Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHDA



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

12-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRISHDA 
HARAKATLAR STRATEGIYASINING TUTGAN O‘RNI. 
Reja: 
1. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga 
joriy etilishi va uning ahamiyati.
2. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar: 
– Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor 
yo‘nalishlari;
– Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
qilishning ustuvor yo‘nalishlari; 
– Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari; 
– Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari; 
– Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni taʼminlash hamda 
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor 
yo‘nalishlar. 
1. 2017-2021
-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ishlab 
chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamiyati.
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli 
fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk 
ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon 
hayot 
kechirishi 
uchun 
shart-sharoitlar 
yaratishga, 
xalqaro 
maydonda 
O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar 
amalga oshirildi. Shunday bo‘lsada, bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani 
xolisona baholash, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilish hamda 
zamon talablaridan kelib chiqqan holda oldimizda demokratik islohotlarni yanada 
chuqurlashtirish va mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvor 
yo‘nalishlarini hamda aniq marralarini belgilash vazifasi turgan edi. 
Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari, 
jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va 
mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek, 
amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy 
materiallari, maʼruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. 
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har 
bir xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga 
oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. 
Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar 
strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini 
ifodalovchi milliy g‘oyaga aylandi. 


205 
Strategiya – bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi bo‘lib, u 
izchillik bilan va to‘liq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni 
taʼminlaydi. 
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish 
asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni 
loyihasi 
ishlab 
chiqilib, 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda 
mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi tasdiqlangani o‘zbek davlat boshqaruvi tarixida yangi bosqichni 
boshlab berdi. Mazkur hujjatda aniq, hayotiy islohotlar va ularni amalga oshirish 
mexanizmlari belgilab berilgani mamlakatimizda islohotlar samaradorligini tubdan 
oshirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un, jadal rivojlantirish, barcha 
sohani modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek buyuk maqsadlarga xizmat 
qiladi. 
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in 
muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga 
joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. 
Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan 
islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar. 
Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari taʼsirini baholash tizimi” portalida 
yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1310 ta taklif va 
mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib 
chiqildi. 
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar 
vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan fikrlar 
bilan birga mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar 
rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. 
Harakatlar 
strategiyasining 
maqsadi 
olib 
borilayotgan 
islohotlar 
samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal 
rivojlanishini 
taʼminlash 
uchun 
shart-sharoitlar 
yaratish, 
mamlakatni 
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir. 
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi 
belgilangan: 
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish; 
2. Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 
3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 
4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 
5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni taʼminlash, 
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 
Mazkur 
yo‘nalishlarning 
har 
biri 
mamlakatdagi 
islohotlar 
va 
yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat. Harakatlar 
strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan bo‘lib, bunda 


206 
yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat 
dasturi tasdiqlandi. 
Davlat rahbarining 2017-yil 14-fevraldagi Farmoyishi bilan Harakatlar 
strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlari belgilandi. Mazkur 
farmoyish asosida, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan tadbirlarning 
ekspertlik va jamoatchilik muhokamasini samarali tashkil etish borasidagi saʼy-
harakatlarni birlashtirish, ularni mukammal amalga oshirish, fuqarolik jamiyati 
institutlarini, ekspertlar va olimlarni mamlakatimizni demokratlashtirish hamda 
modernizatsiya qilish jarayonlariga faol jalb etish maqsadida “Taraqqiyot 
strategiyasi” markazi tashkil etildi. 
Markaz – nodavlat-notijorat tashkiloti bo‘lib, Harakatlar strategiyasidagi 
islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va natijalarini izchil muhokama qilish, 
davlat organlari va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni taʼminlash, jamoatchilik 
nazoratini samarali tashkil etishda o‘ziga xos zamonaviy media-maydon vazifasini 
o‘taydi. 
“Taraqqiyot strategiyasi” markazi aql markazi sifatida qisqa vaqt ichida 
o‘zida Harakatlar strategiyasining 5 ta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha tajribali, 
tahlilchi va kuchli ekspertlarni jamlay oldi. 170 ga yaqin davlat organlari va 
tashkilotlari bilan aloqa o‘rnatgan markaz xorijiy tajribani o‘rganish bilan birga 
xalqaro aql markazlari bilan hamkorlik qiladi va tajriba almashadi. Xususan, 2019-
yilda Markaz dunyodagi eng yaxshi yigirmatalik reytingidan mustahkam joy olgan 
Italiyadagi “European House – Ambrosetti”, 700 dan ortiq ekspertlarni o‘zida 
jamlagan Siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar institutlari hamda Fransiyadagi 
46 yillik tajribaga ega va o‘z safida kuchli mutaxassislarni jamlagan Tahlil, 
prognozlash va strategiya Markazi (CAPS) kabi aql markazlari bilan o‘zaro 
hamkorlik memorandumlarini imzoladi. 
2020-yilning mart oyiga qadar ekspertlik muhokamalarida 60 dan ortiq 
qonun loyihalari o‘rganildi va tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 
Qolaversa, 2019-yilning o‘zida markaz jamoasi tomonidan 100 dan ortiq tahliliy 
va mualliflik maqolalari chop etildi hamda shuncha miqdorda OАV orqali lavha, 
ko‘rsatuv, intervyu va suhbatlar keng omma eʼtiboriga xavola etildi. 2020-yilda 
“Harakatlar Strategiyasi bilan 3 yil: kutilgan natijalar, yuqori samaradorlik va 
yuksak marralar” nomli risola ham chop etildi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin