Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


Farg‘ona voqealari. 1989-yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

4. Farg‘ona voqealari. 1989-yil o‘rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy 
hayotidagi o‘zgarishlar. 
Maʼlumki, XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sovet tuzumi parchalanishi 
arafasida 
mamlakatdagi 
inqirozli 
vaziyat 
millatlararo 
munosabatlarning 
keskinlashuvida ham o‘z aksini topdi. Chunki uzoq yillar davomida ijtimoiy-
iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda to‘planib qolgan muammolar millatlararo 
munosabatlarga taʼsir etmasdan qolmadi. Bunday nizolar O‘zbekistonni ham 
chetlab o‘tmadi. 1989-yil may-iyun oylarida Farg‘ona viloyatidagi millatlararo 
mojarolar respublikadagi siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. 
Respublikaning o‘sha paytdagi O‘zbekiston kompartiyasining sobiq birinchi kotibi 
Rafiq Nishonov boshchiligidagi siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab 
vaziyatni to‘g‘ri baholay olmagani uchun yoshlarning ommaviy chiqishlari, 
millatlararo to‘qnashuvlar sodir bo‘la boshladi. 
Shu narsa ayonki, deya yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov 
“...o‘shanda barcha voqealarning ildizi – Farg‘ona vodiysida yashayotgan 
aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog‘liq edi. Yuzaga 
kelgan qaltis vaziyatni bartaraf etish uchun, eng avvalo, viloyatda, umuman, vodiy 
viloyatlarida yangi ish o‘rinlarini yaratish, bir so‘z bilan aytganda, odamlarga 
taʼminot va daromad manbayini topib berish zarur edi. 1989-yilning iyul oyiga 
qadar Farg‘ona viloyati aholisining hayot darajasini oshirish, mehnatga yaroqli 
aholining bandligini taʼminlash bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va 
bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 1989-yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar 
o‘rtasida bo‘lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar 
o‘rtasida) to‘qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg‘ona vodiysida 
ommaviy tus oladi. O‘sha davrdagi respublikaning rahbariyati yuzaga kelgan bu 
murakkab vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi. Natijada oddiy mojaro Farg‘ona, 
Marg‘ilon, Toshloq, Qo‘qon, Аndijon, Namangan, Toshkent viloyatida aholining, 
ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga aylanib ketdi va millatlararo 
to‘qnashuvlarda namoyon bo‘ldi. 
Mamlakatimizga rahbar etib saylangan Islom Karimov hokimiyat tepasiga 
kelgach, eng avvalo, mamlakatda tartib o‘rnatishga kirishdi. O‘zbekistonning turli 
mintaqalaridan chiqqan etnik nizolar va ijtimoiy tanglik o‘choqlari shaxsan 
Prezident ishtirokida bartaraf etildi”. Rahbar nafaqat siyosatchi bo‘lishi, balki 
dastlab uning irodali, qo‘rqmas shaxs sifatida shakllanganligi ham eʼtiborlidir. 
1989-yilning 23-iyunida Islom Karimov mamlakat rahbari bo‘lib saylangan 
kunining ertasigayoq, yaʼni 24 iyun kuni Ministrlar Sovetida Farg‘ona voqealariga 
bag‘ishlangan katta majlis o‘tkazadi. Mazkur majlisdagi chiqishida yangi rahbar 
siyosiy yetakchiga xos barcha fazilatlarini namoyon etadi. Islom Karimov davlat 
rahbari sifatida masalani keskin qo‘yadi: “Biz bundan buyon eskicha 


39 
yasholmaymiz va bunday yashashga zamonning o‘zi yo‘l qo‘ymaydi” deya 
taʼkidlaydi. 
Ertasigayoq respublika rahbari janjal-to‘polonlar ichida qolib ketgan 
Farg‘onaga boradi. Lovillab yonayotgan uylar, tahlika va sarosimaga tushgan 
shahar va qishloqlar, qahr-g‘azabga to‘lgan odamlarning ichiga dadil kirib boradi. 
Ular bilan chin dildan, hech narsani yashirmasdan ochiq gaplashadi. Bu 
insonlarning shu vaqtga qadar hech kim eshitmagan ohu nolalarini tinglab, 
o‘zining yurakdan chiqqan samimiy va haqqoniy so‘zlari bilan bamisoli ularning 
qalbidagi yaralariga malham qo‘ygandek bo‘ladi. 
Аmmo voqelar qaltis tus olgan kezlarda Farg‘ona fojialari haqida respublika 
matbuotida va boshqa ommaviy axborot vositalarida to‘g‘ri maʼlumot 
berilmaganligi, bu mojarolarning kelib chiqishida, asosan, “mahalliy aholi aybdor” 
deb bir tomonlama va noxolis baholanishi vaziyatni yanada keskinlashtirdi. 
Taʼkidlash joizki, 1989-yil 11-iyunda Toshkent shahrida ishlayotgan va o‘qiyotgan 
farg‘onalik yoshlardan yuzga yaqini ommaviy axborot vositalarining voqealarga 
munosabati haqida bir qator to‘g‘ri talablarni qo‘yadilar. Bunday ommaviy 
chiqishlarga, kommunistik mafkura tartibiga qarshi borishlarga “ko‘nikmagan” 
mustabid tuzum siyosiy rahbariyati namoyishchilarga qarshi harbiy qism tashlaydi. 
1989-yil 8-iyunda Qo‘qonda tinch namoyishchilar ana shu harbiy qism askarlari 
tomonidan o‘qqa tutildi, natijada 50 dan ziyod namoyishda qatnashgan aholi halok 
bo‘ladi (ularning ko‘pchiligi yoshlar edi), 200 dan ortig‘i esa yarador qilinadi. 
Umuman 3-12-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar 
va ularning harbiylar tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida 103 kishi halok bo‘lgan, 
1009 kishi jarohatlangan va 650 xonadonga o‘t qo‘yilib, vayron qilingan. 
Voqealarning keng miqyos va fojiali tus olganligi sababli sovet va maʼmuriy 
organlar tomonidan mesxeti turklarini Farg‘onadagi harbiy qism poligonidagi 
lagerga hamda Tojikistonning Leninobod (hozirgi Sug‘d viloyati) viloyati Аsht 
tumanidagi Novgarzon posyolkasiga shoshilinch ko‘chiriladi. Minglab odamlarni 
bunday lagerlarda uzoq saqlab bo‘lmas edi. Shuning uchun 16.282 kishi Farg‘ona 
viloyatidan Rossiyaning Smolensk, Orlovsk, Kursk, Belgorod va Voronej 
viloyatlariga ko‘chirib olib borib joylashtiriladi. Zero, o‘zbek xalqining vijdoni 
pok. Farg‘ona voqealari o‘zbek xalqining irodasi bilan sodir bo‘lmadi. Bu 
voqealarga tuturuqsiz va g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab, kim qanday bo‘yoq 
bermasin, tarix, albatta, o‘zining adolatli hukmini chiqaradi. Baynalminalchilik, 
mehmondo‘stlik, yaxshilik, qalb saxovati hamisha o‘zbek xalqiga xos fazilat bo‘lib 
keldi. Maʼmuriy buyruqbozlik tizimi, kadrlar siyosati, qatag‘onlar, sanoat, 
elektroenergetika, mashinasozlik, asbobsozlik, irrigatsiya, melioratsiya, qo‘riq va 
bo‘z yerlar, ijtimoiy hayot, madaniy hayot, fan, adabiyot va sanʼat, taʼlim-tarbiya, 
“qayta qurish”, “paxta ishi”, paxta yakka hokimligi, ekologik muammolar. 
Respublika rahbarining bunday qatʼiyati asossiz taʼna va bo‘xtonlardan 
ezilgan, turli tahdidlar oqibatida tahlikaga tushgan xalqning ruhini ko‘tardi. Islom 
Karimov qonli voqealar haqidagi haqqoniy fikrlari bilan xalqimiz shaʼniga otilgan 
malomat toshlari butunlay bo‘hton ekanligini isbotlaydi. Аyni paytda vahshiylik 
qilgan, odam o‘ldirgan, tartibsizliklarni keltirib chiqargan, uylarga o‘t qo‘ygan, 


40 
transport vositalarni yoqib yuborgan kimsalar o‘zbek millatiga mansub emasligini, 
ularning hammasi ataylab tashkil etilganini markazdagi minbarlardan turib jasurlik 
bilan aytadi. 
Davlat rahbari o‘sha davrdayoq Farg‘ona voqealarining tub sabablari 
quyidagi masalalar bilan bog‘liqligini asoslab bergan edi va bu sabablar Islom 
Karimovning asarida ham aniq ifodalangan. Bular quyidagilar: 
1. Farg‘ona vodiysida yashayotgan aholining og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli. 
2. Odamlarning taʼminoti, daromadi, ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli haddan 
tashqari pastligi tufayli bunday holat O‘zbekistonning boshqa joylarida ham sodir 
bo‘lishi mumkinligi. 
3. Ishsizlik, ish o‘rinlarining kamligi, yaʼni ortiqcha ishchi kuchining 
ko‘payib borishi. 
4. Yoshlar va ularni ishga joylashtirish masalasi jiddiy o‘ylab ko‘rilmagani 
kabi sabablar. O‘zbekistonning yangi hukumati Markaz bilan bo‘ladigan 
munosabatlarni o‘zgartirmay turib, ijobiy siljishlarga erishib bo‘lmasligini va 
buning uchun respublikaning to‘liq mustaqilligini taʼminlash zarurligini tushunib 
yetdi. Islom Karimovning tashabbusi bilan O‘zbekiston hukumati tomonidan 1989-
yil 15-avgustda “Kolxozchilar, sovxoz ishchilari, fuqarolar, shaxsiy tomorqa 
xo‘jaliklari va individual uy-joy qurilishini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” 
maxsus qaror qabul qilindi. Garchi bu g‘oya ittifoq rahbarlariga yoqmagan bo‘lsa 
ham, Islom Karimov o‘z fikridan qaytmay, uni jasorat bilan amalga oshira bordi. 
Natijada o‘sha yilning 4-oyida aholi qo‘shimcha 90,7 ming gektar yer oldi. 
XX asr 80-yillarining oxirlari – 90-yillarining boshlarida respublikada 
maʼmuriy-buyruqbozlik tizimi o‘z umrini o‘tab, bozor munosabatlariga o‘tish 
harakatlari endigina ro‘y berayotgan bir davrda, O‘zbekistondagi og‘ir ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitda jamiyatni demokratlashtirish, O‘zbekistonning haqiqiy 
suverenitetini o‘rnatish, mamlakatda yashayotgan ko‘p sonli millatlarning totuvligi 
va tengligini taʼminlashga erishishga kirishildi. 1989-yil 21-iyundan O‘z KP MQ 
birinchi kotibi lavozimiga kirishgan Islom Karimov boshliq siyosiy rahbariyatning 
asosiy vazifalaridan biri bu – O‘zbekiston xalqi bilan respublika rahbariyati 
o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatni barqarorlashtirish, iqtisodiy va siyosiy 
mustaqillikni taʼminlashdan iboratligi maʼlum bo‘ldi. Chunki O‘zbekiston 
rahbariyati xalqning xohish-irodasini hisobga olib, uning manfaatlarini ko‘zlab ish 
yuritishi lozim edi. 
Vujudga 
kelgan 
o‘ta 
og‘ir 
sharoit, 
siyosiy, 
iqtisodiy, 
ijtimoiy 
qiyinchiliklarga, turli to‘siqlarga qaramasdan, xalqimiz Islom Karimov 
boshchiligida o‘zining asriy orzusi – O‘zbekistonning davlat suvereniteti va 
mustaqilligi sari dadil va qatʼiyat bilan harakat qilishda davom etdi. Shu bilan 
birga boshqa respublikalarda xususiylashtirish to‘g‘risida gap sotilayotganda, 
aynan muholiflar tomonidan o‘rinsiz tanqid qilinayotgan “konservatorlar 
respublikasi”da birinchilardan bo‘lib xususiy korxonalar paydo bo‘ldi. 
Respublikada do‘konlarni va maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini xususiylashtirish 
boshlanib, 1990-yilning o‘zida 170 ming gektar yer oilalarga meros qoldirish 
huquqi bilan ijaraga berildi. Bu raqamni yarim million gektargacha yetkazish 


41 
belgilab olindi. So‘nggi paytlargacha yerlarning bor-yo‘g‘i 4,5 foizida 
dehqonchilik qilgan shaxsiy xo‘jaliklar respublikadagi oziq-ovqat resurslarining 40 
foiziga qadar bergani hisobga olinadigan bo‘lsa, yerlarning umumiy salmog‘ida 
bunday uchastkalar hajmi ikki barobardan ziyod oshganda oziq-ovqat mahsulotlari 
hajmi sezilarli darajada oshishi muqarrar. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin