Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


  Аholi turmush darajasini yuqori darajada taʼminlash



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

2. 
Аholi turmush darajasini yuqori darajada taʼminlash. 
Bugunga kelib mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining muhim bosqichiga kirdi. 
Ijtimoiy siyosat borasida istiqlol yillaridagi katta tajribalarga suyangan, mavjud 
anʼanalarni izchil davom ettirgan holda yangi-yangi qadamlar tashlanyapti. 
Harakatlar strategiyasi asosida ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar 
ko‘lami esa har qanday kishini mamnun etadi. “2017-2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident 
Farmoyishida muayyan maʼnoda hozirgacha amalga oshirilgan ishlar sarhisob 
qilindi. 
Jumladan, ijtimoiy sohadagi eng muhim ishlar ham o‘z aksini topgan. Unda 
qayd etilishicha, “faqatgina joriy yilning birinchi yarmida 2,7 ming kilometr 
avtomobil yo‘llari qurildi va taʼmirlandi, 84 ming 300 ta ish o‘rni yaratildi. 2017-
2020-yillarda shaharlarda energiya jihatdan samarador arzon ko‘p kvartirali uylarni 
qurish va rekonstruksiya qilish dasturi amalga oshirilmoqda, uning doirasida 50 
ming 286 ta xonadondan iborat 1 ming 136 ta ko‘p qavatli uylarni, bundan 
tashqari, namunaviy loyiha asosida qishloq joylarida 75 ming turar joylarni qurish 
mo‘ljallangan”. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bandlik sohasida davlat siyosatini 
yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi (24.05) Farmoni qabul qilindi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Аholi bandligini 
taʼminlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini 
oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksni hududiy organlari 
rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (06.05), 
“Kasanachilikni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” (24.05), “Madaniyat sanʼat tashkilotlari, ijodiy uyushmalar 
va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha xodimlari 
mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir chora-
tadbirlar to‘g‘risida” (14.08), “2018-2019-yillar, turizm sohasini rivojlantirish 
bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” (16.08) va boshqa 
Qarorlari chiqdi. 
Аyniqsa, aholi ijtimoiy himoyasi va sog‘lig‘ini saqlash tizimini 
takomillashtirish bo‘yicha ham ko‘p ish qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordamni 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (16.03), “Uy-joy kommunal 
xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida” (18.04), “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 
Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasini tashkil etish 
to‘g‘risida” (18.04), “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat 
boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” (21.04), “Davlat veterinariya 


125 
xizmati boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(01.06) va boshqa Farmonlari qabul qilindi. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash 
sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(01.04), “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida” 
(04.04), “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” (04.04), “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida 
onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam 
ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirri to‘g‘risida” (04.04), “2017-2021-
yillarda ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish 
hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2018-2022-yillarda 
issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida” (20.04), “2017-2021-
yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (24.04), “2017-2021-yillarda 
yer osti suvlari zahiralaridan oqilona foydalanishni nazorat qilish va hisobga 
olishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (04.05), “Toshkent shahri 
aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni boshqarish tizimini 
yanada takomillashtirish hamda uning samaradorligi uchun rahbarlar va 
mutaxassislarning kasbiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(06.06), “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga 2017-2021-yillarda ixtisoslashtirilgan 
tibbiy yordam ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 
(20.06), “Аholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash tizimni 
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” (17.07) boshqa 
Qarorlari hamda “Nogironlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (01.08) Farmoyishi chiqdi. 
Аrzon uy-joylar barpo etish mamlakatimizda ijtimoiy sohada amalga 
oshirilayotgan ishlarning insonparvarligini ko‘rsatib turibdi. Uy-joylar arzon 
narxlarda qurilsa, uni sotib oluvchilar soni ko‘payadi. Eng muhimi, bu birinchi 
galda aholining uy-joyga o‘ta muhtoj qatlamining manfaatlarini o‘ylagan holda 
yo‘lga qo‘yildi. Hozirgi paytda mamlakatimizning barcha mintaqalarida ikki 
sotixli namunali qishloq uylarini, shuningdek, ikki-uch xonali ko‘p qavatli uylarni 
qurish jadal davom ettirilyapti. Bu borada, ayniqsa, imtiyozli kreditlar joriy 
etilganidan aholi bag‘oyat minnatdor. 
Bugungi kunda poytaxtimiz katta uy-joy qurilishi maydoniga aylandi. 
Xususan, Sergeli tumani hududida jadal surʼatlar bilan bunyod etilayotgan har 
taraflama shinam, zamonaviy qulayliklarga ega arzon ko‘p qavatli uylar peshma-
pesh bitkazilyapti. 
Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni 
rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga 
oshirish yo‘nalishiga ham jiddiy eʼtibor berilyapti. 
Sergeli tumanini shaharning asosiy qismi bilan bog‘lashga xizmat qilishi 
mo‘ljallangan yer usti metrosining qurilayotganiga hammamiz guvohmiz. Metroga 
parallel ravishda Sergelini metroning Olmazor bekatini bog‘laydigan avtomobil 
yo‘li ham quriladi. Shuningdek, Sergelining bir tomoni shahar katta Halqa yo‘liga 


126 
bog‘laydigan, ikkinchi tomoni esa Bektemir tarafga yo‘nalgan yangi magistral 
yo‘lga ulaydigan yo‘l qurilishi ham jadallik bilan davom ettirilyapti. 
Shahrimizning yo‘l va ko‘chalariga yangidan asfalʼt yotqizilyapti. 
Taʼlim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, sanʼatva sport sohalarini rivojlantirish 
ijtimoiy sohaning muhim yo‘nalishini tashkil etadi. 
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini 
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (20.04), “2017-2018 o‘quv yilida 
O‘zbekiston Respublikasining oliy taʼlim muassasalariga o‘qishga qabul qilish 
to‘g‘risida” (05.05), “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida” (03.06), “Madaniyat va sanʼat tashkilotlari, ijodiy 
uyushmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantirish, soha 
xodimlari mehnatini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratishga doir 
chora-tadbirlar to‘g‘risida” (14.08) va boshqa Qarorlari chiqarilganini alohida qayd 
etish lozim. 
Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish borasida tub burilish yuz 
berdi. 
2017-yilning 30-iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV 
qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev qatnashib, nutq so‘zladi. Davlatimiz rahbari yoshlar siyosatini chuqur 
tahlil etib, bu borada yangicha ishlash prinsiplarini bayon qilib berdi. “Kamolot” 
yoshlar ijtimoiy harakati Yoshlar ittifoqiga aylantirildi. Bundan buyon 30-iyun 
Yoshlar kuni sifatida bayram qilinadigan bo‘ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati 
samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-
quvvatlash to‘g‘risida”gi (05.07.2017) Farmoni qabul qilindi. Boshqa ko‘p 
qonunosti hujjatlarida ham yoshlarni ijtimoiy faollikka undaydigan, ular hayotini 
yaxshilashga qaratilgan tartib-qoidalar belgilandi. 
Siyosatdagi barqarorlik va izchillik har qanday davlatda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. 
Poytaxtimizning mahallalarida, aholining baxtli yashashi uchun qulay 
sharoitlar yaratishga kirishilganiga guvoh bo‘lasiz. Ko‘p qavatli uylarning fasadlari 
taʼmirlanyapti. Bu uylar orasidagi yo‘l va yo‘laklarga sement yotqizilyapti. Bolalar 
uchun o‘yingohlar yangidan jihozlanyapti. Shaharning bo‘sh turgan inshootlarida 
yangi-yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bunyod etilyapti. 
Bu ko‘plab yangi ish o‘rinlarini tashkil etish imkonini beryapti. Bularning bari – 
ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining turmush darajasini ko‘tarishni ko‘zlab 
amalga oshirilyapti. 
O‘zbekistonda oxirgi uch yil mobaynida kambag‘allikni kamaytirishga 
qaratilgan chora-tadbirlar natijasida aholi jon boshiga real jami daromad 43,9 
foizga, o‘rtacha hisoblangan nominal oylik ish haqi 79,7 foizga yoki 2016-yildagi 
1293,8 ming so‘mdan 2019-yilda 2324,5 ming so‘mga oshdi. 
Jahon bankining “O‘zbekiston fuqarolarini tinglab” loyihasi doirasida, uy 
xo‘jaliklari orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2020-yilning 
yanvar-mart oylari uchun o‘rtacha kambag‘al xonadonning oylik daromadi 


127 
taxminan 1,5 million so‘mni tashkil etib, taqqoslama narxlarda bu ko‘rsatkich 
o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 12 foizga oshgan. 
Mazkur muammoni hal qilishga hukumat tomonidan katta hajmdagi saʼy-
harakatlar qaratilgan. Jumladan, mamlakatda kambag‘allikka qarshi kurashish 
uchun zarur institutlar yaratildi. Bu, avvalambor, Iqtisodiy taraqqiyot va 
kambag‘allikni qisqartirish vazirligining tashkil etilishi, kambag‘allikka qarshi 
kurashish bo‘yicha davlat siyosatini belgilab beradi. 
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash 
maqsadida yaqinda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. 
Mazkur vazirlik fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish institutlari faoliyatini 
muvofiqlashtiruvchi masʼul davlat organi sifatida ijtimoiy himoyaga muhtoj va 
kam taʼminlangan qatlamlarini aniqlash va manzilli ko‘mak berish borasida 
samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi. 
Shuningdek, aholining turmush sharoitlarini yaxshilash va qishloq joylarini 
obodonlashtirish dasturlari amalga oshirilmoqda. Xususan, “Obod qishloq” 
dasturining amalga oshirilishi tufayli 1,7 mln qishloq aholisining yashash 
sharoitlari yaxshilandi. Birgina 2019-yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” 
dasturlarini amalga oshirish uchun jami 600 million АQSh dollariga teng 6,1 trln 
so‘m ajratildi. 
Biroq erishilgan natijalarga qaramay, hozirgi kunda O‘zbekistonda 400 
mingdan ortiq oila turmush sharoitlari yaxshilanishiga muhtoj (Jahon banki 
mezonlariga ko‘ra, 2015-yil oktabridan boshlab Global kambag‘allik darajasiga 
kuniga 1,9 АQSh dollardan kam daromad olganlar kiritilgan). Norasmiy 
sektorning mehnat bozoridagi ulushi 40-50 foizni tashkil etadi. Biroq kambag‘al 
uy xo‘jaliklarining faqat 23 foizigina ijtimoiy nafaqa olishadi. 
Prezidentimizning 2019-yil 28-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida 
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi Farmoni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli 
ijtimoiy-siyosiy, 
sotsial-iqtisodiy 
islohotlarga 
katta 
g‘ov hisoblanmish 
korrupsiyaga yana bir bora qattiq zarba beradigan hujjat bo‘ldi. 
Taʼkidlash lozimki, 2016-yilning oktabr oyida davlatimiz rahbari 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod sifatida Tadbirkorlar va 
ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining VIII 
sʼуezdidagi saylovoldi maʼruzasida mahalliychilik va urug‘-aymoqchilik kabi 
illatlar barobarida O‘zbekistonning barqaror rivojiga xavf tug‘dirayotgan tahdidlar 
orasida aynan davlat hokimiyatini obro‘sizlantirib, iqtisodiyotning o‘sishi va 
tadbirkorlik rivojiga jiddiy to‘siq bo‘lib kelayotgan korrupsiya masalasiga 
barchamizning eʼtiborimizni qaratdi. Аynan shu davrdan boshlab mamlakatimizda 
bu salbiy illat bilan murosasiz kurash olib borish borasida barqaror qadamlar 
qo‘yildi. 
Darhaqiqat, ko‘p vaqt o‘tmay, yaʼni 2016-yilning noyabr oyida O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi 
kurashish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. 


128 
Mazkur qonun hujjatining samaradorligini taʼminlash maqsadida 2017-yil 2-
fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi 
kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham qabul qilindi. 
Kuni kecha eʼlon qilingan Farmon ana shu tizimli ishlarning mantiqiy 
davomi bo‘lib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yaratilgan 
mexanizmlarni yanada takomillashtirish, ushbu illatni batamom bartaraf etish 
choralari ochib berilgan. 
Eng muhimi, ushbu Farmonning aynan “Faol investitsiyalar va ijtimoiy 
rivojlanish yili” Davlat dasturi doirasida eʼlon qilinishi diqqatga sazovordir. Аynan 
shuning uchun ham mazkur hujjatda iqtisodiyotni yanada ravnaq toptirish, xalq 
farovonligini oshirish, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi 
strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat 
siyosatining samarali amalga oshirilishini taʼminlash hamda korrupsiya 
ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli 
choralar ko‘rilishini taʼminlash alohida ko‘rsatib o‘tilgan. 
Farmonning asl mazmun-mohiyati shundan iboratki, korrupsiyaga qarshi 
kurashish bu nafaqat davlatning vazifasi, balki jamiyat ham davlat bilan 
hamkorlikda bu salbiy illatga barham berishda faol ishtirok etishi lozim. Shuning 
uchun ham hujjatda aynan siyosiy partiyalarning bu boradagi rolini yanada 
kuchaytirish alohida ko‘rsatib o‘tilgan. 
Darhaqiqat, partiyamizning saylovoldi dasturida ham aynan korrupsiya va 
uning har qanday ko‘rinishi bilan murosasiz kurash olib borish asosiy o‘rinni 
egallagan. Chunki mazkur salbiy illatga barham berilmas ekan, iqtisodiyotni 
rivojlantirish, mamlakatda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, chet el 
investitsiyalarini mamlakat iqtisodiyotiga jalb etish hamda davlatimizda o‘rta 
sinfni shakllantirish nihoyatda og‘ir kechadi. Korrupsiyaning yana bir salbiy 
tomoni shundaki, u mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijiga, reytingiga 
o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatadi. Buning natijasida mamlakatning investitsiya 
jozibadorligiga putur yetishi mumkin. 
Shuning uchun ham partiyamiz va uning Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi 
mazkur Farmondan kelib chiqadigan vazifalarning ijrosini taʼminlash hamda bu 
borada tegishli nazoratni amalga oshirish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar 
rejasini ishlab chiqishni maqsad qilgan. Xususan, o‘z elektorat manfaatini himoya 
qilgan holda, davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 
ishlab chiqiladigan tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish, “Davlat xaridlari 
to‘g‘risida” hamda “Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonunlari doirasida tegishli davlat organlari tomonidan mazkur 
qonun hujjatlarini bajarish borasida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik 
yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni monitoringini o‘tkazish, lozim bo‘lsa, 
parlament eshituvi darajasida mazkur masalalarini o‘rganishni ko‘zda tutmoqda. 
Shuningdek, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonun doirasida 
mamlakat hududlarida tadbirkorlik subʼyektlarining manfaatlarini himoya qilish 
borasida o‘z faoliyatini yuritib kelayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillarini 


129 
jalb etgan holda davlat organlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida 
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilik eshituvlarini tashkil etishga 
ko‘maklashishni ko‘zlamoqda. Farmonga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, 
tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi 
kurashish 
uchun 
tashkil 
etiladigan 
komissiyalar 
tarkibiga 
tadbirkorlik 
subʼyektlarining manfaatlarini himoya qilish borasida o‘z faoliyatini yuritib 
kelayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlar vakillarini kiritish choralarini ko‘rish, 
har chorakda tadbirkorlik subʼyektlaridan kelib tushadigan va korrupsiya holatlari 
bilan bog‘liq murojaatlar tahlilini o‘tkazib, tegishli choralarini ko‘rish ham 
maqsadga muvofiq deb hisobaymiz. 
Bundan tashqari “Men korrupsiyaga qarshiman” shiori ostida endi 
faoliyatini boshlagan yosh tadbirkorlar ishtirokida seminarlar, davra suhbatlari va 
boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ham foydadan holi bo‘lmaydi. Umuman, 
korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashda natija beradigan har qanday chorani 
ko‘rish, eng muhimi, parlament nazoratining taʼsirchan usullaridan foydalanish 
davlatimiz uchun ham, jamiyatimiz uchun ham birdek naf keltiradi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin