Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
13
Na til birlan oytoy sanga hamdu sano. 
Dargohingga yig'lab keldim, bergil davo
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano. 
Ey yoronlar, kofir nafsga oltmish bosh bor, 
Har boshida yuz ming shayton lashkari bor. 
Xos buzurglar nafs ilgida tufroqdin xor, 
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano. 
Riyozatni qirq kun chekib bir bosh ketti
Subhi sodiq boqib ko’rdi: unub chiqti. 
G'arib Adham nafs ilgida turfa shoshti, 
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano. 
Ilgin ochib, munojotin Haqqa qildi, 
Jonu dilda tavba qilib, bexud bo’ldi. 
Nadomatda sochu saqol yulub oldi
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano. 
G'arib Adham nafs ilgida dod ayladi, 
Taxtdin kechib, Rahmonini yod ayladi. 
G'arib, yetim ko’nglin ovlab, shod ayladi, 
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano. 
Dargohingga yig'lab keldi Qul Xoja Ahmad, 
Umidim ko’b, qiyomatda qilsang rahmat. 
Parvoyim yo’q shayton lain qilsa zahmat
Gunohimdin sanga yig'lab keldim mano. 
- 9 - 
Ishq dardini oshiqlarg'a tuhfa berdi, 
Shavq o’tida o’rtab-yonib kuydum mano. 
Muhabbatni sharobini to’yo berdi, 
Sarmast bo’lub raqsu samo’ urdum mano. 
Ishqi tushti g'arib boshg'a, turolmadim, 
Xalq ichinda toqat qilib yurolmadim. 
Majnun sifat xelu xeshim ko’rolmadim, 
Biyobonni vatan qilib yurdum mano. 
Biyobonni qumlarini ko’zga surttum, 
"Jondin kech!" deb nido keldi jondin o’ttum. 
Bu dunyoda yuz ming turluk jafo torttum, 
Bihamdilloh vafosini ko’rdum mano. 
Ko’zum ochtim, Layli demay Alloh dedim
Dunyo demay oxiratni g'amin yedim. 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
14
Shak kelturmay birligingga bo’yunsundim, 
To o’lguncha bir ahdimda turdum mano. 
Ixlosimni ko’rub ma’shuq qo’lum oldi, 
Fayzu futuh to’la berib yo’lg'a soldi. 
Bo’ynum egib moumanlik yakson qildi, 
Tufroq bo’lub o’lmas burun o’ldum mano. 
Oshiqlarg'a ishqin berib oshiq qildi, 
Rahmon egam o’z yo’lig'a sodiq qildi
Chin tolibni dargohig'a loyiq qildi, 
Loyiq bo’lub tariqatga kirdim mano. 
Ishq xanjari ko’ksum teshti, qildi xarob, 
Yig'lamaymu, shavq o’tida bag'rim kabob. 
Mehnat torttim hech bermadi (mango) sharob, 
Cho’llar aro hasrat qilib yurdum mano. 
Xos ishqidin bahra olg'on hayron bo’lur, 
Rasvo bo’lub, xalq ichinda vayron bo’lur. 
Diydorini talab qilib giryon bo’lur, 
Yig'lay-yig'lay bo’yi Xudo oldim mano. 
Ishq kulbasi bag'rim ichra makon qildi, 
G'amu shukri aqlim olib payhon qildi. 
Kimdin yig'lay, harna qildi, jonon qildi?! 
Jononimg'a arz olg'ali keldim mano. 
Qul Xoja Ahmad, oyg'on so’zung boldin shirin, 
Ko’zung yoshlig', ko’nglung sinuq, so’zung hazin. 
Inshaalloh, bo’lg'ung oxir Haqqa yaqin, 
Sajda aylab dargohig'a keldim mano. 
- 10 - 
Alloh, Alloh, subhanalloh, qayon ketay? 
Yozuqlarim yerga sig'mas kimga oytoy? 
Sattor egam, aybim yobsang o’lub ketay, 
Qaro yerning orosinda qoldim mano. 
Sochu soqol xo’b oqordi, ko’ngul qaro, 
Tongla borsam yo puchakman yoxud saro. 
Kim "alastu bi rabbikum" demish vaqto, 
Bilolmasman qayu jam’din bo’ldum mano. 
G'ariblikni o’qi tegdi boshim qotti, 
Essiz, umrum g'aflat bilan zoe’ o’tti. 
Kofir nafsim tug'yon qilib mani yutti, 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin