134
tahdid soladi. Tarixda bo‘lgandek, bugun ham ushbu qurol yangicha shakl va
mazmunlarda qo‘llanilmoqda. O‘zbekiston xalqi mustaqilligini qo‘lga kiritib, butun
dunyoga O‘zbekistonning o‘ziga xos va o‘ziga mos yo‘li borligi, u o‘zbek xalqining
milliy manfaatlariga asoslanishini eʼlon qildi. O‘zbekistonning
milliy manfaatlarini
esa, albatta, uning milliy g‘oyasi ifoda etadi. Milliy g‘oya hech bir shaxs yoki
buyuklar tomonidan o‘ylab topilmagan. U buzg‘unchi g‘oyalardan farqli ravishda
o‘zbek xalqining og‘zaki (Аlpomish, Go‘ro‘g‘li, Kuntug‘mish kabi) va yozma
ijodiyotida (Аvesto, Forobiy, Navoiy asarlari kabi), xalqimiz hikmatlari,
urf-odat va
anʼanalarida asrlar davomida shakllanib, rivojlanib kelmoqda.
Milliy g‘oya ongu shuuriga singdirilgan xalq farzandlari o‘zligini anglab,
buyuk maʼnaviy jasorat namunalarini ko‘rsatishgani tarixdan maʼlum.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak maʼnaviyat yengilmas
kuch” asarida taʼkidlaganidek, To‘maris, Shiroq, Muqanna, Temur Malik, Jaloliddin
Manguberdi, Аmir Temur, Navoiy, Аvloniy, Qodiriy, Fitrat ana shunday maʼnaviy
jasorat sohiblaridir. O‘zbek xalqi bor ekan, ularning nomi va xotirasi abadiydir. Milliy
g‘oyani anglagan avlod ajdodlari anʼanalarini davom ettiraveradi.
Jamiyat amal qiladigan g‘oya salkam uch ming yillik mustaqil rivojlanish
yillarida o‘zbek xalqini buyuk kashfiyotlar va g‘alabalar sari yetaklab,
xalqimizning
milliy rivojlanish g‘oyasiga aylandi. Darhaqiqat, O‘zbekiston ko‘p millatli, ko‘p
konfessiyali davlat bo‘lgani bois hech bir din yoki elatning g‘oyasi jamiyatni
birlashtirishga qodir emas. Faqat O‘zbekiston xalqining g‘oyasi bo‘lgan milliy
g‘oyagina jamiyat subʼyektlarini birlashtirish salohiyatiga ega. Tarixdan maʼlumki,
birlashtiruvchi g‘oyaga ega bo‘lmagan jamiyat, davlat tanazzulga yuz tutadi. Shu
sababli milliy g‘oya va milliy mafkura masalasi har
qandan jamiyat uchun hayot-
mamot masalasidir. Hozirgi mustaqillik yillarida O‘zbekiston xalqining milliy g‘oyasi
nafaqat amaliyotga tatbiq etildi, balki nazariy va amaliy jihatdan rivojlantirildi.
Milliy tiklanish o‘z-o‘zidan sodir bo‘lmaydi. Bu, avvalo, ko‘p jihatdan
maʼnaviyatga bog‘liq. Shu boisdan mustaqillikning dastlabki kunlaridan
ajdodlarimizning maʼnaviy merosini tiklash ishlari keng jabhada amalga oshirildi.
Maʼnaviy meros qadimgi zamonlardan buyon ajdodlarimiz, ota-bobolarimizdan
bizgacha yetib kelgan maʼnaviy boyliklar siyosiy, falsafiy, huquqiy va diniy qarashlar,
axloq-odob meʼyorlari,
ilm-fan yutuqlari, tarixiy, badiiy va sanʼat asarlari
majmuasidir. Maʼnaviy qadriyatlar, boyliklar jamiyat taraqqiyotining barcha
bosqichlarida uning ehtiyojlari tufayli vujudga keladi va o‘sha davr hayotini aks
ettiradi. Davrlar almashinuvi, jamiyatlardagi o‘zgarishlar haqiqiy maʼnaviy merosning
qadrini oshirib boradi hamda keyingi avlodlar uchun maʼnaviy meros maqomiga olib
chiqadi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq ajdodlar tomonidan ko‘p
asrlar
mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho maʼnaviy va madaniy merosni
tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo‘lib qoldi.
Darhaqiqat, O‘zbekistondagi ijtimoiy sohaning tub ildizlaridan bo‘lgan maʼnaviy
sohaning keng rivojlanishi xalqning faol ishtiroki bilan bo‘ldi. O‘zbek xalqining o‘z
tarixi, urf-odatlari, milliy va diniy qadriyatlariga o‘zgacha ehtirom bilan munosabatda
bo‘lishi jahon ahli tomonidan eʼtirof etilgan.
135
Umuman olganda, maʼnaviy qadriyatlarning tiklanishi xalqning maʼnaviy
sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayondir.
Haqqoniy tarixni tiklash, milliy o‘zlikni anglash, taʼbir joiz bo‘lsa, milliy iftixorni
o‘stirish jarayonida g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Buyuk ajdodlarning hayot yo‘li va
jasoratlari tarixiy xotirani jonlantirib, jamiyatda yangi fuqarolik ongni shakllantirishda
axloqiy tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda.
Dostları ilə paylaş: