130
qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul Harakat rejasini
ratifikatsiya qilgan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-
6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul
qilinib, mazkur Farmon asosida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi
kurashish
sohasidagi
davlat
siyosatini,
shuningdek,
korrupsiyaga
oid
huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish hamda
korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan
davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish maqsadida
Korrupsiyaga qarshi kurash Аgentligi tashkil etildi.
Farmon bilan Аgentlikka Iqtisodiy hamkorlik va
taraqqiyot tashkilotining
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha tarmog‘ining Istanbul harakatlar dasturi doirasidagi ishlar
hamda ishlab chiqilgan tavsiyalarning amalga oshirilishini taʼminlash, BMTning
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasidagi boshqa xalqaro shartnomalari qoidalarining bajarilishi
bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ushbu yo‘nalishdagi
faoliyatni
muvofiqlashtirish
bo‘yicha
O‘zbekiston Respublikasi milliy
koordinatorining vazifa va vakolatlari, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari
bilan birgalikda hududlar, iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa sohalar kesimida
korrupsiyaning darajasini baholovchi milliy indeks tuzishni tashkillashtirish
yuklatildi.
Shuningdek, mazkur Farmon asosida quyidagi chora-tadbirlarni bosqichma-
bosqich amalga oshirish belgilanligi ahamiyatlidir, xususan:
2020-2021-yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplaens-nazorat”)ni bosqichma-
bosqich joriy etish;
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi
faoliyati, shuningdek, ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar
samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi E-Anticor.uz
elektron platformasini joriy etish;
korrupsiya holatlari haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil
dasturiy taʼminotni joriy etish (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil
29-iyundagi PF-6013-sonli “O‘zbekiston Respublikasida Korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi Farmoni).
Xorijiy amaliyot tahlili shuni ko‘rsatdiki, bozor iqtisodiyoti qonunlarga
asoslangan mamlakatlarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat va
xususiy sektor ishtirokchilarining
xalqaro standartlar, qonun hujjatlari va boshqa
zamonaviy usullarga muvofiq samarali faoliyat yuritishini taʼminlovchi muhim
vositalardan biri o‘z tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat
(compliance control) tizimini tashkil etish hisoblanadi.
131
Korrupsiyaga qarshi komplaens nazorati – davlat va xo‘jalik boshqaruvi
organlari, xo‘jalik yurituvchi subʼyektlar faoliyatini korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi xalqaro standartlar, qonun va boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga
muvofiq
tashkil etuvchi, korrupsiya xavf-xatarlari, manfaatlar to‘qnashuvini o‘z
vaqtida aniqlash va chek qo‘yish, qonun buzilishi va korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklar haqida xabar berishni o‘zida mujassam etgan profilaktik tizimdir.
Qayd etish lozimki, olib borilayotgan islohotlarni amaliy hayotga tatbiq etish
maqsadida 2020-yil 4-fevralda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha Vakili
(Ombudsman) tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoraviy chora-
tadbirlar dasturi tasdiqlangan bo‘lib, fuqarolar va yuridik shaxslar vakillari
tomonidan korrupsiya haqida xabar berish mexanizmlari joriy etilganligi
ahamiyatlidir, xususan, bugungi kunda:
– Ombudsmanning “10-96” ishonch telefoni va virtual qabulxonasi faoliyat
yuritmoqda;
– fuqarolar va yuridik shaxslar vakillarining korrupsiyaviy holatlar bo‘yicha
hamda xodimlarning boshqa qonunga xilof ishlari to‘g‘risidagi
murojaatlari tahlil
qilinib boriladi, ularning natijalari odob-axloq komissiyasi yig‘ilishlarida
muhokama qilinadi;
– Ombudsman Kotibiyatiga ishga birinchi marta qabul qilinayotgan shaxslar
uchun korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida yo‘l-yo‘riqlarni tushuntirish,
xizmat vazifasiga qo‘yiladigan asosiy majburiyatlar, taʼqiqlar, cheklovlar, talablar
va idoraviy odob-axloq qoidalari mazmun-mohiyati 3 ish kunidan kechiktirmay
tushuntiriladi;
– Vakilga korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlarga eʼtibor qaratadigan
bo‘lsak, 2020-yilning 6 oy davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 26-moddasiga muvofiq Ombudsman
tomonidan Bosh prokuraturaga 17 ta murojaat yuborilgan (2019-yil – 21 ta).
Ushbu murojaatlardan 2 tasi o‘z tasdig‘ini topgan.
Sohada amalga oshirilayotgan ushbu mazmundagi islohotlarning natijasi
sifatida Transparency International xalqaro nohukumat tashkiloti tomonidan har
yili eʼlon qilib boriladigan “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da O‘zbekiston 180
ta davlat orasida 2017-yilda 157-o‘rin, 2018-yilda esa 158-o‘rinni egallagan bo‘lsa,
2019-yilda 25 ball bilan 153-o‘rinni egallab, 5 pog‘onaga ko‘tarildi.
Taʼkidlash joizki, mamlakatimizda korrupsiyaga
qarshi kurashish hamda
ushbu turdagi jinoyatlarni sodir etilishining oldini olishga qaratilgan kompleks
chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirilmoqda. Davlat va jamiyat hayotining
barcha
sohalarida
korrupsiya
omillarini
keltirib
chiqarayotgan
tizimli
muammolarni bartaraf etishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: