Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


 O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik, ilmiy-nazariy



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

2. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik, ilmiy-nazariy 
asoslari, usullari va tamoyillari. 
Taʼkidlash lozimki, har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi 
fani ham o‘zining metodologik, ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega fan 
hisoblanadi. Bular O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining asosini tashkil etib, 
uning rivojlanishi, jamiyat va millat manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi 
uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar eng yangi 
tarixning haqqoniy yozilishi, tarixiy haqiqatni yuzaga chiqishiga xizmat qiladi. 
Аgar tarix insoniyat yashab rivojlanishi uchun ijtimoiy zaruriyat va 
maʼnaviy-maʼrifiy ehtiyoj bo‘lsa, tarix fani esa bu ehtiyojlarni ro‘yobga chiqishi 
uchun masʼul bo‘lgan yuksak intellektual ilmiy-amaliy faoliyatdir. Buning 
samarali bo‘lishi, yaʼni tarix fani rivojlanishida metodologik ilmiy g‘oya va 
nazariyalar, usul va uslubiy tamoyillarning ahamiyati benihoya kattadir. Chunki 
bular tarixning mazmun va mohiyati hamda falsafasini chuqurroq ochib berishga, 
shuningdek, tarix fanining maqsad va vazifasini to‘laroq ro‘yobga chiqishiga 
bevosita yordam beradi. Shuning uchun ham O‘zbekistonning eng yangi tarixi 
fanining metodologik ilmiy-nazariy asoslari, g‘oya va taʼlimotlari nimalardan 
iborat bo‘lishi muhim masala sanaladi.
Mutaxassislarning fikricha, tarix moziyni o‘rganish haqidagi fan bo‘lib, 
ilmiy atama sifatida ikki o‘zaro aloqadorlikdagi tushunchani ifodalaydi. 
Birinchidan, tarix jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi fan bo‘lib, uning mavzusi 
kishilik jamiyati o‘tmishining, uning turli-tuman sohalardagi taraqqiyoti va 
o‘zgarib borish jarayonini o‘rganadigan fandir. Ikkinchidan, tarix bu insoniyat 
to‘g‘risidagi fan bo‘lib, jamiyatning o‘tmishini tadqiqot yo‘li bilan aniqlab, 
o‘tmishda inson tomonidan yaratilgan, inson zakovatining natijalari bo‘lgan 
jarayonni tadqiq etish va bizgacha bo‘lgan davrni o‘rganib, kelajak avlodga 
yetkazadigan fandir. 
Tarixshunoslikdan maʼlumki, tarixiy jarayonlar undagi qonuniyatlar bilan 
asoslanadi. Tarix fanining asosiy tayanch tushunchasini tarixiy asos va tarixiy 
manba, tarixiy makon va tarixiy zamon tashkil etadi. Soha mutaxassislarining 
eʼtirof etishlaricha, tarix fanini o‘rganishdagi eng dolzarb muammo – bu tarixiy 
voqelik va tarixiy manbalar bo‘lib, mana shu ikki muammoga tom maʼnoda ilmiy 
yondashish tarix fanining nazariyasi va metodologiyasini aniqlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, har bir fanda bo‘lganidek, tarix, jumladan, 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining ham o‘zining nazariyasi va 
metodologiyasi mavjud. Nazariya – bu ilmiy bilimlar yig‘indisi va boshqa fanlar 
bilan mavjud bo‘lgan aloqadorlikni bilish jarayonidir. 
Tarixchilar, sohada izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar butun 
insoniyat, millat, xalq va o‘rganish obʼyekti evolyutsiyasi, uning mazmun-
mohiyatini to‘g‘ri anglash, tahlil qila olishi lozim. Аgar tarix falsafasi tarixiy 


11 
voqealiklar tahlilidan kelib chiqadigan haqiqat (xulosa)larning so‘zdagi aniq 
ifodasi bo‘lsa, tarix fani metodologiyasi mana shu tarixiy haqiqatlarning ro‘yobga 
chiqishi – tarix haqqoniy tarzda yozilishi uchun birdan-bir to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi 
dasturdir. Yuqoridagi mulohazalarni muxtasar qilib aytganda, metodologiya fanlar 
ichidagi fan hisoblanadi. 
Аvvalo, metodologiya haqida to‘xtalsak, metodologiyaning lug‘aviy 
maʼnosi grekcha “Metodos” va “Logos” degan ikki so‘z birikmasidan iborat 
bo‘lib, metod, yaʼni usul – tadqiqot olib borish usuli (yo‘li), nazariya, taʼlimot, 
logiya esa fan deganidir. Demakki, metodologiya, yaʼni uslubiy ilmiy tadqiqot 
ishini olib borish yoki biror bir masalani ilmiy o‘rganishning eng qulay usullari, 
eng to‘g‘ri va mukammal g‘oyasi, nazariyasi va taʼlimotlari majmuidan iborat bir 
butun fandir. Boshqa maʼnoda esa metodologiya ilmiy bilish yoki maʼlum bir ilmiy 
faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda qo‘llaniladigan usullar haqidagi 
fandir. Demak, tarix fani metodologiyasi tarixni o‘rganuvchi va o‘qituvchilarni 
aniq maqsad sari to‘g‘ri yetaklaydi, yaʼni tarix haqqoniy yozilishi va o‘rganilishiga 
yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi.
Har qanday fanning metodologiyasi deganda metod (usul)lar majmui 
tushuniladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘qitish metodologiyasi 
deganda bu yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarning tuzilishi va rivojlanishi, ularning 
natijalarini asoslash yo‘llarini amaliyotga tadbiq etilishi, mazkur fanga xos bo‘lgan 
ilmiy bilimlar mexanizmining samarali usullari tushuniladi. Tarix fani 
metodologiyasi deb tarix fanlari doirasidagi ilmiy bilimlarning tuzilish 
tamoyillariga, shakli va ilmiy jihatdan O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani 
doirasida qo‘llaniladigan taʼlimotga aytiladi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi 
fanining fan sifatidagi nazariy-metodologik asoslari o‘zida mazkur fanning 
qonuniyatlari va tamoyillarini, faqatgina shu fanga xos bo‘lgan qatʼiy tushunchalar 
majmui va bilish metodlarini o‘z ichiga oladi.
Tarix fanining rivoji, uning metodologiyasi rivojiga bog‘liq bo‘lganidek, 
tarix fani metodologiyasi yuksak darajada takomil topishi tarix fani qay darajada 
ekanligiga ham bog‘liq. Bu holdagi uzviy va ikki tomonlama bog‘liqlik har ikkala 
yo‘nalishning umumiy qonuniyatidir. Mana shu o‘zaro aloqadorlik qonuniyatini, 
mumtoz tarixshunoslik va hozirgi zamon sivilizatsion yondashuvlarga asoslangan 
holda O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani metodologiyasini quyidagi ikki qismga 
bo‘lish tavsiya etiladi:
• 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining metodologik ilmiy-nazariy, 
g‘oyaviy va falsafiy asoslari. Bunga quyidagilar kiradi: 
• 
Din bilan dunyoviylik o‘rtasidagi mo‘tadil munosabat; 
• 
Tarixning milliy, umuminsoniy, qaytarilmas hodisa hamda qadriyat 
ekanligi; 
• 
Tarixga hozirgi zamon sivilizatsiyasi nuqtayi nazaridan turib, ilmiy va 
xolisona asnoda yondashish;
• 
Tarixiy taraqqiyot asosini evolyutsion – tadrijiy yo‘l va islohotchilik 
tashkil etadi deb bilish; 


12 
• 
Tarixga milliy mentalitet nuqtayi nazaridan, o‘zgalar tarixiga hurmat 
ruhida murojaat etish;
• 
Tarix, jamiyat va tabiat hamda insoniyat (barcha tarixiy voqelik va 
jarayonlar) dialektika hamda sinergetika qonuniyatlari asoslarida rivojlanishini 
anglash; 
• 
Tarix milliy va umuminsoniy xotira, millat va xalqlarning maʼnaviy 
o‘zagi, tani hamda g‘oyaviy-mafkuraviy muhofaza quroli ekanligini tushunish.
• 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining ilmiy usul va tamoyillari 
quyidagilardan iborat: 
• 
Ilmiy xolislik (obʼyektivlik); 
• 
Tarixiy – tahliliylik; 
• 
Mantiqiy – uzviylik; 
• 
Vorislik va xronologik izchillik; 
• 
G‘oyaviylik va vatanparvarlik; 
• 
Qiyoslash, kuzatish va umumlashtirish; 
• 
Bahslashish, munozara yuritish va asoslab berish; 
• 
Matematik hisoblash; 
• 
Shakllantirish va modellashtirish; 
• 
Аyrimlikdan umumiylikka (induktsiya) va umumiylikdan ayrim 
(juzʼiy)likka (deduktsiya); 
Maʼlumki, sovet davridagi tarix fani o‘tmishni soxtalashtirdi, din ilmga zid, 
tarixiy taraqqiyotga to‘sqinlik qiladi degan dahriylikka amal qilindi. Sovet 
davlatida hukmron bo‘lgan kommunistik mafkura tarixiy o‘tmishga nisbatan bir 
tomonlama, sinfiy, partiyaviy yondashuvni rasmiy darajaga olib chiqqan edi. 
Tarixni xolisona o‘rganish zamonaviy dunyoda ustuvor darajada bo‘lmog‘i lozim. 
Shuning uchun ham u din bilan muʼtadil, mutanosiblik asosida o‘rganilmog‘i 
hozirgi davrda asosiy maʼnaviy mezonlardan biri bo‘lib turibdi. Bu esa yoshlarni 
turli xil din niqobi aslida dinga aloqasi bo‘lmagan turli noqonuniy guruhlarga 
adashib kirib qolishlarining oldini oladi, shuningdek, tariximizni xolisona 
haqqoniy yoritilishiga imkon beradi. Tarixiy o‘tmishni ilmiy va xolisona o‘rganish 
zamonaviy dunyoning asosiy mezoniga aylanmoqda. 
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 
tomonidan ilgari surilgan va jahon hamjamiyatining yuksak eʼtirofiga sazovor 
bo‘lgan ijtimoiy hayot bobida “Maʼrifat va diniy bag‘rikenglik” tamoyilini targ‘ib 
etish ulkan ahamiyat kasb etadi. 
Qayd etish lozimki, tarixiy-tahliliylik tamoyili tariximizda qadimdan 
muarrixlar tomonidan qo‘llanib kelingan qulay usul hisoblanadi. Bu usul tarixiy 
voqea va hodisalarning nechog‘liq to‘g‘ri hamda noto‘g‘riligini aniqlashga, tarixni 
haqqoniy va to‘g‘ri yozilishiga yaqindan yordam beradi. 
Har qanday fan kabi O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani ham o‘zining 
metodologik ilmiy-nazariy asoslari va tamoyillariga ega. Bular O‘zbekistonning 
eng yangi tarixi fanining asosini tashkil etib, uning rivojlanishi, jamiyat va millat 
manfaati yo‘lidagi nufuzining ortib borishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Eng 


13 
muhimi, ilmiy-nazariy tamoyillar Vatan tarixining haqqoniy yozilishi, tarixiy 
haqiqatning yuzaga chiqishiga xizmat qiladilar. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ilmiy va amaliy 
ahamiyatga egadir. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 
1996-yil 13-dekabrdagi Farmoniga ko‘ra – O‘zbekistonning yangi tarixini 
tayyorlash va nashr qilish haqida qaror qabul qilindi. Shu asosda mustaqillik davri 
aks etgan qator adabiyotlar yuzaga keldi. 1998-yilda chop etilgan “Tarixiy 
xotirasiz kelajak yo‘q” risolasida tarix fanining qator dolzarb masalalariga eʼtibor 
qaratildi. 
Masala mohiyatini dolzarblik jihatidan kelib chiqqan holda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2012-yil yanvarida qabul qilgan qaroriga asosan Oliy 
va O‘rta maxsus taʼlim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi 
jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Mazkur jarayonni yanada takomillashtirish 
maqsadida 2017-yil 30-iyunda Prezident Sh.M.Mirziyoyev imzosi ostida 
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Аkademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng 
yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashini tuzish to‘g‘risida”gi Qaror qabul 
qilindi.
Keyingi yillarda mamlakat tarixini ilmiy manbalar, arxiv hujjatlari, tarixiy 
adabiyotlar asnosida ilmiy va xolisona tarzda o‘rganish, tadqiq etish, yoshlarni 
tarixiy bilim bilan qurollantirish, ularda yuksak axloqiy, maʼnaviy fazilatlarni 
yuksaltirish borasida qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Zero, Respublika 
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning qator chiqish va nutqlarida taʼlim va tarbiya 
masalasi bevosita o‘rin egallamoqda. Xususan, 2021-yil 19-yanvardagi maʼnaviy-
maʼrifiy 
masalalarga 
bag‘ishlangan 
yig‘ilishda, 
respublikamizning 
mustaqilligining qutlug‘ 30 yillik tantana tadbirlari, 1-oktabr O‘qituvchi va 
murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbirda tarix ilmini chuqur va asosli o‘rganish 
masalasiga alohida urg‘u berildi. Mustaqillik davrida o‘tgan kunlarni alohida 
o‘rganish, tadqiq etish, ilmiy-nazariy xulosalar chiqarishni taqozo etadi. Bu, 
birinchidan, istiqlol yillarida O‘zbekiston dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga 
ega bo‘ldi. Moddiy resurslari, ishlab chiqarish imkoniyatlari, aqliy va jismoniy 
salohiyatlariga ko‘ra, rivojlangan mamlakatlar bilan tengma-teng turib, hamkorlik 
qilish imkoniyatlariga ega bo‘ldi; ikkinchidan, mamlakatimiz uchun og‘ir, 
masʼuliyatli paytda respublikamizda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy barqarorlik 
taʼminlandi. Respublika hukumati mana shunday ziddiyatli holatda vaziyatni tezda 
anglab yetdi va to‘g‘ri siyosat yuritdi. O‘zbekistonning eng yangi tarixini 
o‘rganishda 90-yillarga oid arxiv hujjatlari, kinofoto va ovozli hujjatlar, tegishli 
adabiyotlar katta ahamiyat kasb etdi. 
Istiqlol tufayli o‘z tariximizni o‘zimiz yozish va tarix fani metodologiyasini 
ishlab chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldik. O‘tgan davr ichida O‘zbekistonning yangi 
tarixi yozildi va tarix fani jadal rivojlanmoqda. Butunlay yangicha ruh va 
mazmundagi ilmiy qarash (konsepsiya)lar paydo bo‘ldi, zamonaviy nazariy-
kontseptual qarashlarni o‘zida aks ettirgan o‘quv qo‘llanma va darsliklar, tarixiy 
asarlar chop etildi. Bu o‘rinda yuqorida taʼkidlangan metodologik yondashuv 
ilmiy-nazariy asosga ega bo‘lib, uning ahamiyati yuqori darajada bo‘ldi. 


14 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin