Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə58/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

Ruhiy tayyorgarlik 1. Sportchilarni ruhiy tayyorgarliklaridan yana bir refleksiya, ya`ni kurash davomida shu kurashning qanday borishini bilish qobiliyati hisoblanadi. Kurashchi uchun raqibini fikrini, bajaradigan harakatlarini, uyin usullarini, uning cha’ va o`ng tomondan bajaradigan usullarini aktivligini tezlik bilan analiz qilish va tezlik bilan qarshi javobga tayyor bo`lish uyg`otish lozim.
2. Raqibining emotsiyasi -yuz harakatlaridan qaysi harakatlari xaqiqiy va qaysi harakatlari qalbaki ekanligini bilib turish sportchiga o`z vaqtida himoyada bo`lishi va qarshi xujumga utishga imkon beradi.
3. Ruhiy tayyorgarlik jarayonida sportchilarni uz xolatlarini, sezgilarni tugri baholashga va ularni harakatining funksional imkoniyatlari bilan boglashga turgatish zarur.
4. Mushaklarni tula va tez bushashtira olish sportchiga musobaqa jarayonida dam olish kerak bo`lgan imkoniyatlaridan tula foydalana olishiga yordam beradi. Mushaklarni samarador bushashtirish sportchi uz diqqatini bir zumda to`play olishi uchun va juda qiyin sharoitlarda yuqori samarali harakatlarni bajarish uchun sharoit tug`diradi.
5. Sportchini butun fikrini musobaqa jarayoniga qarata bilish, fikrini bir joyga to’plash.
Ko`pgina sportchilarning musobaqalaridagi suskashligi yoki muvafaqqiyatsizligi ularning xaddan tashqari xayajonlanganligidan kelib chiqadi. Musobaqadagi ishonchsizligi usullarni oxirgacha bajarmaslikka olib keladi. Buning natijasida bajarilgan usul uchun qo`llanilgan qarshi usulga duch keladi va mag`lubiyatga uchrashi mumkin.
Sportchilarning ruhiy tayyorgarligini oshirish ularning harakteriga ham bog`liq. Bu jarayonlarni amalga oshirish malakali va tajribali ustoz murabbiylarining ish uslublariga ham bog`liqdir.
Ba`zi xolatlarda murabbiylarning shogirdlariga nisbatan ruhiyatini ko`tarish uchun qo`llaydigan bir necha usullarni kuzatishimiz mumkin.
-Ma`naviy va irodaviy tayyorgarligini oshirish.
-Diqqatini bir joyga to`plash.
-Maqsadga intilish.
-G`alabaga ishonchini uyg`otish
-Raqibiga imkoniyat qoldirmasdan harakat qilishga undash.
-Charchaganda ham chidam bilan musobaqani davom ettirishga undash.
-O`z-o`zini nazorat qilishga undash.
-Raqibiga befarq bo`lmasligini eslatish.
Sportchining uslublarini natija berishiga ishontirish, tushuntirish va raqibini uslublarini bilgan hollarda esa unga qarshi usullarni ishlatish tavsiyalarini berish, natijasi yaxshi bo`lishini bildirish bilan ruhiyatini ko`tarish.
Bularning barchasi g`alabaga olib keladigan omillardir.


1.Kuchni va harakat uyg`unligi taraqiyotiga yunaltirilgan maxsus dinamik mashqlarning tashlanishi.
2.Ma`lum guruxlari mushak kuchlarini taraqqiyotiga qaratilgan maxsus izometrik mashqlarning tanlanishi.
Jismoniy qobiliyatlar va texnik harakatlar taraqqiyotiga qaratilgan ma`lum darajadaga bir-biriga mos xolda ta`sir ko`rsatuvchi maxsus mashqlar ishjab chiqilgan.
Tezkorlik – kuchlilik yo`nalishidagi mashqlarni quydagicha tasnif qiladi.
1.Maxsus bulmagan ta`sir ko`rsatuvchi mashqlar:
2.Mazkur sport turida boshqaruvchi mushak guruhinining taraqqiyotiga qaratilgan analitik mashqlar
3.Asosiy sport malakalari doirasidagi kuchni mukammallashtiradigan mashqlar.
Kuchni rivojlantirishga qaratilgan quydagi mashqlar to’plamini tavsiya qiladi:
4.Chegarada bo`lmagan og`irlikni charchash xolatgacha takroran ko`tarish:
5.Chegaradagi og`irlikni ko`tarish
6.Maksimal tezlik bilan chegarada bo`lmagan og`irlikni ko`tarish.
Olimlarning fikricha kvalifikatsiyali sportchilar uchun eng samarali uslub bo`lib qisqa muddatli kuzatishlar va takrorlashlar ko`rinishlari xisoblanadi. Bir qancha boshqa yondoshlar mavjud bo`lib, ular ko`pincha boshqa harakat sifatlariga taaluqli. Maxsus va maxsus bo`lmagan mashqlarni aylanma mashg`ulotda, shunga o`xshash manekenni uloqtirishda maxsus chidamlikni oshirish mumkinligini ko`rsatadi:
1-bosqichda – arqonga oyoqning yordamisiz chiqish (1-2 marta) va 5-8 marta gavdani ekkan holatda sakrash;
2-bosqichda ko`prikda, (mostda) turib shtanga disklarini aylantirish (har bir tomonga 10-15 martadan) va 5-8 marta sakrash;
Z-bosqichda-gavdani (mostda) orqaga tashlagan xolatda sherik bilan
ushlashib oldinga egilish (10 marta) va 5-8 marta uloqtirish;
4-bosqichda turnikda tortilish 15-20 marta va 5-8 marta uloqtirish;
5-bosqichda – erda yotib, tayangan xolda qullarni bukib yozish (20-40marta ) va 6-marta uloqtirish;
7-bosqichda ko`prik xolda yugurish har bir tomonga 5- 10 martadan va 5-8 marta uloqtirish;
F.A. Kerimov ko`rsatishicha, tezkor – kuchlilik yunalishidagi mashqlarni aylanma mashg`ulotlarda 10-15 umumiy xajmidan oshiqroq MJT bazali bosqichda va TTX xajmida 30 martaga ko`paytirish kurashchilarni mashg`ulot jarayonini samaradorligini oshiradi.

Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin