Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” moduli bo’yicha o‘quv-uslubiy majmua farg ‘ona 2023



Yüklə 96,17 Mb.
səhifə57/167
tarix30.09.2023
ölçüsü96,17 Mb.
#151316
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   167
КУРАШ МАЖМУА ЯНГИ КРИЛ 2020 йил

Psixologik tayyorgarlik. Kurashchi uchun psixologik tayyorgarlik albatta muhimdir. Musobaqalashuv jarayonida sportchilarni ruhiy tayyorgarlik darajasi pand berganligi sababli imkoniyatlari chegaralanib qoladi va natijada mag`lubiyat alamidan tatib ko`rishga majbur bo`ladi.
Kurashchilarda jismoniy tayyorgarlik bilan birga kuch, chaqqon, tezkorlik, egiluvchanlik va chidamlilik kabi jismoniy sifatlarini oshirib borib, ularning ma`naviy va irodaviy sifatlari hamda maxsus ruhiy imkoniyatlarini takomillashtirish lozim.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiya jarayoni deb qaraladi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalashda; Masalan kurashchi mashqlarni ko’p marotaba uning bajarilishi texnik o’zlashtirish maqsadida takrorlayversa, shu vaqtning o`zida ham kuch, ham chidamlilik va tezkorlik kabi jismoniy sifatlari tarbiyalanadi. Usulni bajarish jarayonida o`ta tez harakat yaxshi natija beradi. Usul o`rganish jarayonida oladigan charchoqlariga qaramasdan ma`lum bir me`yorda shug`ullanishni davom ettirish natijasida chidamlilik sifati oshadi. Shunindek usul bajarishi jarayonida egilib bajariladigan usullar va maxsus egilib bajariladigan mashqlar egiluvchanlikni oshiradi. Bu kurashchi uchun muhim jarayondir.
Psixologik tayyorgarlik. Sport turlarining o`ziga xosligi yoki sport turining alohida bo`limlari, sportchilar psixikasiga qo`yiladigan talablarga o`z izlarini qoldiradi. Kurash bilan shug`ullanadigan kishilarda g`alaba uchun kerakli paytda bor kuchini berish va bor kuchini to`play bilish kabi sifatlar harakterlidir. Agar kurashchilarda ishonchsizlik mavjud bo’lar ekan, demak tavakkal qilishga majbur bo`ladi. Buning natijasi hamma vaqt ham samara bera olmaydi. Sportchilarni psixik tayyorlash ularni ruhiy xolatini raqibiga nisbatan tayyorgarligini oshiradi. Masalan: sportchiga raqibi haqida, uning usullarini, kuchini, harakterini oldindan bashorat qilib berish, uning sodir bo`lishi mumkin bo`lgan harakatlari muvofaqqiyatli bo`lishiga olib keladi. Sportchini bunday holatlarga o`rgatishda nimalarga e`tibor qaratishimiz lozim bo`ladi.
1. Raqibiga nisbatan sportchini g`alaba qilishga ishonchini his qilishi; bunda sportchi o`rgangan usullarni samara berishi va ular ustida tinimsiz mashg`ulot olib borganligi xis qilishi buning natijasida qulay vaziyatda bajaradigan usuli natija berishiga ishonch hosil kerak bo`ladi.
2. Raqibini bajarishi mumkin bo`lgan usullarini oldindan o`rganib, o`sha usullarga qarshi usul bajarish reaksiyasini oshirish (bu taktikaga ham kiradi).
3. Sportchini mashg`ulotlaridagi aktiv harakatlari, mashg`ulotlaridagi natijalari va musobaqalarda erishib qolgan yutuqlarini eslatib ruhan tetiklashtirish.

Yüklə 96,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin