Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
9
Vo darig'o, shavq o’tig'a kuymay o’tdum, 
Dunyo tilab yalg'uz Haqni suymay o’ttum, 
G'aflat birlan pir etogin tutmay o’tdum, 
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano? 
Turluk-turluk alomatlar bo’ldi, do’stlar, 
Rostliq ketib, yalg'on da’vo to’ldi, do’stlar, 
Haq Mustafo oyg'onlari keldi, do’stlar, 
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano? 
Haq Mustafo oyg'onlarin bil nasihat
Hayf odam, bir-birini qilmas izzat. 
Masjid kirib, toat qilmay qilur g'iybat, 
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano? 
Qul Xoja Ahmad, qulman dersan, so’zung yalg'on, 
Bu dunyoda sendek yo’qtur yo’lda qolg'on, 
Haqdin kechib, shayton bilan ulfat bo’lg'on, 
Yig'lamaymu, jon mahramin tobmasmano? 
- 6 - 
Tavba qilib Haqqa yonsam bo’lormukin, 
Tavbasizdin o’lub ketsam, netgum mano. 
Piri mug'on mani yo’lg'a solormukin, 
Yo’lg'a kirmay o’lub ketsam, netgum mano? 
Yamon so’zdin bu tilimni emdi yig'sam, 
Egri yo’lg'a kirgonlarni urub-so’ksam. 
Namoz o’qub, riyozatda belim buksam, 
Belim bukmay o’lub ketsam, netgum mano? 
Tavba qilsam, piri mug'on tortormukin? 
Kundin-kunga toatlarim ortormukin? 
Nafsim mani yomon yo’ldin qoytormukin, 
Qoytormayin o’lub ketsam, netgum mano? 
Tavba qilsam, Xojam qabul etormukin? 
Hama nodon bu dunyodin o’tormukin? 
Hasrat bilan g'aflat tongi otormukin, 
Tong otmayin o’lub ketsam, netgum mano? 
Azroil bir kun kelsa jon olg'oli, 
Ul holatda majol bo’lmas so’z oyg'oli. 
Azroil qo’ymas sani dam urg'oli, 
Dam urolmay o’lub ketsam, netgum mano? 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
10
Ahlu iyol, xonumoning turub qolur, 
Barchasini hisobini sandin olur. 
Holing nechuk kechor ermish - Tangrim bilur, 
Bu holatda o’lub ketsam, netgum mano? 
Imonliq qul o’lub borsa, jannat kirgoy
Jannat kirib, hurlar bilan ishrat qilg'oy. 
Har yonidin Rizvon kelib salom qilg'oy, 
Javob oytmay o’lub ketsam, netgum mano? 
Haq bandasin nomalarin qo’lg'a berur, 
Xos bandalar qo’lg'a olib ani o’qur. 
Uchor qushdek parvoz qilib qanot to’qur, 
Parvoz qilmay o’lub ketsam, netgum mano? 
Qul Xoja Ahmad, tavba qilg'il o’lmas burun, 
Haq taolo so’ro’g'-savol qilmas burun. 
Ro’zi mahshar tarozusin qurmas burun, 
Amal qilmay o’lub ketsam, netgum mano? 
- 7 - 
Oriflarni suhbatidin bahra olg'on, 
Xudoyig'a yaqin bo’ldi, bildim mano. 
Piri komil mukammilga xizmat qilib
Ixlos bilan sir-asrorin bildim mano. 
Sir-asrorin bilgonlarga - rahmat in’om, 
Xos bandam deb Haq yubormish ming yo’l salom, 
Ondin so’ngra Haqdin kelgoy anga payom, 
Hozir turub Arsh ustida ko’rdum mano. 
Arsh ustida namoz o’qub, tizim buktum, 
Rozim oytib, Haqqa boqib yoshim to’ktum, 
Yalg'on oshiq, yalg'on so’fiy ko’rdum, so’ktum, 
Ma’shuqimg'a ming bir savol qildim mano. 
Savolimg'a Haqdin keldi yaxshi javob
Ro’zi mahshar a’molingni qilmam hisob, 
Qudrat birlan kotib bitib berdi xitob, 
Haq "kul!" dedi, ta’zim bilan kuldum mano. 
Yo’lsiz erdim, ulug' bobom qildi madad
Duo qilib, xos buzruglar berdi quvvat, 
Xizr bobom hozir bo’lub, qildi shafqat, 
Shafqatidin xosiyatlar ko’rdum mano. 
Xosiyatni sizga oytoy xalqi jahon


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin