Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

2.O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi 
o‘rnini yaxshilash borasidagi davlat siyosati, qabul qilingan huquqiy-
normativ hujjatlar. 


225 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Xalqaro 
reytinglar 
tizimiga 
integratsiyalashuvidan ko‘zlangan asosiy mezon va maqsadlarga to‘xtaladigan 
bo‘lsak, bu masala yuzasidan qator fikr va mulohazalar O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning 
2018-yil 
28-dekabrda 
Oliy 
Majlisga 
Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish doirasida ham 
yuritilgan edi. Xususan, O‘zbekistonning global raqobatbardoshlik reytingi va 
boshqa xalqaro reytinglarda qatnashishi hamda unda mamlakatimizning egallagan 
o‘rnini yaxshilab borishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish, mamlakatda qulay biznes va investitsion muhitni shakllantirish sohasida 
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, qonunchilikning amaliyotga tatbiqi ustidan 
kuchli parlament va deputatlik nazoratini o‘rnatish va boshqa vazifalar belgilangan 
edi. 
Shuni alohida qayd etish kerakki, reytinglar ichida eng mashhurlari, 
investitsiya jalb qilinishida muhim o‘rin tutadiganlari sirasiga “Standard and 
Poors”, “Moodys”, “Fitch Ratings” agentliklari hamda yirik auditorlik va 
konsalting kompaniyalari tomonidan eʼlon qilib boriladigan baholash mezonlarini 
ham kiritish mumkin. Hozirgi kunda yuqorida qayd etilgan agentliklar tomonidan 
eʼlon qilinadigan suveren kredit reytingiga O‘zbekistonning ham kiritilishi 
bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Biroq bu ishlarni hozircha qoniqarli deb bo‘lmaydi. 
Аytaylik, bir qator indekslar bevosita investitsion faoliyat bilan bog‘liq 
ko‘rsatkichlarni eʼlon qiladi. Jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar indeksi 
(FDI index) 62 ta mamlakatda 22 sohani o‘z ichiga qamrab olgan holda 
qonunchilik tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning kirib kelishiga 
to‘sqinlik qiluvchi omillarni tahlil etadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning 
ishonchlilik darajasini ko‘rsatuvchi “FDI Confidence” indeksi global konsultatsion 
kompaniya bo‘lmish “A.T.Kearney” tomonidan belgilanib, 40 ta mamlakat 
bo‘yicha tahlillarni reyting ko‘rinishida chop etadi. 
Аfsuski, mazkur indekslardan o‘rin olgan davlatlar qatorida hozircha 
mamlakatimiz yo‘q. Bu esa yurtimizga potensial investorlarning kirib kelishiga 
salbiy taʼsir ko‘rsatadi. Mamlakat ichkarisida investitsion muhit qanchalik qulay va 
jozibador bo‘lmasin, uning xalqaro maydondagi targ‘iboti yetarli darajada bo‘lmas 
ekan, bir joyda depsinib turilaveradi. 
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish doirasida 
mamlakatimizning xalqaro maydondagi mavqeyini ko‘tarish, ko‘rsatkichlarning 
xolis va haqqoniy baholanishini taʼminlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga 
oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimizning 2020-yil 25-fevraldagi “O‘zbekiston 
Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni 
baholashning 
yaxlit 
va 
mustaqil 
tizimini 
shakllantirish, 
shuningdek, 
respublikamizning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yaxshilashni taʼminlash yo‘llari 
atroflicha belgilab berildi. 
Mazkur hujjatga muvofiq vazifalar 3 ta asosiy yo‘nalishda ish olib 
borilayotgani alohida eʼtiborga molik. Yaʼni: 


226 
1. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi o‘rnini monitoring 
qilish va baholashning milliy tizimi, yaʼni Milliy monitoring tizimining yaratilishi. 
2. Ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yaxshilash, aholining davlat 
organlari faoliyatidan qoniqish darajasini hamda ularning xodimlari kasbiy 
mahoratini oshirish maqsadida “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutining 
joriy etilishi. 
3. “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portalining 
yaratilishi esa ushbu yo‘nalishda samarali muloqot va axborot almashinuviga 
xizmat qiladigan imkoniyatlarni yuzaga chiqaradi. 
Shu yilning 5-fevral kuni davlatimiz rahbari “Jahon banki va Xalqaro moliya 
korporatsiyasining 
“Biznes 
yuritish” 
yillik 
hisobotida 
O‘zbekiston 
Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Unda mamlakatimizni xorijlik investorlar 
uchun yanada jozibador hududga aylantirish, yurtimizning xalqaro maydondagi 
nufuzi va investitsion imijini keskin yuksaltirishga xizmat qiladigan vazifalar 
bayon etilgan. Qarordan kelib chiquvchi asosiy strategik maqsad mamlakatda 
2022-yilgacha Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” 
hisobotidagi jahon mamlakatlarining birinchi yigirmataligi darajasiga mos 
keladigan qulay shart-sharoitlarni yaratishdir. 
Mazkur qarorda taʼkidlanganidek: “So‘nggi bir necha yillar davomida 
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish sohasida normativ-huquqiy hujjatlar 
bazasini va tartibga solish jarayonlarini takomillashtirishga, qulay biznes muhitini 
va xalqaro maydonda mamlakatning ijobiy nufuzini shakllantirishga qaratilgan 
chora-tadbirlar ko‘rildi. Oxirgi 5 yil davomida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida 
Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” reytingida 
O‘zbekiston jahonning 190 ta mamlakati orasida 146-o‘rindan 76-o‘ringa 
ko‘tarildi. Shu bilan birga, amaliyotda, xususan, qurilishga ruxsatnomalar olishda, 
mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda 
tadbirkorlik subʼyektlari duch kelayotgan ortiqcha byurokratik tartib-taomillar 
hanuzgacha saqlanib qolmoqda”. Аnglashilmoqdaki, O‘zbekiston 2022-yilga qadar 
yana kamida 56 pog‘ona yuqorilashi kerak. 
Shu o‘rinda mavzuga oid yana bir maʼlumotni keltirib o‘tish maqsadga 
muvofiq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-iyuldagi “Jahon 
banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida: 
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy 
agentligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda eng 
muhim xalqaro reytinglarni va tarkibiy indikatorlarni, ularni shakllantirish 
metodologiyasini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va 
indekslarda oxirgi ikki yilda egallab turgan mavqeyini chuqur o‘rganishni 
taʼminlanishi”, deya qayd etilgan edi. 
Taʼkidlash joizki, so‘nggi yillar mobaynida O‘zbekistonda hayotning barcha 
jabhalarini qamrab olgan ulkan o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bularning barchasi 
xalqaro hamjamiyat tomonidan eʼtirof etilmoqda. Аyniqsa, xalqaro reyting 
agentliklari o‘z indekslarida O‘zbekistonni yuqori o‘rinlarda qayd eta 


227 
boshlayotgani mustaqillik yillarida birinchi bor kuzatilmoqda. Bu davlatimiz 
uchun, xalqimiz uchun juda katta yutuq. Masalan, O‘zbekiston Meros 
jamg‘armasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 5-pog‘onaga, Jahon bankining 
“Logistika samaradorligi” indeksida 19-pog‘onaga, “Biznes yuritish” indeksida 18-
pog‘onaga ko‘tarildi. O‘zbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining 
“Mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash” tizimidagi 6-guruh davlatlari qatoridan 
5-guruh mamlakatlari qatoriga ko‘tarilgani ham mazkur o‘zgarishlar natijasidir. 
Xalqaro 
reytinglarda 
yuqori 
o‘rinlarni olish dunyo hamjamiyatining 
mamlakatimizga bo‘lgan eʼtibori, chet el investorlarining qiziqishini oshirish 
uchun muhim omil hisoblanadi. Demak, bu masalaga jiddiy qarash kerakligini 
hayotning o‘zi talab etadi. Аmmo ayrim sohalarda reytinglar bilan ishlashga 
yetarlicha eʼtibor qaratilmayotgani va xalqaro tashkilotlar tomonidan 
o‘tkazilayotgan so‘rovlarda aksariyat islohotlar o‘z aksini topmayotgani oqibatida 
yetakchi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston hamon quyi pog‘onalarda 
qolmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020-yil 2-iyun kuni 
imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro reyting va indekslardagi 
o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari hamda tashkilotlarida ular bilan tizimli 
ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi farmoni shu jihatdan 
qayd etib o‘tilgan kamchiliklarga chek qo‘yishga qaratilgan muhim hujjat 
hisoblanadi. 
Farmonda 
mamlakatning 
investitsiyaviy 
jozibadorligi 
va 
xalqaro 
maydondagi imijini mustahkamlash, davlat organlari va tashkilotlarida xalqaro 
reyting hamda indekslar bilan ishlashning yangi mexanizmlarini joriy qilish, 
shuningdek, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan 
vazifalarni amalga oshirish maqsad qilingan. Hujjatda bu boradagi aniq vazifalar 
belgilab berilgan bo‘lib, ushbu vazifalarni bajarish jarayonida xalqaro reyting va 
indekslar bilan ishlash bo‘yicha Respublika Kengashi tashkil etildi. Mamlakatning 
ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib 
borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning O‘zbekiston 
uchun ustuvor bo‘lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatimizning o‘rnini 
yaxshilashga xizmat qilishini taʼminlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarga to‘siq 
bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish mazkur kengashning asosiy vazifalari etib 
belgilandi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin