Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc


I. Kotiblar tomonidan tushirib qoldirilgan misra, so‘z va qo‘shimchalarni



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47
devoni hikmat

I. Kotiblar tomonidan tushirib qoldirilgan misra, so‘z va qo‘shimchalarni 
tiklash:
1. O nusxada: 
Yetgoymu tirikligim yozu kuzga, 
Kelgoy bir kun farmon oliy oxir bizga. 
B,N,P nusxalarda: 
Yetgoymukin tirikligim yozu kuzga, 
Kelgoy bir kun farmon oliy oxir bizga. 
2. N nusxada: 
Alloh, Alloh oyto yurgil singsun jong‘a, 
..... (misra tushgan) 
Keyingi, ya’ni tushib qolgan 
«Yaratqon Izim Xoliq ul Subhong‘a» 
misrasi A,B,G,Z 
nusxalar yordamida tiklandi. 
II. Kotiblar tomonidan yangilish ko‘chirilgan so‘zlarni tuzatish:
1. V,U nusxalarda: "Ilhom aydi Haq taolo rahmatidin" 
O nusxada: "Ilhom indi Haq taolo rahmatidin"
V,U nusxalardagi xato O nusxa yordamida "indi" tarzida tuzatildi. 
III. Sakta (bir yoki ikki bo‘g‘in yetishmaydigan) misralarni tuzatish:
1. Y nusxada: 
"Ko‘btur munda isyon, qilma izhor"
O,U nusxalarda: 
"Ko‘btur munda jurmu isyon, qilma izhor"
Y nusxadai misra 
"jurmu isyon"
shaklida tuzatildi. 
IV. Turli variantdagi so‘z va misralardan matn mazmuni va ohangiga 
muvofig‘ini tanlab olish: 
1. Y nusxada: 
Ma’siyat daryosig‘a g‘arqob bo‘lub, 
Yurumishman shayton birla rafiq bo‘lub. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
83
U nusxada: 
Ma’siyatni daryosig‘a g‘ariq bo‘lub, 
Yurumishman shayton birla rafiq bo‘lub. 
Bunda U nusxadagi misra tanlab olindi. 
Umuman, Piri Turkistonning axloqiy-tarbiyaviy, falsafiy va ma’rifiy mohiyatdagi fikr-
qarashlarini aks ettiruvchi bu hikmatlar ham xalqchil, sodda va ifodasi ravondir. Ularda 
inson botinini tuzatish, axloqini yuksaltirish, ilm ahliga ehtirom ko‘rsatish, Qur’oni karim 
va hadisi shariflarni mo‘‘tabar tutish, piru ustozlarga nisbatan hurmat bajo aylash, ayni 
vaqtda nodon va johillardan yiroq turish lozimligi alohida ta’kidlanadi. 
Prof. Zakiy Validiy To‘g‘onning Ahmad Yassaviy hayoti, ijodi va hikmatlar tiliga doir 
olib borgan tekshirishlarida "Devoni hikmat"ning qadimgi nusxalarida mavjud bo‘lib, 
keyinchalik tahrirga uchragan: 
Maxdumi pokbozi, parvozi shohbozi, 
Sohib xuruj g‘oziy, chun Arslon emasmu? 
Maxmur oldi dilu jon, quydi mayi arg‘uvon, 
Sulton Sotuq Bug‘roxon, piri mug‘on emasmu? 
Dargohlari kibriyo, islom ochib beriyo, 
Sarhalqai avliyo, sohib Qur’on emasmu? – 
misralariga tayanib, Ahmad Yassaviyning Bug‘ro Takin Arslon Qoraxon al-G’oziy (1034-
1047) bilan nasab jihatidan yaqin bo‘lganligini yozadi35. Darhaqiqat, yangi hikmatlar 
orasidan o‘rin olgan yuqorida keltirilgan parchalarni o‘qir ekanmiz, Z.V.To‘g‘onning 
fikriga qo‘shilmaslikning iloji yo‘qdir. Zero, hikmatlarda uchraydigan qator qadimiy so‘z 
va iboralar hikmatlarning mualliflik masalasiga birmuncha oydinlik kiritishga xizmat 
qiladi. 
Xulosa qilib shuni aytish joizki, yangi hikmatlar "Devoni hikmat" nusxalari tarkibidagi 
mavjud hikmatlar hajmini nafaqat kengaytiradi, balki Yassaviy ijod olamini boyitishga 
xizmat qiladi. Shuningdek, Yassaviy maktabi shoirlarining "Devoni hikmat"ga qo‘shilgan 
she’rlarini ajratish, ularni Yassaviy hikmatlari bilan qiyoslash va tahlil qilishga yordam 
beradi. Ayniqsa, Yassaviy hikmatlarining qadimiy matnlarini izlashga chorlaydi. 
Hikmatlarning yangi namunalari, ular bilan tanishgan o‘quvchilarning badiiy-estetik 
zavqini oshirishga, ma’naviy-ruhiy saviyasini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. 
"Devoni hikmat"ning qadimgi nusxalari bizgacha yetib kelmaganligi ko‘pchilikka ayon. 
Shu sababli "Devoni hikmat"ning tanqidiy matnini tuzish hozircha imkonsiz. Lekin 
keyingi asrlardagi qo‘lyozmalar, toshbosma nusxalar, yurtimizdagi va xorijdagi nashrlar 
asosida "Devoni hikmat"ning ishonchli bir yig‘ma-qiyosiy (solishtirma) matnini 
tayyorlash zarurdirki, bunda mazkur nashrning ham yordami tegadi deb umid qilamiz. 
 
Nodirxon Hasan
Onlineda o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=364.0
www.ziyouz.com
2007 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin