib - harakat bo’lib, uning natijasida kurashchi raqibni gavdasini yoziltirib va oldindan oyoqlarni o’rab yoki ilib olib, uni gilamga orqasi bilan o’giradi.
Og’riq beruvchi usullar Yozilib - kurashchining harakati bO’lib, unda raqibning te-kis uzatilgan oyoq-qo’llariga og’riq beruvchi usul qo’llaniladi.
qayirib - kurashchining harakati bo’lib, unda raqibning bukilgan oyoq-qo’llariga (uning birini ikkinchisi atrofida aylantirish) og’riq beruvchi usul qo’laniladi.
qisib olib - kurashchining raqib ahil payllari yoki boldir mushagini ezish bilan bog’liq bo’lgan va og’riqni sezishga olib keladigan harakati.
Bo’g’uvchi usullar Siqib olib - kurashchining raqib bo’ynini bilagi yordamida siqib turish bilan bog’liq bo’lgan va bo’g’ilishga olib keladigan harakati.
Tortib - kurashchining raqib kimonosi yoqasidan ushlab olib, uning bo’ynini siqish bilan bog’liq bo’lgan va bo’g’ilishga olib keladigan harakati.
Usullar elementlari Ushlab olishlar - qo’llar va oyoqlar bilan bajariladigan harakatlar, ular yordamida kurashchi hujum yoki himoyalanishlarni amalga oshirish maqsadida raqib gavdasining qandaydir bir qismini ushlab turishi mumkin.
Nomdosh bo’lmagan qo’l (oyoq)dan ushlab olish- kurashchining o’ng (chap) qo’li yoki oyogi bilan raqibning chap (o’ng) qo’li yoki oyog’idan ushlab olish.
Nomdosh qo’l (oyoq) dan ushlab olish - kurashchining o’ng (chap) qo’li yoki oyog’i bilan raqibning o’ng (chap) qo’li yoki oyogidan ushlab olish.
Oldindagi qo’l (oyoq)dan ushlab olish - parterda raqibning xujum qiluvchiga yakin turgan qo’li (oyog’i)dan ushlab olish.
Uzoqdagi qo’l (oyoq) dan ushlab olish - parterda raqibning hujum qiluvchidan uzoq turgan qo’li (oyog’i)dan ushlab olish.
qo’l tagidan bo’yinni ushlab olish - bunda o’ng qo’lni raqibning o’ng qo’li tagidan o’tkazib, bo’yin ustida chap qo’l bilan birlashtirish yoki, aksincha, shu harakatni chap qo’l bilan bajarish.
qo’ltiqlar tagidan bo’yinni ushlab olish - (parterda orqadan-yondan) ikkala qo’lni raqibning mos qo’llari tagidan o’tkazib, ularni bo’yin ustida birlashtirgan holda ushlab olish.
Richag shaklida ushlab olish - nomdosh bo’lmagan qo’l tagidan qo’lni ushlab olib, yuqoridan raqib bo’ynini ushlash.
Chalishtirilgan qo’llar bilan ushlab olish - raqibning gavda qismi yoki kiyimidan chalishtirilgan qo’llar bilan ushlab olish.
Chalishtirilgan boldirdan ushlab olish - bunda raqib oyoq-qo’llari chalishtirilgan holatda bo’ladi.
Kalit - hujum qiluvchi tomonidan raqibning mos qo’linining tirsakdan bukilgan joyidan tirsak bukilgan joyi bilan ushlab olish va qul kaftini elkaga quyish.
qaychisimon ushlab olish - oyoklar holati bo’lib, bunda ular raqib gavdasining qaysidir bir joyidan ikki tomondan o’rab oladi va chalishtiriladi.
Chalish - raqibga gilamda harakatlanishga halaqit berish maqsadida oyokning orqa yoki yon qismini uning bitta yoki ikkita oyogi tagiga qo’yib to’sish.
qoqish - oyoq kaftining tag qismi bilan raqib oyog’idan urib tushirish.
Ilish - tizzalaridan bukilgan oyok bilan raqib oyog’ini ushlab turish yoki chetga turtish.
Chirmash - raqib oyog’ini shunga mos oyok bilan boldir va oyok kafti yordamida ilib olgan holda ushlab turish yoki chetga turtish.
Oldindan ilib otish - hujum qiluvchining oyoqning ichki qismi (asosan son) bilan oldindan yoki oldindan-yondan raqib oyog’i yoki oyoqlarini orqaga-yuqoriga itarib yuborish.
Orqadan ilib otish - tizzalardan bukilgan joy bilan (orqadan) raqibning tizzalari bukilgan joyga urib, ko’tarib tashlash.
Ko’tarib yuborish - raqibni son (boldir) bilan o’z oldidan yuqoriga ko’tarib yuborish.
qaychilar -raqib gavdasi ustidan oyoqlarning qarshi harakatlari va bir vaqtning o’zida ikki tomondan uning gavdasining qaysidir bir qismiga ta’sir ko’rsatish.