6
Shubhasiz, yangi avlod adabiyotlari ham yuqorida taʼkidlangan
mulohazalarga hamohang ravishda zamonaviy talablarga javob berishi, taʼlim
tizimining sifat jihatidan takomillashuvi uchun unga, avvalo, ilm-fan yangiliklari,
innovatsiyalarni jo etish lozim.
Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat bosqichida taʼlim olayotgan talabalar uchun
havola etilayotgan mazkur darslik yuqorida qayd etilgan fikr-mulohazalarni o‘zida
jam etgan. Darslikni tayyorlash jarayonida qator materiallar, xususan,
tarixiy
adabiyotlar va arxiv hujjatlari, mustaqillik davriga oid amalga oshirilgan tadqiqot
natijalari:
dissertatsiyalar,
monografiyalar,
risolalar,
darsliklar,
o‘quv
qo‘llanmalari, hujjat va materiallardan keng foydalanilgan.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab respublika Oliy o‘quv yurtlarining barcha
taʼlim yo‘nalishlarida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fani asosiy fanlardan biri
sifatida o‘quv rejaga kiritildi. Shu munosabat bilan bu fanni o‘qitish yuzasidan
o‘quv dasturlari ishlab chiqilib, yangi avlod o‘quv adabiyotlari nashr etila boshladi.
Ushbu darslikda “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti,
maqsad
va vazifalari, mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-
siyosiy jarayonlar, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning
tarixiy ahamiyati, O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li,
respublikada demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga
oshirilgan
siyosiy
islohotlar,
ijtimoiy-iqtisodiy
o‘zgarishlar,
bozor
munosabatlarining
rivojlanishi, maʼnaviy va madaniy hamda taʼlim sohasida
amalga
oshirilgan
islohotlar,
mustaqillik
yillarida
Qoraqalpog‘iston
Respublikasidagi
o‘zgarishlar,
O‘zbekistonning
jahon
hamjamiyatiga
integratsiyalashuvi hamda xalqaro reyting va indekslardagi o‘rni va nufuzining
ortib borishi kabi masalalar yoritib berilgan.
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligining
“Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning
yangi avlodini yaratish konsepsiyasi”da ilgari surilgan talablarga mos ravishda
tayyorlangan. Mavzular Oliy va o‘rta maxsus taʼlim
vazirligi tomonidan
nomutaxassis fakultetlar bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan
hamda shu yo‘nalishda tasdiqlangan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi”
namunaviy dasturi asosida yoritilgan.
Har bir mavzu so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, tayanch
tushunchalar, savol va topshiriqlar berilgan. Darslik yuzasidan bildirilgan fikr-
mulohazalar O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining “O‘zbekistonning
eng yangi tarixi” kafedrasi mualliflari jamoasi tomonidan mamnuniyat bilan qabul
qilinadi.