Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


-MAVZU. “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‘QUV



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

1-MAVZU. “O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI” O‘QUV 
FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-
METODOLOGIK TAMOYILLARI. 
Reja: 
1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatida tutgan o‘rni. Uning 
o‘rganish obʼyekti va predmeti. 
2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik, ilmiy-nazariy 
asoslari, usullari va tamoyillari. 
3. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixini davrlashtirish. 
4. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning ahamiyati. 
1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining fan sifatida tutgan o‘rni. 
Uning o‘rganish obʼyekti va predmeti. 
Tarix fani ijtimoiy taraqqiyot va o‘tmishga oid turli xil voqelik hamda 
hodisalarning izchil rivojlanishi, ularning qachon, qayerda, qanday holatda yuz 
bergani, insoniyatning paydo bo‘lishi va uning tadrijiy-evolyutsion rivojlanishi, 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy jarayonlar hamda madaniy-maʼnaviy hayot jabhasi va 
boshqalarni o‘rganadi. Shuningdek, O‘zbekiston tarixi umumjahon-insoniyat 
tarixining ajralmas qismi hisoblanib, o‘z navbatida, ahamiyatga molik voqeliklarga 
juda boydir. O‘zbekiston tarixi fani mana shu voqeliklarni boshidan kechirgan 
qadim va yaqin ajdodlarimizning hayoti qanday bo‘lganini, jahon tarixi 
taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissalarini xolisona va haqqoniy tarzda o‘rganadi. 
Taʼkidlash lozimki, tarixiy, milliy-madaniy, axloqiy va diniy qadriyatlarni 
o‘rganish, tiklash va yangi asoslarda rivojlantirish – yoshlar, taʼlim va tarbiya 
tizimidagi talabalarning dunyoqarashida milliy g‘urur hamda o‘zlikni anglash, ular 
ongi-shuurida vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini yanada mustahkamlash 
bugungi davrning muhim talabi bo‘lib hisoblanadi. Аynan shuning uchun ham oliy 
taʼlim tizimida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini har tomonlama chuqur 
o‘qitish maqsadida yangi avlod o‘quv dasturlari, o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar 
yaratilib, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar natijalari o‘quv jarayoniga joriy etilmoqda. 
1991 yildan O‘zbekiston tarixida boshlangan yangi mustaqillik davrini o‘rganish, 
shu davrda ro‘y bergan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, iqtisodiy hayot, madaniy-
maʼrifiy yangilanishlar masalasini o‘rganish – o‘sib kelayotgan avlod, yuksak 
maʼnaviyatli shaxsni tarbiyalashda, shubhasiz, katta ahamiyat kasb etadi. 
Masala mohiyatining dolzarbligini hisobga olib, 2020-2021 o‘quv yilidan 
boshlab respublika Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini 
o‘qitish jarayoni boshlandi. Shubhasiz yaqin o‘tmish tarixini xolisona va ilmiy 
jihatdan o‘rganish tarixchilar oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Tarixiy 
haqiqatning to‘la ro‘yobga chiqishi, haqqoniy tarix yozilishida tarix fanining 
predmeti va obʼyektining to‘g‘ri belgilanishi muhim ahamiyatga egadir. Chunki 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uchun ham boshqa barcha fanlar qatori 
predmet va obʼyekt masalasi asosiy masala bo‘lib hisoblanadi. Zero, fanning 
o‘rganish predmeti va obʼ
y
ekti aniq bo‘lmasa, uning oldidagi vazifa noaniq bo‘lib, 



maqsadga erishish mushkul bo‘ladi. Bunday holat o‘quv jarayoni samaradorligiga 
ham salbiy taʼsir ko‘rsatadi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy va tabiat fanlaridan 
farqli o‘laroq mustaqil fan hisoblanadi. Shuningdek, u barcha fanlar orasida 
alohida o‘z o‘rni va mavqeyiga ega. U barcha fanlar tarixini ham o‘z ichiga olgan 
holda ularning rivojiga katta taʼsir etadi. Bu uning o‘rganish predmeti va obʼyekti 
hamda vazifasida to‘la namoyon bo‘lmog‘i kerak. Tarix fani o‘z xususiyatiga 
ko‘ra, birinchidan, o‘zining butun diqqat eʼtiborini faqat yaqin o‘tmishga qaratadi, 
undan saboq beradi, xulosa chiqaradi, o‘tgan davrning hayot tarzi, ijtimoiy-siyosiy, 
madaniy-maʼrifiy, iqtisodiy jarayonlarini o‘rganadi. 
Ikkinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani boshqa ijtimoiy fanlarga 
nisbatan ancha aniq fandir. U matematika usulidan ham keng foydalanadi. Tarixiy 
voqea va hodisalar qatʼiy aniqlikda, davriy ketma-ketlik – xronologik asosda 
o‘rganiladi. Shuningdek, tarixiy voqea va hodisalar, hujjat va dalillarning haqiqiy 
va haqiqiy emasligi, ular qachon, qayerda, qanday tarixiy muhit va sharoitlarda 
tarixan voqeʼ bo‘lgani aniqlanadi. Va nihoyat, bo‘lib o‘tgan voqeliklarning aniq 
sabab va oqibatlari, shu bilan birga, ularning aniq shakl-shamoyillari va holati 
aniqlanadi. 
Uchinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani mamlakatimiz yaqin 
o‘tmishidagi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy hayotining ahvoli, holatini o‘rganadi, 
ulardan kelajak uchun saboq va xulosa chiqaradi. Mustaqillikka erishishidagi 
murakkab siyosiy ahvol tahlil etilgan holda istiqlolning qanchalik ulug‘ neʼmat 
ekanligi ko‘rsatib beriladi. Bu esa kelajak avlod uchun dasturilamal sifatida xizmat 
qiladi. 
To‘rtinchidan, O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ko‘p qirralik va xilma-
xillik xususiyatiga ega. U jamiyat taraqqiyotining va inqirozlarining faqat bir 
tomoninigina emas, balki jamiyatning hamma tomonlarini uzviy, o‘zaro 
bog‘liqlikda, bir butunlikda o‘rganadi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani 
mamlakatning yaqin o‘tmishdagi voqeliklari, insoniyat hayoti, jamiyat 
taraqqiyotini tahlil qiladi. Uning o‘rganish predmetiga esa mana shu makondagi 
jamiki voqelik va jarayonlar, ulardagi umumiy aloqadorlik va yaxlit birlik hamda 
qonuniyatlar hodisasi va jarayonlar, umuman, xalq va insonning yaratuvchanlik 
faoliyati kiradi.
Shu o‘rinda taʼkidlash lozimki, butun bir xalqlar, elatlar, millatlar va 
davlatlarga taalluqli bo‘lgan murakkab ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy 
jarayonlar tarixda o‘z aksini topadi. Tadqiqotchilarning eʼtirof etishlaricha, inson 
har qanday tarixning predmeti hisoblanadi. Har bir voqea, hodisa inson (yoki uning 
bir guruhi – xalq) xatti-harakati, uning ko‘zlagan maʼlum maqsadga intilishi 
jarayonida sodir bo‘ladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining o‘rganish 
makoni – obʼyekti mamlakatning eng yangi tarixi davri hisoblanadi. Mazkur davr 
respublika mustaqillikka erishganidan to shu bugungi kunga qadar bo‘lgan hayot 
tarzini qamrab oladi. Tarixiy obʼyekt (makon)ga nisbatan O‘zbekistonning eng 
yangi tarixi fanining maqsadi, vazifasi, yo‘nalishi va harakat (faoliyat) doirasi yoki 
chegarasi belgilanadi. Maʼlum bir maʼnoda obʼyekt bilan predmet bir-biriga juda 



yaqin tushuncha bo‘lsa-da, ular tarix fanida tutgan o‘rni va vazifasi bilan 
farqlanadi. 
Obʼyekt aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik mintaqaviy 
chegaralar, maʼlum bir xalq, millat, mamlakat tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, maʼlum 
hudud doirasidagi voqea va hodisalarning bir butun va yaxlitlikda o‘z ichiga oladi. 
Predmet esa mana shu bir butun obʼyekt ichidagi aniq siyosiy, tarixiy-madaniy, 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo‘ladi.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani fan sifatida ijtimoiy-siyosiy, 
umuminsoniy xarakterdagi fan bo‘lib, inson va millat o‘z o‘tmishini bilishi, 
o‘zligini anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy dasturilamal hisoblanadi. 
Shu bilan birga, u ijtimoiy-siyosiy hayot sohasidagi yagona fan ham emas. 
Jamiyat, umuman, insoniyat o‘tmishini o‘rganuvchi boshqa soha fanlari ham bor. 
Masalan, arxeologiya, etnologiya, geologiya, antropologiya, demografiya
madaniyat, iqtisodiyot va boshqa fanlar shular jumlasidandir. Аmmo boshqa 
fanlarning hammasi tabiat, jamiyat ham, avvalo, katta tarixda aks etadi. Soha tarixi 
fanlari ham tarix fanining o‘rganish obʼyekti va predmeti hisoblanadi. 
Tarix fani boshqa, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan mustahkam va 
uzviy aloqa birligida rivojlanadi. Shuning uchun ham tarixchilar falsafa, adabiyot, 
tilshunoslik, dinshunoslik va boshqa fanlarni bilmay turib, haqqoniy tarixni to‘la 
yoritib berolmaydilar. 
Shuni ham aytish lozimki, tarix bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning 
o‘rganish obʼyekti bitta, yaʼni jamiyat hisoblanadi. Predmeti esa inson va tabiatdir. 
Shuning uchun ham boshqa fanlar tarix fani taraqqiyotiga, tarixiy haqiqatlarning 
ro‘yobga chiqishiga bevosita yordam beradi. Shuningdek, tarix fani ham boshqa 
soha fanlari rivojiga katta taʼsir etadi. Bundan tashqari tarix boshqa fanlarni, 
shuningdek, ijtimoiy-gumanitar fanlarning ham tarixidir. Chunki boshqa fanlarning 
hammasi ham tarix mahsulidir.
Muxtasar qilib aytganda, tarix fani, yaʼni Vatan tarixi – millat va Vatan 
kelajagining ravnaq topishida muhim ahamiyatga ega. Masalaning mohiyati 
shundaki, birinchidan, ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishi har jihatdan tarix 
fanining naqadar haqqoniy bo‘lishiga bog‘liqdir. Chunki ular tarix bilan bevosita 
bog‘liq. Ikkinchidan, tarix falsafasi qanchalik to‘la va ravon tarzda yuzaga chiqsa, 
boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmun va mohiyati hamda taʼsirchanligi 
ham shuncha yuksak darajada bo‘ladi. 
Tarix falsafasi deganda, tarix, yaʼni o‘tmish tajribasi va sabog‘idan to‘g‘ri 
xulosa chiqara olish tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, o‘tmish-tarixga qarab, 
kelajakni his etish, ko‘ra bilish va to‘g‘ri belgilay olish ham tarix falsafasini 
anglashni bildiradi.
Tadqiqotchilarning eʼtirof etishlaricha, insonning shaxsiy manfaat va 
ehtiyojlari, qolaversa, uning qobiliyati, isteʼdodi, voqelikni teran idrok etishi tarix 
falsafasini anglab yetishda muhim ahamiyat kasb etadi. Аynan shu nuqtayi 
nazardan olib qaraganda, inson aql-idroki, uning tafakkur darajasi, hayotiy 
falsafasi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi barcha saʼy-harakatlari hamda intilishlari 
maʼlum millat va jamiyat mentalitetini belgilab beradi. Mana shu mentalitet millat 


10 
yoki xalqning umummadaniy-maʼnaviy darajasi, aql-idroki va tafakkur 
maydonining salohiyatiga qarab o‘ziga xos mazmun-mohiyat kasb etadi. Tarix esa 
ana shu murakkab, ziddiyatli, shu bilan birga, qudratli ruhiyat va faoliyat orqali 
xotiraga aylanadi. Bu holat tarix falsafasini o‘zida ifoda etadi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin