Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


 O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rganishning ahamiyati



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

4. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini o‘rganishning ahamiyati.
Maʼlumki dunyoda mavjud 3,5 mingdan ziyod xalqlarning faqat 200 tadan 
ziyodi o‘z davlatchiligiga ega. Xalqlarning o‘z mustaqil davlatchiligiga ega 
bo‘lishi, shubhasiz, shu hududda yashovchi barcha aholi uchun keng rivojlanish 
imkoniyatlarini ochib beradi. Mazkur imkoniyatlar o‘zbek xalqi davlatchiligiga 
bevosita taalluqlidir. 
Taraqqiy etgan millatlarning o‘z tarixini yaxshi bilishi, tarixiy yodgorlik va 
obidalarini eʼzozlashi, ularni ko‘z qorachig‘idek asrashining ko‘pgina sabablari 
bor. Bu, eng avvalo, tarix insoniyat paydo bo‘lganidan to hozirgacha davom etib 
kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi ekanligi bilan bog‘liqdir. Ikkinchidan esa, 
butun insoniyat shu tarixga qarab, o‘z o‘tmishi va borligini anglaydi, kelajak 
rejalarini belgilaydi. Boshqacha bir maʼnoda tarix buyuk faylasuf va 
donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‘g‘ri anglagandagina, xalqlar 
o‘z kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Xristianlik falsafasi asoschisi А.Аvgustian (354-430 yy.) hozirgi eramiz 
boshidayoq, yaʼni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning 
taqdirida tutajak o‘rnini ko‘rsatib, shunday degan edi: “G‘aflatda yotgan xalqni 
uyg‘otish uchun, avvalo, uning tarixini uyg‘ot”. Qadimgi Rimda esa “Tarix – 
hayotning muallimidir” degan yozuv shior sifatida shahardagi peshtoqlardan biriga 
yozib qo‘yilgan edi. XIII asr Sharq tarixchisi Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy 
ham bu fikrni o‘zining quyidagi to‘rtligida yanada teran maʼnoda mana bunday 
bayon etadi: 
Kimki tutmas qalbida tarixini,
U inson ham emas, olim ham emas. 
Biroq kimki uqsa o‘tmishini, 
Ko‘p boyitar o‘z turmushini. 
XXI asrga rivojlanishning zamonaviy taraqqiyot yo‘li bilan kirib kelgan, boy 
madaniyati va bebaho maʼnaviyatiga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi o‘zining ming 
yilliklar qaʼriga kirib borgan tarixiy o‘tmishi bilan alohida o‘rin egallaydi. Hozirgi 
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy jarayonlar, 
ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlar, turli davrlarda xalq farovonligi va taraqqiyotini 
ko‘zlab o‘tkazilgan ko‘plab islohotlar, shuningdek, yuksalish va inqiroz holatlari, 
chet el bosqinchilariga qarshi ozodlik kurashlari yurtimizning serqirra va rang- 
barang tarixidan dalolat beradi. Shu bois ham bu tarix eng qadimgi davrdan 
boshlab ko‘p ming yillar davomida ajdodlarimiz va xalqimiz tarixi sifatida nafaqat 
o‘zbekistonlik, balki xorij olimlari tomonidan ham tan olinib o‘rganildi, tadqiq 
etildi va ayni paytda ham shu yo‘nalishdagi ilmiy tadqiqotlar izchillik bilan davom 
etmoqda. 
O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgach, sovet davridagi tarixga 
munosabatdan farqli o‘laroq o‘tmish tarixiga munosabat tubdan o‘zgardi. 
Haqqoniy tarixni tadqiq etish boshlanib, avvalo, tarixni davrlashtirishdagi besh 


20 
formatsiyali noilmiy “izm”lardan voz kechildi. Zero, tarix ijtimoiy-iqtisodiy 
formatsiyalar almashinuvi bo‘lmasdan, balki bir-birini almashtirib va to‘ldirib 
turuvchi, maʼlum xalqlar va elatlar, etnik guruhlar tomonidan yaratilgan 
sivilizatsiyalar hosilasi hamda zanjiri ekanligi respublika olimlari tomonidan 
yakdillik bilan eʼtirof etildi.
Tarixning yaratuvchisi va ijodkori xalqdir. Bo‘lib o‘tgan tarixiy-madaniy 
jarayonlar, voqea va hodisalar, islohotlarni xalqsiz va tarixiy shaxslarsiz tasavvur 
etish aslo mumkin emas. Tarix – xalqning fikr hamda tafakkurining hosilasidir. 
Аynan shuning uchun ham tarix – ibrat maktabi bo‘lib, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan 
nuqsonlarni anglash va ulardan tegishli saboq chiqarish, hushyorlik va ogohlikka, 
buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi turishga undovchi, milliy birlik, hamkorlik va 
bag‘rikenglikka chaqiruvchi beqiyos ahamiyatli maktabdir. Shundan kelib chiqib 
taʼkidlash lozimki, qadim o‘tmish bilan bugungi kunning, o‘tmish ajdodlarimiz 
bilan bugungi avlodlarimiz o‘rtasidagi bog‘liqlikni unutmasdan yanada 
mustahkamlash milliy taraqqiyotning asosiy kafolati hisoblanadi. Bunday 
bog‘lanishda esa tarix asosiy ko‘prik vazifasini bajaradi.
Haqqoniy yozilgan Vatan tarixini o‘rganish va o‘qitish u soxta tarixiy 
tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g‘oya va mafkuraning 
takomillashuvini tezlashtiradi. Xalqimiz undan ruhiy quvvat olib, dushmanga bosh 
egmaslik, mustamlaka ilkiga tushmaslik, boshqalarga bo‘ysunmaslik, begona 
g‘oya va mafkura hamda zug‘umlar taʼsiriga berilmaslik maʼnaviyatiga ega 
bo‘ladi. Shuning uchun ham tarixni o‘rganish va o‘qitish zarur. Tarixni mukammal 
bilish, uning mazmun va mohiyati, falsafasini teran anglash millat uchun yuksak 
fazilat hisoblanadi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa 
quyidagilardan iboratdir: birinchidan, yoshlarga va bo‘lajak mutaxassis kadrlarga 
chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‘oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy 
dunyoqarashni singdirish; ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‘urur va 
o‘zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash; uchinchidan, 
yoshlarda otashin vatanparvarlik va milliy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatni 
rivojlantirish; to‘rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni eʼzozlash, 
asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlar (halollik, poklik, 
odillik, rostgo‘ylik, mehnatsevarlik, kamtarinlik, imon va eʼtiqodlik)ni tarbiyalash; 
beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat 
oldidagi muqaddas burchlarini chuqur his etish va ularga sadoqatlik ruhida kamol 
toptirish. 
2017-yildan boshlab O‘zbekiston milliy tiklanishdan – milliy yuksalish 
tomon yo‘l oldi. Bunda Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 
ilgari surilgan, mamlakatni zamonaviy asnoda rivojlantirishga qaratilgan 
Harakatlar strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar katta ahamiyat kasb 
etmoqda. 2021-yil oxirlaridan bu strategiya – Taraqqiyot strategiyasi nomini oldi. 
O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani uzviy ravishda yuqoridagilar va 
bulardan boshqa o‘zining xilma-xil imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni 
tarbiyalashga katta hissa qo‘shadi. Vatan tarixining davlat boshqaruvi va 


21 
qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq hayotida tutgan o‘rni 
hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan eʼtirof etib kelinmoqda. 
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, tarixning bu ajoyib xislati va tarbiyaviy 
ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab yetmog‘imiz 
lozimdir. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin