Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning eʼlon qilinishi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

2. Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning eʼlon qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 
XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq Ittifoqdosh o‘zgarishlar hamda 
yuzaga kelgan vaziyat o‘zbek xalqnining mustaqillik uchun bo‘lgan kurash 
jarayonini tezlashtirib yubordi. 
O‘zbekistonning mustaqil davlat deb eʼlon qilinishida Respublika Oliy 
Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari 1991-yil 31-avgustdagi VI sessiyasi 
katta tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Unda “O‘zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligi to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasining davlat bayrog‘i 
to‘g‘risida”gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. 
Sessiyada O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida Prezident 
I.А.Karimov maʼruza qildi. U o‘z nutqida Markaziy hukumat olib borayotgan ichki 
siyosatni tahlil qildi. 19-21-avgust kunlari Moskvadagi Favqulodda holat davlat 
komiteti (GKChP) aʼzolari faoliyatining xalqlar ozodligi, respublikalar 
mustaqilligiga qarshi qaratilgani haqida ro‘yi-rost fikr bildirildi. Oliy Kengash 
deputatlari 
har 
bir 
moddaning 
muhokamasidan 
so‘ng 
“O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildilar. 
So‘ngra “Respublika Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Bayonot qabul qilindi. 
O‘zbekiston SSRning nomi O‘zbekiston Respublikasi deb o‘zgartirildi. Mustaqillik 
belgilangan kun – 1-sentabr 1991-yildan boshlab milliy bayram va dam olish kuni 
deb eʼlon qilindi. 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida”gi Qonun 17 
moddadan iborat bo‘lib, mustaqil respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini 
o‘ynaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respubliksininig davlat Mustaqilligi asoslari 
to‘g‘risidagi qonun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu muhim hujjat 
haqida batafsil to‘xtalish lozim. Mazkur qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy 
holati tubdan o‘zgardi va unda O‘zbekiston Respublikasining asosiy belgilari 
aniqlab berilgan. 
1-modda. 
O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
bilan birga mustaqil, demokratik davlat deb eʼlon qilinadi. 
2-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining xalqi suverendir va u respublikada davlat 
hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi haqida gapiriladi.
3-modda. 


51 
O‘zbekiston Respublikasi to‘la davlat hokimiyatiga ega, o‘zining milliy-
davlat va maʼmuriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini 
mustaqil belgilash qonunlashtirildi. 
4-modda. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasi va hududi daxlsiz hamda 
bo‘linmas bo‘lib, uning xalqi o‘z xohish-irodasini erkin bildirmasdan turib 
o‘zgartirilishi mumkin emas. 
5-modda. 
O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 
va uning qonunlari ustundir. O‘zbekiston Respublikasi davlat idoralarning tizimi 
hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida 
qurilganligi gapirildi. 
8-12-14 moddalarda O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab 
berilgan. 
13-14-moddalarda O‘zbekistonning tashqi siyosiy aloqalaridagi mustaqilligi 
sharhlandi. 
15-moddada O‘zbekiston Respublikasi hududida Inson huquqlari umumiy 
deklaratsiyasiga muvofiq holda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi joriy etilishi 
O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari millatidan, elatidan, ijtimoiy kelib 
chiqishidan, qaysi dinga mansubligidan va eʼtiqodidan qatʼi nazar, bir xil fuqarolik 
huquqlariga egadirlar, respublika Konstitutsiyasi hamda uning qonunlari 
himoyasida bo‘lishlari qonunlashtirilgan. 
16-moddada davlat ramzlarini: gerbi, bayrog‘i, madhiyasi haqida gapirilsa, 
17-moddada esa O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasining hududiy butunligini va mustaqilligini eʼtirof etadi. O‘zbekiston 
Respublikasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar 
teng huquqlilik asosida, ular o‘rtasidagi ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar 
vositasida qurilishi eʼtirof etilgan. 
Bunday qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan 
yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda maʼnaviy-
axloqiy munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega. 
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi eʼlon qilinishi bilan birga 
Davlat mustaqilligi bilan bog‘liq qonunlar tizimini yaratish zarur edi. O‘zbekiston 
erishgan istiqlolni mustahkamlash uchun mamlakatda referendum o‘tkazishga 
qaror qilindi. 1991-yili 18-noyabrda Oliy Kengash VIII sessiyasi O‘zbekiston 
Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida Qaror qabul qildi. Shunga 
muvofiq, 29-dekabrda “Siz Oliy Kengash tomonidan O‘zbekiston Respublikasi 
mustaqil davlat deb eʼlon qilinishini maʼqullaysizmi?” mavzuida referendum 
o‘tkazishga katta tayyorgarlik ko‘rildi. Referendum yakuniga ko‘ra, unda 
qatnashgan aholining 98,2 foizi O‘zbekiston mustaqillikni yoqlab ovoz berdi. 
Mustaqil O‘zbekiston dunyoga, jahonga yuz tutdi, qariyb yuz yildan ortiq vaqt 
davomida yopib qo‘yilgan chegaralari ochildi. Jahon hamjamiyati O‘zbekistonni 
quchoq ochib qabul qildi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq O‘zbekiston 
Respublikasini suveren davlat sifatida Turkiya, Аmerika Qo‘shma Shtatlari, 


52 
Kanada, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Saudiya Аrabistoni, Eron, Pokiston, 
Hindiston, Xitoy singari yirik davlatlar tan oldilar. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin