114
bo‘yicha taqsimlanishiga eʼtibor qaratilib, 2000-yilga kelib ular tasarrufidagi yerlar
632,2 ming
gektarga, 2010-yilga kelib esa 3 mln 143 ming gektarga etgan.
Vaholanki 1990-yilda O‘zbekistonda sovxozlar, kolxozlar, yordamchi xo‘jaliklar,
maxsus shirkatlar, qorako‘lchilik fermalariga tegishli yer maydonlari 3 mln 974
ming gektarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2000-yilga kelib
ularning yerlari fermer
xo‘jaliklariga bo‘lib berilib, o‘sha qishloq xo‘jalik korxonalarining yiriklashtirilishi
natijasida 2010-yilda umumiy yer maydonlari qisqartirilib, zarar bilan ishlayotgan
yoki dotatsiyaga tushgan xo‘jaliklarning yerlari 93 ming 900 gektarga
kamaytirilgan edi.
2000-yillardan boshlab agrar sohada fermer xo‘jaliklarining tashkil etilishi
barqaror tus oldi. Fermer xo‘jaligining yuzaga kelish asoslari Vazirlar
Mahkamasining 2002-yil 5-yanvardagi 8-sonli “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini
fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va 2003-yil
27-oktabrdagi “2004-2006-yillarda fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi
to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida batafsil yoritib berilgan.
Аgar 2001-yilda respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaliklarining
soni 55445 birlikdan iborat bo‘lgan bo‘lsa, 2006-yilga kelib 189235 birlikka
yetgan yoki 3,4 baravar oshgan. Xo‘jaliklar sonining tahlil davridagi o‘rtacha yillik
o‘sishi 40,2 foizni tashkil etgan. Jami 428 ta shirkat xo‘jaligi negizida 22 mingdan
ortiq fermer xo‘jaliklari tashkil etildi.
Respublikamizda
fermerlikning
kelgusidagi
rivojlanishi
va
yangi
imkoniyatlaridagi o‘zgarishlar 2000-yillar oxiriga to‘g‘ri keladi. Puxta o‘ylangan
dastur asosida 2008-2010-yillar davomida o‘tkazilgan maqbullashtirish jarayoni
natijalariga ko‘ra, fermer xo‘jaliklarining yer maydonlari hajmi kamaytirildi.
Аmalga oshirilgan maqbullashtirish jarayoni natijasida 2011-yil yakuniga ko‘ra,
Respublikamizdagi fermer xo‘jaliklarining soni 215776 tadan 66134 taga yoki 69,4
foizga kamaytirildi, bunda bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha yer
maydoni hajmini 27,4 gektardan 80,1 gektargacha ko‘paytirishga erishildi.
O‘rtacha bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yer maydonini tarmoqlar bo‘yicha
olib qaraydigan bo‘lsak, bu ko‘rsatkich o‘sha davrda paxtachilik va g‘allachilikda
106,3 gektarga, sabzavotchilik va polizchilikda 23,5 gektarga, bog‘dorchilik va
uzumchilikda 13,1 gektarga, chorvachilikda 205 gektarga teng bo‘lgan.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda agrar islohotlarga eʼtibor kuchaytirildi.
Chunki Respublika aholisining 62 %i qishloqda yashaydi, qishloq xo‘jaligida
YaIMning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanardi. Аgrar
islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi.
Qishloq xo‘jaligida nodavlat sektorining ulushi qariyb 100 foizni tashkil qilmoqda.
Islohot yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo‘shimcha ravishda 550
ming gektar sug‘oriladigan yer ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan yer
maydoni 700 ming gektarga yetdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu yer hosilidan
foydalanmoqda.
Shu o‘rinda
qayd etish kerakki, agrar islohotlarning dastlabki yillarida
sovxoz va kolxozlar jamoa xo‘jaliklariga aylantirilgan edi. Аmmo ular xo‘jalik
yuritishda o‘zlarini to‘la-to‘kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida
115
shirkatlarga aylantirildi. 1999-yilda 898 ta, 2000-yilda 856 ta qishloq xo‘jaligi
korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002-yilning 1-yanvar
holatiga ko‘ra, ruspublika bo‘yicha 1900 taga yetdi, ularda 1 mln 400 ming kishi
shirkat aʼzosi sifatida mehnat qildi. Biroq shirkat xo‘jaliklari ham o‘zini oqlamadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2003-yil 24-martdagi “Qishloq
xo‘jaligida
islohotlarni
chuqurlashtirishning
eng
muhum
yo‘nalishlari
to‘g‘risida”gi Farmonida agrar islohotlarining yangi yo‘nalishlari belgilab berildi.
Farmonga binoan, 2003-2007-yillarda shirkat xo‘jaliklari tugatildi, ularning
negizida fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. 2007-2008-yillarda
paxtachilik,
sabzavotchilik, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarining yer
maydonlari qariyb 2,5 baravarga kengaytirildi. Fermer xo‘jaliklari qishloq
xo‘jaligini ishlab chiqaruvchining asosiy shakliga aylandi. Qishloqlarda shaxsiy
yordamchi xo‘jaliklar dehqon xo‘jaliklari sifatida qayta shakllantirildi. Dehqon
xo‘jaligi – bu oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, tomorqa yer uchastkasi oila
boshlig‘iga umrbod meros qilib berildi, mahsulotlar oila aʼzolarining shaxsiy
mehnati asosida yetishtiriladi va sotiladi. 2004-yil boshlarida mamlakatimizda 3,5
millionga yaqin dehqon xo‘jaliklari yuridik va jismoniy
shaxs maqomida faoliyat
yuritdi, ularda 8 milliondan ortiq ishga yaroqli kishilar mehnat bilan band bo‘ldi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari O‘zbekistonda asosiy ishlab chiqarish sub’yektlariga
aylandi. Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilayotgan yalpi
mahsulotning qariyb 100 foizi dehqon va fermer xo‘jaliklarida yetishtirilmoqda.
Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq
hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi
o‘zgardi. Ular yerning haqiqiy egasiga, o‘z mehnati
evaziga yetishtirgan
mahsulotning egasiga aylandi.
Dostları ilə paylaş: