Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023


Tezkorlik va uni rivojlantirish uslubiyati



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə51/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

2. Tezkorlik va uni rivojlantirish uslubiyati


Kurashchi tezkorligi - bu uning mumkin qadar qisqa vaqt ichida ayrim harakatlar va usullarni bajarish qobiliyatidir. Tezkorlik sifatini yaxshi rivojlantirmasdan kurashda yuqori natijalarga erishib bo’lmaydi. O’z raqibidan xatto sekundning yuzdan bir bo’lagiga tezroq harakat qiladigan kurashchi uning oldida muhim ustunlikka ega bo’ladi.


Kurashchi tezkorligi ko’p jihatdan uning asab jarayonlari harakatchanligiga, sharoitlarga, raqib harakatlaridagi ko’rim-siz o’zgarishlarni sezishga bo’lgan sezgirlik unda qay darajada rivojlanganligiga, bellashuvda har safar yuzaga kelgan vaziyat-ni bir zumda qabul kilish va to’g’ri baholay olish malakasiga, taktik harakatlarni o’z vaqtida va aniq bajarishga bog’liq.
Tezkorlikni rivojlantirish uchun quyidagi uslubllar qo’llaniladi:
Mashqlarni engillashtirilgan sharoitlarda bajarish uslubi. Harakatlar va katta tezkorlik bilan bajariladigan alohida harakatlarni engillashtirilgan sharoitlarda ko’p mar-ta takrorlash. Masalan, usulni kichik vazn toifasidagi sherik bilan tezkorlikka ehtibor qaratgan holda bajarish. Mashqlarni engillashtirilgan sharoitlarda bajarish tezligi bo’yicha oddiy sharoitlarda bajariladigan harakatlardan osha-digan o’ta tez harakatlarning bajarilishini rag’batlantiradi Masalan, yugurish tezligini oshirish uchun qiyalangan yo’lkacha bo’ylab (tog’dan) yugurish qo’llaniladi.
Mashqni og’irlashtirilgan sharoitlarda bajarish uslubi. Kurashchi musobaqalarda duch keladigan sharoitlardan xam ancha qiyin sharoitlarda maksimal tezkorlik bilan bajariladigan harakatlarni ko’p marta takrorlash. Masalan, og’ir vazndagi sherik bilan maxsus mashqlarni bajarish.
Takroriy kuchlanishlar uslubi. Ikki xil ko’rinishda qo’llaniladi:
- mashqlarni chegaradagi va chegara atrofidagi tezlik bilan bajarish;
- mashqlarni shunday sharoitda bajarishki, bunda chega-radagi kuch zo’riqishlari nisbatan engil yukni katta tezlik bilan bir joydan ikkinchisiga o’tkazish yo’li orqali tahminlanadi.
O’yin va musobaqa usullari ham katta ahamiyatga ega bo’lib, ulardan foydalanish sportchining emotsional muhiti, ruhiy holati, raqobatchilik hissining o’zgarib turishi hisobiga tezkorlikni rivojlantirish uchun qo’shimcha turtki (rag’bat) bo’lishi mumkin.
Kurashchining tezkorlik sifatlarini tarbiyalash uchun maksimal tezlik bilan bajariladigan mashqlar (ular, odatda, tezlik mashqlari, deb ataladi) qo’llaniladi. Tezlik mashqlarining texnikasi ularning chegaradagi tezliklarda bajarilishini tahminlashi shart. Mashqlarni bajarish paytida asosiy kuchlanishlar bajarish usuliga emas, balki uning tezligiga qaratilishi uchun mashqlar shunchalik yaxshi o’rganilgan va egallangan bo’lishi kerak. Mashqlar davomiy-ligi shunday bo’lishi zarurki, bajarish oxiriga kelib tezlik, toliqishga qaramasdan, pasaymasligi shart.
Tezlik mashqlarini bajarish tartiblari katta ahamiyatga ega. Har bir mashq davomiyligi 20 sek.dan oshmasligi lozim, dam olish oralig’i, mashqni takrorlash boshida, bir tomondan, kurashchining tiklanishishini, ikkinchi tomondan, uning mar-kaziy asab tizimini optimal qo’zg’aluvchanligini tahminlashi, optimal bo’lishi kerak.
Oraliqlarda dam olish faol bo’lishi lozim. Buning uchun tanaffuslarda katta kuchlanishlarni talab qilmaydigan turli xil mashklar bajariladi.



Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin