Microsoft Word devoni hikmat ziyouz com doc



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/47
tarix25.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#195384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
devoni hikmat

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
5
Jismu jonin fido qilib g'izo topti, 
Chin oshiqlar ursa-so’ksa tonmas ermish. 
Qitmir itdin ibrat olg'il oshiq ersang
Oqsoqlanib yo’ldin qolma sodiq ersang. 
Erlar sevur yaxshi qulg'a loyiq ersang, 
Loyiq bo’lg'on qullar yo’lda qolmas ermish. 
Tavfiq tilab eranlarg'a yovuqlang'il, 
Ko’ngul uzub taalluqdin sovuqlang'il. 
Dunyo qo’yub, oxiratg'a ozuqlang'il, 
Ozuq olg'on aro yo’lda qolmas ermish. 
Oshiq qullar jafo tortsa, qonlar yutar, 
Harna jafo tegsa, oni rohat tutar
Mehnat tortmay, jafo chekmay qachon yetar, 
Bu holatda bo’lg'on oshiq qolmas ermish. 
Oshiq qullar ingroyurlar tun-kun tinmay, 
Zor ingrabon na’ra uror bag'ri tolmay, 
Zokir qullar arra tortor doim hormay, 
Suhbat topsa jon o’ynotib hormas ermish. 
Ergashgonlar yaxshilarg'a zoe’ qolmas, 
Sidqi birla chin ixloslig' topmay qolmas, 
Chin yo’llarg'a qadam qo’yg'on ursa qoytmas, 
Tolib qullar matlubidin qolmas ermish. 
Qul Xoja Ahmad, oriflarg'a moyil bo’lgil, 
Harna desa, bo’yunsunib qoyil bo’lgil, 
Xizmat qilib yugrub yurub soyil bo’lgil, 
Xizmat qilg'on murodina yetor ermish. 
- 3 - 
Oxir zamon shayxlaridin so’zloyin, 
Iymon-islom bilmay shayxliq qilor ermish, 
Ilm o’rganmay, amal qilmay, ma’ni uqmay, 
Oxiratda qaro yuzluk bo’lor ermish. 
Shayxman teyu mehrob ichra o’lturg'oylar, 
Halqa ichra xalqg'a zahmat yetkurgoylar, 
Hoyu Hu deb sarmastlig'in bildurgoylar, 
Ondog' johil qandog' shayxliq qilor ermish. 
Mundog' shayxning qiyomatda yuzi qaro
Nodonliqda shayxliq qilur – ishi riyo, 
Ro’zi mahshar rasvo bo’lur, ko’zi a’mo, 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
6
Avval-oxir zalolatda bo’lor ermish. 
Shayx bo’lmoqg'a jam’ ul-jam’ adno maqom, 
Hozir bo’lub, ogoh bo’lsang alad-davom
Pir xizmatin necha yillar qilsa tamom, 
Yo’q ersa, zolu muzill bo’lor ermish. 
Omi shayxlar quloq, dumsiz himor bo’lg'oy, 
Himmatlari dunyo molin yig'or bo’lg'oy, 
Xaloyiqni yo’l ozg'urub ketor bo’lg'oy, 
Ondog' shayxlar bahoyimdin batar ermish. 
O’zlarini xalqlar aro tutqoy ulug', 
Botinlari ichra yo’qtur zarra furug', 
Man ortuq, deb yurgonlarni joyi tamug', 
Do’zax ichra qottiq azob tortor ermish. 
Aybin oytsa, ochchig'lanib urushqoylar, 
O’zi bilmay yamon ishga yurushgoylar
Qaro yuzluk mahshar kuni turushqoylar, 
Nadomatda boshi qotib yurur ermish. 
Ey mo’minlar, o’shal shayxni bayonini, 
Man oytoyin, yaxshi tinglang ayonini, 
Qiyomatda yuklar murid gunohini
Sirot uzra titrab-qaqshab turor ermish. 
Mundog' shayxning oqilini degil ahmoq, 
Omiliqda shayxliq qilur ermish mutloq. 
Botin ichra anga tegor doim to’qmoq, 
Qiyomatda hasrat qilib yuror ermish. 
Chin shayx bo’lsa, dunyo molin suymas, biling, 
Tongla borsa, do’zax ichra kuymas, biling, 
Alloh debon kechalarda uymas, biling, 
Yuzin ko’rsang, to’lg'on oydek bo’lor ermish. 
Qo’lin tutsang dunyo mehri dildin ketor
Halqasida moumanlik jumla ketor, 
Nazar qilsa, ikki olam ishing bitor, 
Ondog' murshid lomakonda yuror ermish. 
Shayxliq otin anga qilmoq erur vabol, 
Jon berorda iymonig'a xavfu zavol. 
Oxiratda anga bo’lur har dam nakol
Rahmon egam mundog' quldin bezor ermish. 
Odam ersang, to’g'ri yo’lda yuro ko’rgil, 
Payg'ambarni qilmishlarin qilo ko’rgil, 


Devoni hikmat (yangi topilgan hikmatlar). Ahmad Yassaviy 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin