Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


partiyalar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarning elektorat manfaatiga xizmat



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023


partiyalar tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlarning elektorat manfaatiga xizmat 
qilishini taʼminlovchi loyihalar joriy etildi. Eʼtiborlisi, rivojlangan demokratik 
davlatlar tajribasi asosida davlat va jamiyat o‘rtasida ochiq muloqotni tashkil etib, 
fuqarolarning dolzarb muammolarini hal etishning optimal yondashuvlarini ishlab 
chiqish ham Markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. 
Markazga fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat 
organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorlik darajasini, ularning mamlakatni 
sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jihatdan rivojlantirishga, shu jumladan, 2030-
yilgacha bo‘lgan davrda BMTning Barqaror taraqqiyot maqsadlarini amalga 
oshirish doirasida qo‘shgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va 
tasdiqlash tavsiya etilgan. Bu esa islohotlarning ilmiy va tahliliy jihatdan puxta 
ishlab chiqilishi va natijada mamlakatimizning kelajakda har tomonlama 
rivojlanishida muhim poydevor vazifasini o‘taydi. 
Mamlakatimiz tub o‘zgarishlar davom ettirilayotgan hozirgi paytda mazkur 
vazifalarni bajarishda davlat organlari rahbarlari Markazga har tomonlama 
ko‘maklashadi, so‘ralgan maʼlumotlarni o‘z vaqtida taqdim etadi, undan olingan 
materiallar va tavsiyalarni ko‘rib chiqadi. Markaz o‘z vazifalarini bajarishi uchun 
shartnoma asosida yetakchi, shu jumladan, xorijiy muassasalar ekspertlarini jalb 
etish huquqiga egadir. Аynan qarorda ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganib, 
O‘zbekiston sharoitida uni joriy etish uchun 2020-2022-yillarda Markaz 
xodimlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga ixtisoslashgan yetakchi xorijiy 
tadqiqot va tahliliy institutlariga ish o‘rganish uchun yuborish bo‘yicha Vazirlar 
Mahkamasiga takliflar kiritish zarurligi alohida belgilab qo‘yildi. 
Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilishning ustuvor yo‘nalishlari. 
Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning 
chinakam mustaqilligini taʼminlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, 
qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini taʼminlashi kerak bo‘lgan Oliy sud 
kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga 
oshirish rejalashtirilgan.Yurtimizda sud-huquq tizimini demokratlashtirish, sudlar 
tomonidan fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalar 
umumeʼtirof etilgan normalar asosida takomillashib bormoqda. Mamlakatimizni 


210 
demokratik yangilashning bugungi bosqichidagi eng muhim yo‘nalishlaridan biri – 
qonun ustuvorligi va qonuniylikni mustahkamlash, shaxs huquqi va manfaatlarini 
ishonchli himoya qilishga qaratilgan sud-huquq tizimini izchil demokratlashtirish 
va liberallashtirish hisoblanadi. O‘tgan davr mobaynida sud-huquq tizimini isloh 
qilish va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish borasida amalga oshirilgan 
islohotlar izchilligini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 
Birinchi bosqich 1991-2000-yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda, yangi davlat 
va jamiyat barpo etishning oqilona strategiyasi ishlab chiqildi. Sud hokimiyatining 
mustaqilligini taʼminlashning huquqiy asoslari yaratilib, mamlakatimiz tarixida ilk 
bor Konstitutsiyaviy sud qaror topdi. Natijada yangi mazmundagi umumiy 
yurisdiksiya sudlari, xo‘jalik sudlari joriy etildi. “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun, 
Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va odil sudlovga oid boshqa 
qonunchilik bazasi vujudga keldi. Fuqarolarning sud himoyasiga bo‘lgan 
konstitutsiyaviy 
huquqlari 
kafolatlandi. 
2000-yil 
14-dekabrda 
“Sudlar 
to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi protsessual qonunchilikka 
sudlarda ish yuritishda tortishuvchilik prinsipini taʼminlash va amalga oshirish, 
jinoyat va fuqarolik tartibidagi ishlarni ko‘rishning barcha bosqichlarida prokuror 
hamda advokatning tengligini taʼminlash, odil sudlovni sifatli va tezkor amalga 
oshirish, sud qarorlari adolatliligini taʼminlash, yuqori turuvchi sudlarni yakuniy 
qaror qabul qilishda masʼuliyatini kuchaytirishga qaratilgan qator o‘zgartish hamda 
qo‘shimchalar kiritilishini belgilab berdi. Shu maqsadda ishlarni apellyatsiya 
bosqichida ko‘rish tartibi joriy etilib, kassatsiya instansiyasi isloh qilindi. Natijada 
fuqarolik va jinoyat sudlarida birinchi instansiya va tergov organi tomonidan yo‘l 
qo‘yilgan xato kamchiliklarni tez hamda samarali ravishda bartaraf etish 
imkoniyati yuzaga keldi. 
Ikkinchi bosqich 2001-2009-yillarni o‘z ichiga olib, ushbu bosqich faol 
demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri bo‘lib, bunda 
iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, siyosiy hayot, qonunchilik, sud-huquq tizimi 
va ijtimoiy sohalarni izchil isloh qilish taʼminlandi. Jinoiy jazolarni 
liberallashtirishning yangi bosqichi 2001-yil 29-avgustda “Jinoiy jazolarning 
liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-
protsessual kodekslari hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga 
o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonunning qabul qilinishi bilan 
boshlandi. Mazkur Qonunga ko‘ra: 
– jinoyatlarning tasnifi o‘zgartirilib, og‘ir va o‘ta og‘ir toifadagi 
jinoyatlarning qariyb 75 foizi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir 
bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazildi; 
– jinoiy jazo tizimidan insonparvarlik tamoyillariga mutlaqo zid bo‘lgan 
mol-mulkni musodara qilish tarzidagi jazo turi chiqarib tashlandi; 
– iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari bo‘yicha qamoq va ozodlikdan 
mahrum etish jazolari o‘rniga jarima shaklidagi iqtisodiy sanksiyani qo‘llash 
imkoniyati ancha kengaytirildi, 11 ta moddaga yetkazilgan moddiy zararning o‘rni 
qoplangan taqdirda ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmasligi 
haqidagi qoidalar kiritildi; 


211 
– jinoyat qonunchiligiga o‘zbek xalqining rahmdillik va kechirimlilik kabi 
ko‘p asrlik anʼanalariga mos bo‘lgan yarashuv instituti kiritilib, o‘tgan yillar 
davomida yarashganlik munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish 
mumkin bo‘lgan jinoyatlar doirasi ham kengaytirib borildi. Respublikamiz 
bo‘yicha 2015-yilda 14,482 nafar shaxs, 2016-yilda esa 14,843 nafar shaxsga 
nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tomonlarning yarashganligi munosabati bilan 
tugatilib, ushbu shaxslar “sudlangan” degan ijtimoiy-huquqiy oqibatdan xalos 
bo‘lgan; 
– ehtiyot chorasi tariqasida qamoqqa olishning bir yarim yildan o‘n oygacha 
qisqartirilishi, alohida hollarda esa, bir yilgacha muddatga uzaytirilishi 
mumkinligining belgilanishi, tuman va shahar prokurorlarining tergov hamda 
ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatlarini uzaytirish huquqlari bekor qilinishi 
odil sudlovni amalga oshirishga, sudga qadar ish yuritishning tezkorligi va sifatini 
oshirishga, ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan shaxslarni asossiz ravishda uzoq 
muddatda qamoqda saqlanishining oldini olishga imkon berdi; 
– jinoyat ishini sudda ko‘rishning 2 oylik muddatining belgilanishi va 
sudlarda ishni ko‘rish muddatini uzaytirish tartibining joriy etilishi jinoyat ishlarini 
ko‘rishni asossiz ravishda kechiktirilishining oldini olishga xizmat qildi. 
Bu davr jinoiy jazolar tizimidagi o‘lim jazosini bekor qilinishi bilan ham 
ahamiyatlidir. Favqulodda jazo chorasi hisoblangan o‘lim jazosi 2008-yil 1-
yanvardan eʼtiboran jinoiy jazolar tizimidan chiqarilib, o‘rniga og‘irlashtiruvchi 
holatlarda qasddan odam o‘ldirish va og‘irlashtiruvchi holatlarda terrorizm 
jinoyatini sodir etganlik uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi 
belgilandi. 
Mazkur bosqichning o‘ziga xos xususiyati yana shundan iboratki, bunda sud 
hokimiyati 
bosqichma-bosqich 
mustahkamlandi, 
sudlarning 
mustaqilligi 
taʼminlandi, bu esa, o‘z navbatida, sud tizimini ijro etuvchi hokimiyat organlari 
nazorati va taʼsiridan chiqarish imkonini berdi. Jumladan, sudlar faoliyatini 
tashkiliy jihatdan taʼminlash, sud tizimi uchun kadrlar masalalari bilan 
shug‘ullanish vazifasi maxsus organ – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka 
komissiyasiga yuklatildi. 
O‘z navbatida, “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish 
to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi natijasida sud hujjatlari majburiy ijro 
etilayotganda yuzaga keladigan mulkiy yoki nomulkiy munosabatlarni tartibga 
solib, sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan 
ozod qilindi. Shuningdek, prokuratura organlarining sud jarayoniga aralashuvini 
cheklash, prokuratura vakolatlarining bir qismini sudlarga o‘tkazish maqsadida 
2005-yil 8-avgustdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qamoqqa olishga 
sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, 
mazkur tartib 2008-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga oshirilishi belgilandi.
Ushbu bosqichda amalga oshirilgan islohotlar natijasida siyosiy, iqtisodiy, 
davlat-huquqiy munosabatlarning butun tizimi modernizatsiya qilinib, fuqarolik 


212 
jamiyatini shakllantirish, inson huquq va erkinliklarini himoya etishning huquqiy 
asoslari yaratildi.
Uchinchi bosqich 2010-yildan 2016-yilga qadar bo‘lgan davrni o‘zi ichiga 
olib, mazkur bosqichdagi sud-huquq islohotlari O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2010-yil 12-dekabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va 
Senatining qo‘shma yig‘ilishida so‘zlagan “Mamlakatimizda demokratik 
islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish 
Konsepsiyasi” bilan bog‘liq bo‘lib, unda kuchli fuqarolik jamiyatiga asoslangan 
huquqiy davlat barpo etishda sud-huquq tizimini izchil isloh qilishning eng muhim 
jihatlari aks etdi. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2012-yil 18- 
sentabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish munosabati bilan O‘zbekiston 
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq lavozimdan chetlashtirish va shaxsni tibbiy 
muassasaga joylashtirish tarzidagi protsessual majburlov choralarini sudyaning 
sanksiyasi asosida qo‘llash tartibi joriy etilib, jinoyat protsessida “Xabeas korpus” 
institutini qo‘llash sohasini yanada kengaytirish imkonini berdi. Bundan tashqari 
ushbu Qonunga muvofiq sudning jinoyat ishi qo‘zg‘atishga doir vakolati 
chiqarildi. Аmaldagi qonunchilikda prokurorning sud majlisida ayblov xulosasini 
o‘qib eshittirish bo‘yicha majburiyati aniq belgilanmaganligi sudning maqsad va 
vazifalariga zid ravishda ayblov xulosasini sudyalar tomonidan o‘qib 
eshittirilishiga sabab bo‘lgan. Yuqoridagi Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston 
Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 439-moddasiga o‘zgartish kiritilib, 
birinchi instansiya sudida ish bo‘yicha ayblov xulosasini o‘qib eshittirish 
majburiyati prokuror zimmasiga yuklatildi. 
Shuningdek, jinoiy jazolarni liberallashtirish borasidagi islohotlar ham 
davom ettirilib, 2015-yil 11-avgustda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun 
hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul 
qilinishi natijasida jinoiy jazolar tizimiga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga 
muqobil bo‘lgan yangi jazo turi – ozodlikni cheklash jazosi kiritildi. Yurtimizda 
amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning maqsadi tadbirkorlik subʼyektlariga 
erkinliklar yaratish, ularni jadal rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, 2015-yil 20- 
avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy 
mulkni, tadbirkorlik subʼyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada 
kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga 
qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, 
Jinoyat kodeksi 189-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari dekriminalizatsiya 
qilinib, jinoiy qilmishlar doirasidan chiqarildi, shuningdek, 184-moddasi: “Birinchi 
marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish 
natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarorini olgan kundan eʼtiboran 
o‘ttiz kun Ichida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va 
boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq 
qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi”, degan beshinchi qism bilan to‘ldirildi. 
Sud-huquq tizimini isloh qilishning to‘rtinchi bosqichi 2016-yil sentabr 
oyidan keyingi davr bo‘lib, ushbu bosqichda O‘zbekiston Respublikasi 


213 
Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, 
fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni 
bilan 
tasdiqlangan 
“2017-2021-yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”, 
2017-yil 20-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan 
takomillashtirish 
va 
faoliyati 
samaradorligini 
oshirish 
chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bilan sifat jihatdan yangi davr boshlandi.
Qabul qilingan ushbu normativ hujjatlarda: 
– sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash maqsadida sudyalik 
lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin o‘n yil muddatga, 
shundan so‘ng muddatsiz davrga tayinlash (saylash); 
– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va 
lavozimlarga tavsiya etish bo‘yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, uning 
o‘rniga Sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O‘zbekiston 
Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya 
etilishini taʼminlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy 
kengashi tashkil etish; 
– O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sud hokimiyatining fuqarolik, jinoiy, 
maʼmuriy va iqtisodiy sudlov sohasida yagona oliy organi sifatida davr talablari 
asosida yangidan shakllantirilgani, odil sudlovning mazmun-mohiyatiga mutlaqo 
to‘g‘ri kelmaydigan holat – sudlar tomonidan jinoyat ishlarini qo‘shimcha 
tergovga qaytarish amaliyotiga chek qo‘yilgandi. Bugungi kunda xalqimiz 
kutayotgan adolatli qarorlar qabul qilishga har tomonlama qodir, irodasi 
mustahkam, yuksak kasb va maʼnaviy fazilatlarga ega bo‘lgan sud xodimlari 
tarkibini shakllantirish eng muhim vazifa bo‘lib qolmoqda;
– 2017-yil 1-iyundan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik 
sudini birlashtirish, fuqarolik, jinoiy, maʼmuriy va iqtisodiy sud ish yurituvi 
sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
sudini tashkil etish, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan 
maʼmuriy nizolarni, shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni 
ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar maʼmuriy sudlarini, tuman (shahar) maʼmuriy sudlarini tashkil 
etish belgilandi.
Mazkur Farmon va Harakatlar strategiyasida qayd etilgan vazifalardan kelib 
chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2017-yil 29-aprelda 
“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston 
Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish 
to‘g‘risida”, 2017-yil 6-aprelda “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga 
o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” va “O‘zbekiston Respublikasi 
Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi Qonunlar qabul qilindi. Sud hokimiyatining 
chinakam mustaqilligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini 


214 
ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, odil sudlovga erishish darajasini 
oshirish kabi vazifalar bu boradagi ishlarning asosini tashkil etadi.
2017-yilning 1-aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual 
va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini taʼminlash, 
sud muhokamasini adolatli va o‘z vaqtida o‘tkazish, jazoning adolatli va 
insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odil sudlov 
samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator o‘zgartishlar kiritilmoqda. 
Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning o‘rniga ozodlikdan 
mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoning muqobil turlarini qo‘llash 
imkoniyati kengaytirilmoqda. Yaʼni jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq taʼsir 
choralaridan 
biri 
chiqarilayotganligi 
jinoiy 
jazolarni 
liberallashtirishga, 
huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish taʼsir choralarining ilg‘or shakl va 
uslublarini keng qo‘llash bo‘yicha olib borilayotgan siyosatning mantiqiy davomi 
hisoblanadi. Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya 
qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishning 
tezkorligini oshirish maqsadida jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni 
ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga, qamoqqa olish va uy qamog‘i 
tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘llashning, shuningdek, jinoyat ishlari bo‘yicha 
dastlabki tergovning eng ko‘p muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.
Shuningdek, “Xabeas korpus” institutining qo‘llanish doirasini yanada 
kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda. Fuqarolik ishi bo‘yicha sud qarorini nazorat 
tartibida qayta ko‘rib chiqish imkoniyatini beruvchi muddatning 3 yildan 1 yilga 
qisqartirilishi fuqarolik huquqiy munosabatlarning barqarorligi, fuqarolik protsessi 
ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga 
xizmat qiladi. Yarashuv institutini jinoyat protsessida qo‘llash doirasini 
kengaytirish, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan ayrim turdagi jinoyat tarkiblarini 
jinoyat toifasidan chiqarish, jabrlanuvchining arizasi asosida jinoyat ishi 
qo‘zg‘atilishi mumkin bo‘lgan jinoyat tarkiblari ro‘yxatini kengaytirish nazarda 
tutilmoqda.
Maʼmuriy sudlarni, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya 
sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini taʼsis etish orqali sudlarni kelgusida 
ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda. 
Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz 
cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini 
takomillashtirish, quyi instansiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf 
etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instansiyalarining 
vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda. 
Ushbu yo‘nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat 
organlari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish chora-
tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini taʼminlash, 
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi 
to‘g‘risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‘z vaqtida olinishini taʼminlash 
nazarda tutilmoqda. 


215 
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish 
va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan 
takomillashtirishga alohida eʼtibor qaratildi. 
Shuningdek, ushbu yo‘nalish 2018-2021-yillarda jinoyat va jinoyat-
protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish kontsepsiyasini ishlab 
chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o‘qitish, 
tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam 
tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini eʼlon qilib borishni, 
advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYo organlarini isloh qilishni 
ham o‘z ichiga oladi. 
Jamoat tartibini saqlash, avvalambor, voyaga yetmagan va yoshlar 
o‘rtasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish 
samaradorligini oshirish, huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalarning buzg‘unchi 
tahdidlarni barvaqt aniqlash bo‘yicha yakdil harakatlarni, ularni hamkorlikda va 
sifatli bartaraf etilishini taʼminlash maqsadida 2018-yil 14-fevralda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, 
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat 
jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Ushbu 
qarorga ko‘ra, taraqqiy etayotgan poytaxt xavfsizligining garovi sifatida harakatlar 
yakdilligi asosida barcha davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish 
organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorlik 
qilishning amaliy mexanizmini joriy etish, “Jaholatga qarshi maʼrifat” ezgu g‘oyasi 
asosida har bir mahalla kesimida diniy-ekstremistik xususiyatga ega bo‘lgan 
huquqbuzarliklarni sodir etishning sabab va shart-sharoitlarini barvaqt aniqlash 
hamda bartaraf etishga, birinchi navbatda, ekstremistik oqim mafkurasi taʼsiri 
ostiga tushib qolgan shaxslarni tuzatishga alohida eʼtibor qaratish ishlari 
jadallashtirildi.
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan 
uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun 
milliy valyuta va narxlarning barqarorligini taʼminlash, valyutani tartibga 
solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, 
mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni 
kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish 
uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, 
tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy 
jozibadorlikni oshirish, soliq maʼmurchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga 
solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli 
fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek, turizm industriyasini jadal 
rivojlantirish nazarda tutilgan. 
Shuningdek, ushbu yo‘nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, 
qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim 
milliy korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki 
tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi. 


216 
Harakatlar strategiyasining uchinchi yo‘nalishi iqtisodiyotni rivojlantirish va 
liberallashtirishga qaratilgan bo‘lib, quyidagi vazifalar hal qilishini lozim: 
– makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy 
o‘sish surʼatlarini saqlab qolish; 
– tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi 
tarmoqlarini 
modernizatsiya 
va 
diversifikatsiya 
qilish 
hisobiga 
uning 
raqobatbardoshligini oshirish; 
– qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish; 
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini 
himoya qilish hamda uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes 
va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va 
tarkibiy islohotlarni davom ettirish; 
– viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali hamda optimal foydalanish. 
Qayd etish lozimki, 2017-yilda Harakatlar strategiyasi doirasida iqtisodiyot 
sohasida zamon talablariga javob beradigan, yangicha maʼno-mazmundagi va 
samarali islohotlarni amalga oshirish yo‘lida dadil qadamlar qo‘yildi. 
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, bozor iqtisodiyoti va iqtisodiy 
munosabatlarni rivojlantirishning samarali sharti – dunyo bozoriga chiqish, kichik 
biznes va tadbirkorlikning tashqi iqtisodiy faoliyatda, investitsiyalar jalb qilishda 
qatnashishi, yangi, zamonaviy texnologiya va menejmentni joriy etishdir. 
Noaniqliklar manbai bo‘lgan globallashuv sharoitida dunyo iqtisodiyotida 
chuqur tarkibiy o‘zgarishlar va tizimli islohotlarni amalga oshirish, barqaror 
iqtisodiy o‘sishni taʼminlashning omili sifatida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikning ahamiyati ortib bormoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, “Xitoyda ish 
bilan band aholining 81,4 foizi, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) 54,3 foizi, 
Yaponiyada mos ravishda 70,8; 67,0 foizi, АQSh da 50,6; 53,1 foizi kichik biznes 
ulushiga to‘g‘ri kelmoqda. 
O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish surʼatlarini taʼminlash borasida 
amalga oshirilayotgan islohotlar milliy iqtisodiyotimizda xususiy mulkning o‘rni 
va rolini, YaIMdagi ulushini izchil oshirish, ularning moddiy va kredit 
resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitini yaxshilash, iqtisodiyotda 
davlat ishtirokini kamaytirishga qaratilgan. 
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Prezidentligiga saylangan birinchi 
kunlaridanoq mamlakatni yalpi liberallashtirish siyosatini yuritmoqda. Bugun 
O‘zbekiston iqtisodiyoti erkinlashtirilmoqda: kichik biznes sohiblariga nazorat 
yuki 
pasaytirilmoqda, 
baʼzi 
inspeksion 
tashkilotlardagi 
byurokratik 
ovoragarchiliklarga barham berilmoqda, moliyaviy, soliq va bojxona tizimlarimiz 
liberallashtirilmoqda, xususiy biznesni hukumatdan himoyalovchi qonunlar qayta 
isloh qilinmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisi yig‘ilishidagi nutqida: 
“Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini 
qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, 


217 
yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha 
ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. 
Nega deganda, tadbirkor nafaqat o‘zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham 
boqadi. Men takror bo‘lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, yaʼni 
“Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”. Shuning uchun bundan 
keyin tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilish – davlat siyosatiga, Prezident 
siyosatiga to‘sqinlik qilish, deb baholanadi. Prinsipial jihatdan g‘oyat muhim 
bo‘lgan bu pozitsiyamizni yana bir bor alohida taʼkidlab o‘tishni muhim va zarur 
deb hisoblayman” – deb taʼkidladi. 
Prezidentning 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan qabul qilingan “2017-
2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi 
bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq makroiqtisodiy 
barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish surʼatlarini saqlab 
qolish yo‘nalishida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, yetakchi 
xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirishga katta 
ahamiyat qaratildi. Bu bilan, avvalo, xalqaro moliyaviy institutlar pul mablag‘larini 
jalb qilish orqali moliyalashtiriladigan investitsiyaviy loyihalarni o‘z vaqtida 
amalga oshirilishini taʼminlash ko‘zda tutilmoqda. Shu maqsadda 2017-2020-
yillarda Jahon bankining 3 milliard dollarlik kreditlari hisobidan 27 ta, Osiyo 
taraqqiyot bankining 2,97 milliard dollarlik kreditlarini jalb qilgan holda 20 ta 
loyiha amalga oshirilishdi. Shuningdek, 2017-2021-yillarda Islom taraqqiyot 
bankining 1 milliard dollarlik kreditlari jalb qilinib, qator investitsiya loyihalari 
amalga oshirildi. 
Davlat dasturi bo‘yicha hamda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish 
milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya 
qilish hisobidan uning raqobatbardoshligini oshirish yo‘nalishida korxonalarning 
mablag‘lari, tijorat banklari krediti, xorijiy investitsiya va kreditlar hisobidan 
2017-2021-yillarda umumiy qiymati 40 milliard АQSh dollari miqdoridagi 649 ta 
investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlari belgilanib, amalga 
oshirilmoqda. Mamlakatimizda qisqa muddatda 161 ta yirik sanoat obʼyekti ishga 
tushirildi. Bu O‘zbekiston uchun 2018-yilda qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mlik 
mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. 
Xalqaro ekspertlarning qayd etishicha, O‘zbekistonda iqtisodiy siyosatni 
amalga oshirish bo‘yicha yondashuv o‘zgarib borayapti. Bu, avvalambor, 
aholining iqtisodiy faolligini oshirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishga 
qaratilgandir. Bunda asosiy eʼtibor yuqori texnologik va innovatsion ishlab 
chiqarishni 
tashkil 
qilish 
hamda 
kengaytirishga 
xorijlik 
sheriklar 
va 
investitsiyalarni jalb etishga qaratilmoqda. Chet el investitsiyalarini faol jalb qilish, 
eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalarni tashkil 
qilish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida mamlakatimiz hududlarida erkin 
iqtisodiy zonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilayapti va ularning geografiyasi kengayib 
bormoqda. 2018-yilda mamlakatimizda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, 
Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Surxondaryo, Toshkent, Farg‘ona va 
Xorazm viloyatlarida 12 ta erkin iqtisodiy va 45 ta sanoat zonasi faoliyati yo‘lga 


218 
qo‘yildi. Ko‘rilgan tashkiliy choralar hududlarni jadal rivojlantirish imkonini 
bermoqda.
“Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi 
bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini 
saqlash, 
yo‘l-transport, 
muhandislik-kommunikatsiya 
hamda 
ijtimoiy 
infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz 
bilan taʼminlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan 
ijtimoiy yordam sifatini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi 
maqomini oshirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha taʼlim 
muassasalarining qulayligini taʼminlash, umumiy o‘rta taʼlim, o‘rta maxsus va oliy 
taʼlim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga 
oshirishni nazarda tutadi. 
Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha qariyb 25 mingta 
investitsiya loyihasini ro‘yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o‘rni tashkil 
etish orqali aholini ish bilan taʼminlash dasturlarini to‘liq ijro etish nazarda 
tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo‘lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish 
o‘rni tashkil etish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun taʼlim muassasalarining 
10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilmoqda. 
Katta yoshli avlodni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy nafaqalar berish tartibini 
takomillashtirish, sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish chora-tadbirlari kiritilgan. 
Jumladan, 78 ta tuman tibbiyot birlashmasini, 7 ta shahar va 2 ta viloyat ko‘p 
tarmoqli tibbiyot markazini qayta qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta 
maxsus avtotransport bilan taʼminlash rejalashtirildi. 
Qishloq joylarda 15 mingta arzon uy-joy, 415 kilometrlik suv taʼminoti 
quvurlari, 316 kilometrlik gaz taʼminoti quvurlari va 291 kilometrlik ichki yo‘llar 
qurish rejalashtirilgan. Аholiga transport xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash 
maqsadida 86 ta yangi avtobus yo‘nalishini joriy etish va 537 ta zamonaviy 
avtobus xarid qilish nazarda tutilmoqda. 
Umuman olganda, ushbu yo‘nalish doirasida bir qator muhim vazifalar 
belgilab olindi. Birinchi muhim vazifa sifatida barcha shahar va tumanlarda 
ommaviy sportni rivojlantirishga, jumladan, sport maydonchalari, piyodalar va 
velosipedchilar uchun yo‘laklar, ekoparklar, taʼlim dargohlaridagi sport zallaridan 
iborat sport infratuzilmasini yaratishga alohida eʼtibor qaratish, Olimpiya va 
Paralimpiya harakatini rivojlantirish uchun sport maktablarini ko‘paytirish va 
yangi sport obʼyektlarini barpo etish hamda Olimpiya o‘yinlariga kiritilgan har bir 
sportni rivojlantirish va ommalashtirish bo‘yicha kompleks dasturlarni amalga 
oshirish nazarda tutildi. 
Ikkinchi muhim vazifa sifatida keksa avlod vakillariga eʼtibor va 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni har tomonlama eʼzozlash vazifasi belgilab olindi. 
Buning uchun keksa avlod vakillari, mehnat faxriylarining hayotini mazmunli va 
fayzli qilish, ular uchun munosib turmush sharoitini yaratish, sog‘ligini 
mustahkamlash bo‘yicha boshlangan ishlarni yanada kuchaytirish hamda “Uch 
avlod uchrashuvi”, “Keksalar haftaligi” singari maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni 
ko‘paytirish, har bir tumanda faxriylarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini kengaytirish 


219 
uchun alohida dasturlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish lozimligi taʼkidlab 
o‘tildi. 
Uchinchi muhim vazifa sifatida nogironligi bo‘lgan fuqarolarning huquqiy 
va qonuniy manfaatlarini taʼminlash maqsadida jahon tajribasidan kelib chiqib, 
nogironligi bo‘lgan fuqarolarni kafolatlangan ish o‘rni va daromad manbai bilan 
taʼminlash uchun ularga aniq kvotalar belgilash bo‘yicha amaldagi qonunchilikka 
tegishli o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutildi. 
To‘rtinchi vazifa sifatida ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni 
qo‘llab-quvvatlash, ularga taʼlim-tarbiya berish, kasb-hunarga o‘qitish va turar joy 
bilan taʼminlash, jamiyatda munosib o‘rin egallashiga jiddiy eʼtibor qaratish 
lozimligi taʼkidlandi. Buning uchun “Mehribonlik uylari” va maxsus maktab-
internatlarda yashayotgan bolalarni oilaga yaqin muhitda, bilimli va kasb-hunarli 
etib tarbiyalash uchun “Mehr daftari” doirasida boshlangan ishlarni izchil davom 
ettirish lozimligi belgilab olindi. 
Beshinchi vazifa sifatida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashdek muhim 
masala kun tartibiga qo‘yildi. Unda ayollar bandligini taʼminlash, davlat va jamiyat 
boshqaruvidagi o‘rni hamda nufuzini yanada oshirish, ularning o‘z salohiyatini 
namoyon etishlari uchun sharoitlarni kengaytirish, gender tenglik, oila, onalik va 
bolalikni himoya qilish borasidagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida 
Milliy dasturni qabul qilish lozimligi alohida qayd etildi. 
Oltinchi vazifa sifatida navqiron yoshlarni, ayniqsa, qizlarni sog‘lom va 
yetuk etib tarbiyalash, ularning qobiliyat va isteʼdodini ro‘yobga chiqarish, 
Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida kamol 
toptirish lozimligi belgilab olindi. Buning uchun xorijiy davlatlarda bilim 
olayotgan, mehnat qilib daromad topayotgan mamlakat fuqarolarini, ularning 
O‘zbekistonda yashayotgan oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya 
qilish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlarni qabul qilish hamda “Vatandoshlar” 
jamoat fondi orqali chet ellarda yashayotgan mamlakat fuqarolari va ularning 
oilalari bilan aloqalarni kengaytirish, ularning bilim va salohiyatini mamlakat 
taraqqiyotiga samarali yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish vazifalari 
belgilab olindi. 
“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni taʼminlash hamda 
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish” deb 
nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida respublikaning konstitutsiyaviy tuzumini, 
suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga 
chiqarish, kiberxavfsizlik sohasida axborot, normativ-huquqiy asoslar tizimini 
takomillashtirish, aholini favqulodda vaziyatlardan xabardor qilish tizimini tashkil 
etish va rivojlantirish, Orol fojiasining oqibatlarini yumshatish, shuningdek, 
Millatlararo 
munosabatlar 
sohasidagi 
siyosatning 
ustuvor 
yo‘nalishlari 
konsepsiyasini hamda Diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqish 
nazarda tutilgan. Harkatlar Strategiyasining beshinchi ustuvor yo‘nalishida 
quyidagi vazifalar aks etgan: 
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni taʼminlash 
sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar: 


220 
O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy 
yaxlitligini muhofaza qilish; 
axborot xavfsizligini taʼminlash va axborotni himoya qilish tizimini 
takomillashtirish, axborot sohasidagi tahdidlarga o‘z vaqtida va munosib qarshilik 
ko‘rsatish; 
fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni 
mustahkamlash; 
davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, O‘zbekiston Respublikasi 
Qurolli Kuchlarining jangovar qudrati va salohiyatini oshirish; 
atrof-tabiiy muhit, aholi salomatligi va genofondiga ziyon yetkazadigan 
ekologik muammolarning oldini olish; 
favqulodda 
vaziyatlarni 
oldini 
olish 
va 
bartaraf 
etish 
tizimini 
takomillashtirish. 
5.2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi 
ustuvor yo‘nalishlar: 
davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro 
munosabatlarning teng huquqli subʼyekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, 
rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O‘zbekistonning yon-atrofida 
xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish; 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda 
olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot 
yetkazish; 
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatining 
normativ-huquqiy bazasini hamda xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy 
asoslarini takomillashtirish masalalari aks etgan.
Ushbu vazifalarning mantiqiy davomi sifatida taraqqiyot strategiyasida 
ikkita muhim vazifa ishlab chiqildi. Birinchi vazifa sifatida qurolli kuchlarimizning 
qudratini yanada oshirish masalasi qo‘yildi. Buning uchun harbiylarning jangovar 
shayligi, jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligini kuchaytirish hamda harbiy 
xizmatchilar va soha faxriylarini, ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvvatlash, 
moddiy taʼminotini yanada yaxshilash, uy-joy bilan taʼminlash, farzandlarining 
zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun barcha zarur chora-tadbirlarni 
ko‘rish. Ikkinchi masala sifatida pragmatik va chuqur o‘ylangan tashqi siyosat va 
iqtisodiy diplomatiya borasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish vazifasi 
kiritildi. Buning uchun Markaziy Osiyo mintaqasidagi barcha mamlakatlar bilan 
yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini tobora kuchaytirish, 
mintaqaning ajralmas qismi, yaqin qo‘shni bo‘lgan Аfg‘onistonda tinch va 
osoyishta hayotni tiklash, bu mamlakatda iqtisodiy va gumanitar inqirozga yo‘l 
qo‘ymaslik uchun afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatish, Аfg‘oniston bilan birgalikda 
yirik transport-kommunikatsiya loyihalarini amalga oshirish masallalari kun 
tartibiga qo‘yildi.
Rossiya, Xitoy, Аmerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Hindiston, Pokiston, 
Germaniya, Fransiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Birlashgan Аrab Аmirliklari va 
dunyoning barcha mintaqalaridagi sheriklar bilan o‘zaro manfaatli va ko‘pqirrali 


221 
aloqalarni kengaytirish hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning 
ixtisoslashgan tuzilmalari, Parlamentlararo ittifoq, xalqaro moliyaviy institutlar va 
mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi, Shanxay 
Hamkorlik Tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Turkiy Kengashi Iqtisodiy 
hamkorlik tashkiloti bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni yangi, amaliy maʼno-
mazmun bilan boyitish masalalari kun tartibiga qo‘yildi. 
2021-yil 
qayta 
saylangan 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.M.Mirziyoyevning lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan 
Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqi “Harakatlar 
Strategiyasidan – taraqqiyot startegiyasi sari” deb nomlandi. Unda taraqqiyot 
strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan eng ustuvor vazifalar belgilab olindi. 
Ular quyidagilardan iborat: 
1. Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo 
etish, inson qadr-qimmati va uning qonuniy manfaatlarini taʼminlash. 
2. Аdolat va Qonun ustuvorligi hamda inson qadr-qimmatini taʼminlash. 
3. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish. 
4. Аdolatli ijtimoiy siyosat yuritish va inson kapitalini rivojlantirish. 
5. Maʼnaviy va maʼrifiy sohalarda islohotlarni amalga oshirish. 
6. Global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini 
topish. 
7. Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. 
Umuman 
olganda, 
Harakatlar 
strategiyasining 
amalga 
oshirilishi 
O‘zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, 
rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli 
fuqarolik jamiyati barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, 
davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy 
bag‘rikenglikni taʼminlash yo‘lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag‘ishladi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin