Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
2
tushunchalarini milliy ehtiyojga muvofiq ravishda o‘zlashtirish va favqulodda sodda
xalqona talqinlarni yaratishni ham tarix Ahmad Yassaviy zimmasiga yuklagan edi. 
Mashhur usmonli turk shoiri Yahyo Kamol atoqli olim Muhammad Fuod 
Ko‘prulizodaga: "Ahmad Yassaviy kimdir? Merosining sir-asrori nedur? Shuni bir chuqur 
o‘rganing. Milliyatimizning asoslarini ana o‘sha joyda topursiz!", - degan ekan. 
Ko‘prulizoda shundan so‘ng ishga kirishib, "Turk adabiyotida ilk mutasavviflar" nomli 
tadqiqotini yozgan. Bu kitobning hanuzgacha mashhurligi va qiziqish bilan o‘qib 
kelinayotganligi ham tasodif emas. Unda muallif Ahmad Yassaviyning turkiy xalqlar 
orasida ilk daf’a tasavvuf maslagini vujudga keltirib, asrlar mobaynida ruhoniyatda 
hukmronlik qilganligini yaxshi yoritib bergan. 
So‘fi Olloyor avlodlarga Ahmad Yassaviydan "ulug‘ bir kitob" meros qolganligini aytadi. 
Bu - hikmatlar majmuasi ekanligi aniq. Ammo ushbu nodir kitobning qadimiy 
qo‘lyozmasi saqlanmagan. Saqlanib qolgan bo‘lsa-da, haligacha topilgani yo‘q. 
Muammolarning muammosi ana shu. Ahmad Yassaviy adabiy shaxsiyati va ijodiyotiga 
ishtibohli qarashlar, adolatsiz va bir yoqlama tanqidlar, bir-biriga zid va mutlaqo teskari 
munoqashayu munozaralar - bularning deyarli hammasi asosan shu zaminda paydo 
bo‘lgan. Biroq buyuk Yassaviy ijodiyoti ta’qiqlash bilan to‘xtab qoladigan, tanqid va 
tahqirlashdan ahamiyatini boy beradigan bir ijod emas. Aksincha, u hech qanaqa 
qarshilik va zo‘ravonlikka mag‘lub bo‘lmaydigan she’riy merosdir. "Devoni hikmat" 
insonni nafsparastlikdan, ma’rifatsizlik va yirtqichlashuvdan muhofaza etadi. "Devoni 
hikmat" odam farzandini shaytoniy hiylalar, hayvoniy quturishlardan asraydi. Bu bebaho 
asar hirsu havoga berilib "odamiyatni pok-pokiza yeb" qo‘yish kulfat va musibatlaridan 
ogohlantiradi. Hamma gap uni qanday o‘qish va qanday anglash, anglabgina qolmasdan 
Yassaviy so‘zlariga amal ham qila bilishdadir. Agar "Devoni hikmat"ni mutolaa qilib, 
ozmi-ko‘pmi o‘z ahvolimizni tushunsak, undagi umumiy ruh, mohiyat va ma’rifat shavqi 
qaysi bir darajada aqldan jaholatni, qalbdan g‘aflatni chetlashtirsa - urinishimiz besamar 
ketmagan bo‘ladi. Demak, biz tosh chaynasak-da, haqiqatning kuch-quvvati, ishqning 
hayotbaxsh zavqiga suyanib, inonib yashashga urinmog‘imiz joiz. Quvonarlisi shundaki
so‘nggi o‘n-o‘n besh yil mobaynida "Devoni hikmat"ni xalqqa qaytarish, keng kitobxonlar 
ommasiga yetkazishda xayrli ishlar amalga oshirildi. Asar Toshkentda, Turkiyada, 
Moskva va Qozog‘istonda chop etildi. 
"Devon"ning eski qo‘lyozmasi qo‘lga kiritilmaganligi bois undan qancha hikmat o‘rin 
olganligini bilmaymiz. Yassaviy izdoshlari tomonidan qo‘shilganlari qaysi, tahrir va 
o‘zgartirishlar bo‘lganmi, bunga asos nima - bular ham noma’lum. Ammo bir narsa 
ma’lum: "Devoni hikmat"ning keyingi asrlarga mansub qo‘lyozma va toshbosma 
nusxalarida hikmatlarning umumiy miqdori ancha ko‘pdir. Buning bir isboti sayramlik 
olim Mirahmad Mirxoldoro‘g‘li bilan usmonli turk olimi Metin Oqarning Istanbulda 
bosilgan "Xoja Ahmad Yassaviyning yangi topilgan hikmatlari" nomli kitobi hisoblanadi. 
Gap shundaki, ushbu kitobdagi "yangi hikmat"larning hammasini ham Yassaviyga nisbat 
berib bo‘lmaydi. Bunga yosh yassaviyshunos tadqiqotchi Nodirxon Hasan "Jahon 
adabiyoti" (2002 yil, 10-son) jurnalida bosilgan maqolasida maxsus to‘xtalib, tildagi 
farqlarni ham dalillar bilan asoslashga uringan. "Devoni hikmat"ning qadimgi nusxasi 
bizgacha yetib kelmaganligini qayd etarkan, Nodirxon Hasan yana bunday deydi: "Lekin 
keyingi asrlardagi qo‘lyozmalar, toshbosma nusxalar, yurtimizdagi va Turkiyadagi joriy 
alifbo chop etilgan nashrlar asosida "Devoni hikmat"ning qiyosiy, ya’ni ishonchli matnini 
tayyorlash bir zaruriyatga aylandi. Bu yassaviyshunoslikdagi eng muhim va alohida 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin