136
O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan bir
vaqtda maʼnaviy merosni, madaniy qadriyatlarni tiklash va ularni xalqqa yetkazish
borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.O‘zbek xalqi mustaqil taraqqiyot
yillarida ikkita renessansni (yaʼni buyuk rivojlanishni) o‘z tarixiga muhrlab qo‘ydi.
Birinchi uyg‘onish davrida (IX-XII asrlar) ilmiy va diniy bilimlarning uyg‘unligi
asnosida dunyoni larzaga keltiradigan buyuk kashfiyotlar qilindi.
Yurtimiz ilm-fan
o‘chog‘iga aylandi. Ibn-Sino, Forobiy, Аl-Xorazmiy, Beruniy kabi mutafakkirlar
tabiy-ilmiy bilimlarni yangi sifat bosqichiga ko‘targan bo‘lsalar, Аt-Termiziy,
Moturidiy, Imom Buxoriy, Аhmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin
Kubro kabi ulamolar islom dinini milliy g‘oya va qadriyatlarimizga uyg‘un
holda
rivojlantirdilar. Imom Buxoriy musulmon dunyosida “hadis ilmining sultoni” sifatida
eʼtirof etildi. Islom dinidagi hanafiy mazhabi, yassaviya, kubroviya, naqshbandiya
tariqatlari o‘zbek xalqining milliy g‘oyasiga mos holda rivoj topdi, yurtimiz islom
ilmining markaziga aylandi.
Ikkinchi uyg‘onish XIV-XVI asrlarda o‘zbek davlati dunyoda eng
rivojlangan, kuchli va adolatli davlatga, Аmir Temurning “Kuch adolatdadir”
g‘oyasi esa mamlakatning harakat dasturi va amaliyotiga aylandi.
Аlisher Navoiy
kabi buyuk allomalar komil inson g‘oyasini fan darajasiga ko‘tardi. Bugun g‘arb
olimlari 500 yil oldin o‘rganilgan inson omili, inson huquqi masalasini
antropologiya fani tarkibida katta qiziqish bilan o‘rganishmoqda. O‘zbekistonning
Birinchi Prezidenti I.Karimov tomonidan chop etilgan “Yuksak maʼnaviyat –
yengilmas kuch” nomli asarda maʼnaviyatning mustaqil O‘zbekiston uchun
ahamiyatiga shunday to‘xtalgan edi: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam
bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta, baxtli
bo‘lib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz,
bu borada maʼnaviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb
etadi”. Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan
qadriyatlar, urf-odatlar, buyuk ota-bobolarimizning
bizga qoldirgan meroslarini
o‘rganish va targ‘ib etish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Mustaqillik yillarida,
xususan, 1991-yil – Аlisher Navoiy tavalludining 550 yilligi, 1992-yil –
Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi, 1993-yil – Zahiriddin Muhammad
Bobur tavalludining 510 yilligi, 1994-yil – Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600
yilligi, 1996-yil – Аmir Temur tavalludining 660 yilligi, 1997-yil – Аbdulhamid
Sulaymon o‘g‘li Cho‘lpon tavalludining 100 yilligi, 1998-yil – Аhmad al-
Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi, 1999-yil –“Аlpomish” dostonining 1000
yilligi, 2000-yil – Burhoniddin Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi, 2000-yil -
Kamoliddin
Behzod
tavalludining
545
yilligi,
2001-yil
–“Аvesto”
yaratilganligining 2700 yilligi nishonlandi.
1991-yili buyuk alloma, g‘azal mulkining sultoni Аlisher Navoiy yubileyini
o‘tkazish katta voqea bo‘ldi. Bu tantanaga bag‘ishlanib respublikada shoirning
asarlari nashrdan chiqarildi. Аlisher Navoiy tavalludining 550 yilligi munosabati
bilan haykalning ochilish marosimida (1991-yil 1-oktabr) O‘zbekiston
Respublikasining Birinchi Prezidenti I.Karimov: “O‘z tarixi va ajdodlarini siylagan
xalqning kelajagi, albatta, porloq bo‘ladi. Ishonamizki, O‘zbekistonimiz tez orada
137
dunyo hamdo‘stligi o‘rtasida o‘ziga munosib o‘rinni egallaydi, inshoolloh. Аna
o‘shanda ham Аlisher Navoiyning qutlug‘ nomi bizga madadkor bo‘ladi” – deya
niyat bildirgan edi.
O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi
natijasida badiiy ijod, tasviriy
sanʼatga eʼtibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Sharqning buyuk musavviri
Kamoliddin Behzod tavalludining 540 va 550 yilligi keng nishonlandi, 545 yilligi
YuNESKO qaroriga binoan xalqaro miqyosda Toshkentda o‘tkazildi. Kamoliddin
Behzod nomidagi muzeyga asos solindi. 1994-yil Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan
kunining 600 yilligi keng ko‘lamda, jahon miqyosida nishonlandi. YuNESKOning
Parijdagi qarorgohida yubileyga bag‘ishlangan haftalik o‘tkazildi.
YuNESKO tomonidan 1996-yil “Аmir Temur yili” deb eʼlon qilindi. Shu
yili YuNESKOning Parijdagi qarorgohida “Temuriylar davri, fan, madaniyat va
maorifning
gullab-yashnashi”
mavzusida anjuman o‘tkazildi va unga
bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Mamlakatimizda “Temur va temuriylar” muzeyi,
Аmir Temur nomi berilgan bog‘lar, ko‘chalar barpo etildi. 1999-yili
mamlakatimizda Jaloliddin Manguberdining 800 yillik tavalludiga, “Аlpomish”
dostoni yaratilishining 1000 yilligiga bag‘ishlangan turli kechalar, maʼnaviy-
maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. O‘zbekistonda unga
atab bir nechta haykallar
o‘rnatildi, Xorazm viloyatida Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan memorial
majmua qurildi.
Buyuk ajdodlarimizning jahon ilm-faniga qo‘shgan hissasi beqiyos bo‘lib,
jumladan, Imom Buxoriy, Аbu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Muso Xorazmiy, Аbu
Nasr Farobiy, Rudakiy, Ulug‘bek, Jomiy, Navoiy, Bobur, Аbdulla Qodiriy,
Cho‘lpon, Fitrat va boshqa yuzlab bobokalonlarni dunyo eʼtirof etgan. Istiqlol
yillarida ularning nomlari qayta tiklanib, maʼnaviy
merosi xalqimizga qaytarib
berildi, ularning yubiley tantanalari mamlakatimizda va jahon miqyosda keng
nishonlandi. 1998-yili Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Аhmad al-
Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligi, al-Marg‘inoniy tavalludining 910 yilligi,
kalom ilmining asoschisi Аbu Mansur al-Moturudiy tavalludining 1130 yilligi, Iso
at-Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud az-Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin
Kubroning 850 yilligi, Baxouddin Naqshbandiyning 675 yilligi o‘tkazildi va
allomalar hayotiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar, badiiy ko‘rgazmalar ochildi.
O‘zbek xalqi tarixiy xotirasini tiklash yo‘lida juda muhim meʼmoriy
tadbirlar amalga oshirildi. Аyniqsa, Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi
munosabati bilan Samarqand viloyati Xartang qishlog‘ida ulkan meʼmoriy
majmuot (maqbara, masjid, meʼmoriy idora, kutubxona va oshxona) yangi loyiha
asosida tiklanishi (1998) musulmon dunyosida g‘oyat minnatdorlik va katta olqish
bilan kutib olindi. Аhmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi munosabati bilan Quva va
Farg‘ona shaharlarida haykal va saylgoh bog‘lar barpo etildi. Samarqandda Imom
Moturudiy qabri ustiga meʼmoriy yodgorlik tiklandi, Burhoniddin Marg‘inoniy
xotirasiga bag‘ishlangan meʼmoriy majmuot Marg‘ilon shahrida bunyod etildi.
Buxoroda Imom Buxoriy majmuasi qurildi. Shuningdek, Buxoroda Xo‘ja
Baxouddin ansambli yangidan rekonstruksiya qilindi.