Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

13-MAVZU: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO REYTING 
VA INDEKSLARDAGI O‘RNI VA NUFUZINING ORTIB BORISHI. 
Reja: 
1. Xalqaro reyting va indekslar haqida maʼlumot, ularning dunyodagi 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga taʼsiri. 
2. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
yaxshilash borasidagi davlat siyosati, qabul qilingan huquqiy-normativ hujjatlar. 
3. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini 
oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. 
1. Xalqaro reyting va indekslar haqida maʼlumot, ularning dunyodagi 
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga taʼsiri. 
Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli aʼzosi bo‘lgan O‘zbekiston 
Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat sifatida faoliyat ko‘rsatib, 
mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan holi qilish, 
yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren 
davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa 
yo‘l qo‘ymaslikdan iborat bo‘lgan maqsadlarni ko‘zlagan holda tashqi siyosat olib 
bormoqda. 
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining 
asosini ochiq-oydinlik, teng huquqlilik, demokratik tamoyillarga sodiqlik, 
umuminsoniy qadriyatlarini ulug‘lash, respublika ijtimoiy hayotidagi demokratik 
jarayonga taʼsir qilish kabilar tashkil etadi. Shuninglek, Respublika tashqi siyosati 
tinchlik va xavfsizlik uchun umumjahon eʼtirof etgan ochiq yakdillik talablariga 
asoslanadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
jahon 
hamjamiyatiga 
integratsiyalashuvi 
jarayonida ko‘plab xalqaro tashkilotlarga aʼzo bo‘ldi, xalqaro huquqiy 
tashabbuslari jahon hamjamiyati oldida turgan mintaqaviy va global muammolarni 
hal etishga qaratilib, O‘zbekiston tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro 
munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish borasida katta ishlarni amalga 
oshirdi. 
Bu jarayonda mamlakat miqyosida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, 
siyosiy va maʼnaviy o‘zgarishlarni dunyo miqyosida eʼtirof etilishi borasida ham 
samarali ishlar qilindi va davom ettirilmoqda. 
Shu o‘rinda taʼkidlash muhimki, ko‘plab xorijiy ommaviy axborot 
vositalarida dunyo mamlakatlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari, xalqlarning turmush 
darajasi yoki yashash uchun eng xavfsiz davlatlar kabi reytinglar muntazam eʼlon 
qilib boriladi, tahlil va taqqos qilinadi. 
Inson huquqlari himoyasini kafolatlash, aholi turmush darajasini oshirish, 
iqtisodiy faoliyatda erkinlikni taʼminlash, sud-huquq sohasidagi moddiy va 
protsessual normalarni takomillashtirishga qaratilgan islohotlar har qanday 
mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini oshiradi. Zero, mazkur yo‘nalishdagi 


224 
islohotlar mamlakat taraqqiyoti, xalq farovonligini belgilab beruvchi muhim 
omillardan hisoblanadi. 
Аmmo islohotlarning ijobiy natijalari, xalqning erishgan va erishayotgan 
yutuqlarini dunyo hamjamiyati eʼtiboriga taqdim etish alohida chora-tadbirlarni, 
maqsadli saʼy-harakatlarni talab etishini taʼkidlash kerak. Bu jarayonlarda xalqaro 
reyting agentliklarining xizmati katta. To‘g‘ri, har qanday davlat ijtimoiy-iqtisodiy 
islohotlarni o‘tkazar ekan, birinchi o‘rinda aholi turmushi farovonligini oshirish, 
huquq va manfaatlarini taʼminlash, mamlakatning xalqaro miqyosdagi nufuzini 
mustahkamlashni asosiy maqsad qilib belgilab oladi. Mamlakatlarning ana shu 
iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda erishgan yutuqlarini hamda insonlarning haq-
huquqlarini taʼminlanishi bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarini turli reyting agentliklari 
baholab boradi, ular ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlarni aslo eʼtiborsiz qoldirmaydi. 
Chunki xalqaro hamjamiyatning eʼtiborini tortish, xorijiy investorlarning 
qiziqishini qozonish ko‘p hollarda nufuzli xalqaro reyting agentliklarining 
baholariga bog‘liq bo‘ladi. 
Hozirgi davrda xorijiy reytinglar xalqaro iqtisodiy munosabatlarga kuchli 
taʼsir ko‘rsatuvchi o‘ziga xos omillardan biri hisoblanadi. Mustaqil ekspertlar 
xulosasi aks etgan reytinglar mamlakat xalqaro imijiga, kirib kelayotgan 
investitsiyalar miqdoriga katta taʼsir ko‘rsatadi. Binobarin, rivojlanib borayotgan 
va o‘z iqtisodiyotiga sarmoyalarni jalb qilishdan manfaatdor bo‘lgan davlatlar 
mazkur reytinglarga kirish va o‘z o‘rnini bosqichma-bosqich ko‘tarib borishga 
alohida eʼtibor qaratmoqda. Keyingi yillarda Sharqiy Yevropa hamda Mustaqil 
davlatlar hamdo‘stligiga aʼzo ayrim mamlakatlar eng nufuzli xalqaro reytinglarda 
yuqori darajaga ega bo‘lish bo‘yicha maxsus dasturlar asosida ish olib borayotgani 
maʼlum. Zero, har qanday chet ellik investor muayyan qarorga kelishdan avval o‘zi 
qiziqayotgan davlatning iqtisodiy holati to‘g‘risidagi obʼyektiv, mustaqil baholarni 
sinchiklab o‘rganib chiqadi. 
Qayd etish kerakki, xalqaro reytinglarni tuzuvchi agentliklar iqtisodiy va 
moliyaviy ko‘rsatkichlarni baholashda turli usullardan foydalanadi. Shu boisdan 
investorlar o‘z tahlillarida faqatgina bitta reyting agentligining maʼlumotlariga 
tayanib qolmasdan, bir qancha reyting ko‘rsatkichlarini kompleks tahlil qilishga 
harakat qiladilar. Maʼlumotlarga ko‘ra, hozir jahonda 160 dan ortiq xalqaro reyting 
mavjud, ulardan 50 taga yaqini taʼsir darajasi yuqori mezonlar sirasiga kiradi. 
Global raqobatbardoshlilik indeksi, biznesni yuritish yengilligi indeksi, Iqtisodiy 
erkinlik indeksi, sanoat raqobatbardoshliligi indeksi, global innovatsion indeks, 
inson salohiyati rivojlanishi indeksi, transchegaraviy investitsiyalash indikatorlari, 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish indeksi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri 
xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorlik indeksi shular jumlasidandir. Аna shu 
kabi asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda O‘zbekistonning ham munosib 
o‘rinlarda bo‘lishi katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin