207
taʼminlaydigan konstitutsiyaviy asosdir. Biz barchamiz – fuqarolar ham, jamiyat
ham, davlat ham Vatanimiz ravnaqi uchun, mamlakatimizda tinchlik-barqarorlikni
mustahkamlash uchun, tarixiy, maʼnaviy va madaniy merosimizni saqlash, boyitish
va kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish uchun birdek masʼulmiz” – deb
taʼkidlagan edi.
Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb
nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy
Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan
yaxshilash, davlat boshqaruvida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda
tutilgan.
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo,
davlat xizmatini isloh
qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy
sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron
hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish
rejalashtirilgan.
Xalq bilan samarali muloqotni taʼminlash Davlat dasturining eng muhim va
dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini
takomillashtirish, nodavlat-notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini
yanada
rivojlantirish, shuningdek, mahallaning jamiyat hayotidagi rolini
kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Mamlakatimizda fuqarolarning ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini
amalga oshirish institutlari orqali jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish
uchun yangi imkoniyatlar yaratish borasida 2018-yil 12-aprelda “Jamoatchilik
nazorati to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonunga binoan fuqarolar,
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat-notijorat tashkilotlar,
ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati subʼyektlari etib belgilandi.
Yangi O‘zbekiston rivojining muhim jihatlaridan
biri davlatning fuqarolar
bilan doimiy muloqoti hisoblanadi. Ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yanada
mustahkamlash maqsadida davlat bunday muloqotning tashabbuskori bo‘lib
chiqmoqda
va
quyidagi
shakllarda
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqotni
rag‘batlantirmoqda:
– Davlat boshqaruvi organlarida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha
ixtisoslashtirilgan matbuot xizmatlari;
– 2018-yilda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining muhokamasi uchun
tashkil etilgan regulation.gov.uz veb portali;
– fuqarolarning qonun hujjatlari loyihalari yuzasidan jamoatchilik
murojaatlari Mening fikrim portali yordamida fuqarolar jamiyat va davlat hayotiga
oid dolzarb masalalar yuzasidan elektron shaklda jamoaviy murojaat qilish uchun
imkoniyat yaratildi. Portal ishga tushirilishi natijasida jamoatchilik tashabbuslari
uchun yagona maydon shakllandi, kelgusida u fuqarolarning qonunchilik
tashabbuslarini ifoda etib, fuqarolik jamiyati rivojlanishining kuchli impulsi bo‘lib
xizmat qiladi.
O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslarini
yaratish va rivojlantirish
bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar fuqarolik jamiyatining shakllanishi bo‘yicha
208
quyidagi bosqichlarga bo‘linadi: Birinchi bosqich o‘z ichiga 1991-2000-yillarni
qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatda, fuqarolik jamiyatining asoslari
yaratildi. Ikkinchi bosqich 2000-2010-yillarda mamlakatni demokratlashtirish va
modernizatsiyalash bo‘yicha faol jarayonlar davom ettirildi. Uchinchi bosqich
2011-2016-yillar. Bu davrda fuqarolik jamiyati qurishga doir huquqiy asoslar
rivojlantirildi, fuqarolik jamiyatining ijtimoiy tayanchi – o‘rta ijtimoiy qatlam
yanada mustahkamlandi. To‘rtinchi bosqich 2017-yilda
boshlanib, fuqarolik
jamiyatini shakllantirishning amaliy jihatlarini namoyon bo‘lishi bilan
xarakterlanadi. Fuqarolik jamiyatini qurish g‘oyalari “2017-2021-yillarda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi” va “Taraqqiyot strategiyasi”da yanada rivojlantirilib, bu
sohadagi tub burilish davrini boshlab berdi hamda fuqarolik jamiyati shiddat bilan
rivojlanib, o‘zini har tomonlama namoyon eta boshladi. Bu davrda Prezident
Sh.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar mazmuni yangi bosqich
boshlanganidan dalolat bermoqda.
Аyni paytda Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini
takomillashtirish” yo‘nalishi ijrosi doirasida fuqarolik jamiyati institutlarini
rivojlantirish hamda ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini
oshirishga qaratilgan
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu mamlakatimizda fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish uchun davlat siyosati darajasida izchil, tizimli ishlar
amalga oshirilayotganiga yaqqol dalildir.
Maʼlumki, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan islohotlarni kompleks o‘rganish, tahlil qilish va baholashning yaxlit,
mustaqil tizimini shakllantirish lozim. Qolaversa, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik
nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirishga oid
takliflarni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy maydon yaratish, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha
maslahat kengashining samarali faoliyatini taʼminlash
bu boradagi ishlar
samaradorligini oshirishda muhim o‘ringa ega. Shu maʼnoda Prezidentimizning
mazkur qarori bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil
institutini taʼsischilar kengashi tomonidan “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
markazi” etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik bildirilgani ayni muddao
bo‘ldi. Shuningdek, ushbu hujjat asosida markazning asosiy vazifalari va faoliyati
yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur yo‘nalishlarning har biri fuqarolik jamiyatida
olib borilayotgan islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid
aniq bo‘limlardan iborat.
2016-yilda ilk bor mamlakat aholisi va hukumatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqoti yo‘lga qo‘yildi. Xalq bilan samarali muloqotni taʼminlash dolzarb
vazifalardan biri bo‘ldi. Ushbu qaror bilan endilikda bu borada olib borilayotgan
ishlarni, xalq bilan muloqotning holati va rivojlanishini o‘rganish, davlat organlari
faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilish zarurligi ko‘rsatildi. Mamlakatimizda
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert
doiralar ishtirokida
amaliy tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida kelajakda
209
fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yanada takomillashtirish va
strategik yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Bu jarayonda yangi tashkil etilayotgan markaz tomonidan fuqarolik jamiyati
rivojlanishining normativ-huquqiy tartibga solinishi holatini hamda ushbu sohada
huquqni qo‘llash amaliyoti, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga
oshirishni o‘rganish, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan
samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va
rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar
ishlab chiqildi. Bundan tashqari jamiyatda siyosiy partiyalar rolini oshirish,
raqobatdosh ko‘p partiyali tizimning rivojlanish darajasini tahlil qilish va siyosiy
Dostları ilə paylaş: