Reja: Uch sharnirli arka va ramalarni qo‘zg‘almas yuklar taʼsiridan analitik usulda hisoblash. Arka o‘qining ratsional shakli. Uch sharnirli arkalarning harakatlanuvchi yuklar taʼsiridan hisoblash Tayanch reaksiyalarning taʼsir chiziqlari



Yüklə 27,86 Kb.
səhifə1/7
tarix11.08.2023
ölçüsü27,86 Kb.
#139177
  1   2   3   4   5   6   7
7-Uch shаrnirli аrkа tayanch reaksiyalar


Uch shаrnirli аrkа tayanch reaksiyalar


Reja:



  1. Uch sharnirli arka va ramalarni qo‘zg‘almas yuklar taʼsiridan analitik usulda hisoblash.


  2. Arka o‘qining ratsional shakli.


  3. Uch sharnirli arkalarning harakatlanuvchi yuklar taʼsiridan hisoblash


  4. Tayanch reaksiyalarning taʼsir chiziqlari.


  5. Ichki zo‘riqishlarning taʼsir chiziqlari.



Uch sharnirli arka va ramalar
O‘zaro bitta sharnir vositasida ulangan va fundamentga ikkita qo‘zg‘almas sharnirli tayanchlar yordamida tiralgan ikki egri brusdan tuzilgan geometrik o‘zgarmas sistema uch sharnirli arka deyiladi (6.1 – rasm).

6.1–rasm 6.2 – rasm


Bunday sistemalarga qanday vertikal kuchlar taʼsir etishidan qattiy nazar, uning tayanchlarida doim gorizontal yo‘nalgan keruvchi reaksiya kuchlari bo‘ladi. Bu gorizontal reaksiyalar xavon deyiladi. Uch sharnirli arka va ramalar statik aniq va geometrik o‘zgarmasdir, ulardagi tayanch reaksiyalarning 4 ta tashkil etuvchisini aniqlash uchun statikaning uchta mavozanat tenglamasiga qo‘shimcha bitta tenglama kiritish kerak. Bu tenglama arkaning oraliq sharniri C dan chap yoki o‘ng tomonda taʼsir etuvchi hamma kuchlardan shu sharnirlarga nisbatan olingan momentlar yig‘indisining nolga tenglik shartiga asosan tuziladi, yaʼni:
X=0, Y=0, M=0, MCo‘ng=0, yoki MCchap=0 (6.1).
Arka o‘qi parabolasimon aylana, ellips va boshqa shakldagi egri chiziqlaridan iborat bo‘lishi mumkin. A va B tayanch sharnirlari tavon sharnir, oralik C sharnir esa kulf sharnir deb aytiladi. f arkaning ko‘tarilish cho‘kkisi deyiladi.
Tortqili arka tayanchla-rining tuzilishiga ko‘ra xa-vonsiz sistema deb aytiladi. Agar egri bruslar siniq o‘qli sterjenlar bilan almashti-rilsa, uch sharnirli rama hosil bo‘ladi (6.2 – rasm).


Yüklə 27,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin