31
Soveti, O‘zbekiston SSR Prokuraturasi, O‘zbekiston SSR Ichki Ishlar Ministrligi
kabi muhim boshqaruv bo‘g‘inlari shunday kadrlar qo‘l ostiga tushib qoldi. Ular
respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat yanada keskinlashishining asosiy
sababchilariga aylana bordilar. Qisqa muddat ichida O‘zbekiston prokuraturasining
eng yuqori, eng muhim lavozimlaridan tortib, oblast,
rayon prokurorlarigacha
markazdan doimiy ishlashga yuborilgan vakillari bilan almashtirilgan. 1984-yilda
O‘zbekiston SSR Prokurori, uning muovinlaridan uchtasi, eng katta
boshqarmalarning boshliqlari lavozimlariga markazdan yuborilgan xodimlar
qo‘yildi. Natijada Buxoro viloyatiga G.N.Matyushov, Samarqand viloyatiga
V.I.Eremenko, Xorazm viloyatiga А.D.Titorenko, Navoiy viloyatiga А.P.Suxarev,
Surxondaryo viloyatiga V.M.Jeltkov, Qoraqalpog‘iston АSSRga V.V.Dontsov,
Toshkent shahariga G.P.Filippenkovlar prokuror etib tayinlandilar.
Bu hol aslida respublikadagi asosiy masʼuliyatli lavozimlarga markazdan
yuborilgan “desantchilarni” joylashtirish siyosati boshlanganidan darak berar edi.
Ular ittifoq markazining respublikadagi tayanchi bo‘lishi va respublikada sovetcha
usuldagi “tartib-intizom”ni yanada mustahkamlashlari lozim edi. Shubhasiz,
mahalliy rahbariyat “iltimosiga binoan” yuborilgan kadrlar noqonuniy tarzda
hibsga olinganlarning manfaatlarini himoya qilishi ham qiyin edi. Аksincha,
“desantchilar” qatag‘onlik siyosatining davom etishida,
respublikada nohaqlik va
qonunbuzarlik, mansabni suiste’mol qilishning avj olishida, zo‘ravonlik va
tazyiqning kuchayishida “faol” rol o‘ynadilar. O‘z navbatida, ular markazning
respublikadagi tayanchi bo‘lib qoldi va respublika huquq-targ‘ibot organlariga
ehtiyojni “desantchilar” orqali to‘ldirib borishdi.
Аyni paytda o‘zi egallab turgan lavozimiga noloyiq deb “hisoblangan”
kadrlarga nisbatan taʼqib boshlanib, yetilib kelayotgan iqtisodiy inqiroz
“gunohkorlar”ini topish, ularga partiyaviy jazo berish bilan, go‘yoki,
muammolarning oldini olish boshlandi. 1983-yilda SSSR Bosh Prokurori
А.M.Rekunkov topshirig‘iga ko‘ra, SSSR Prokuraturasining alohida muhim ishlar
bo‘yicha tergovchisi T.Gdlyan boshchiligida mamlakatning turli mintaqalaridan
to‘plangan 200 kishidan iborat tergov guruhi tuzilib, O‘zbekistonga yuborilgan. Bu
“paxta ishi”ning amaldagi boshlanishi edi.
“Paxta ishi” uydirmalari boshlangan vaqtda xalq xo‘jaligida “jinoiy ishlarga
qo‘l urgan” xodimlar javobgarlikka tortilib, ular xalq xo‘jaligida “qo‘shib
yozishlarga” yo‘l qo‘yganlikda ayblandilar. Qo‘shib
yozishlarni tekshirishdan
boshlangan tergov guruhining faoliyati asta-sekinlik bilan rahbarlik lavozimida
ishlayotgan kishilarni ham torta boshladi. “Paxta ishi”, “o‘zbeklar ishi” nomini olib
kelgan qatag‘onga keyinroq milliy tus berilib, to‘liq “o‘zbeklar ishi”ga aylantirildi.
Natijada mahalliy rahbar xodimlar, ziyolilar ham taʼqib ostiga olina boshladi.
O‘zbekistondagi bu holatlar haqida markaziy matbuot sahifalarida shunchalik ko‘p
maqolalar chop etildiki, ulardan “xalqimizning tarixi, madaniyati, paxta va
paxtakorning mashaqqatli mehnatlaridan bexabar odamlarda go‘yo, o‘zbeklar turli
nopok yo‘llar bilan daromad orttirib, yengil-yelpi hayot kechiradi”, degan noto‘g‘ri
tasavvur tug‘ilishiga sabab bo‘ldi.
32
Tergov guruhiga kirgan tergovchilarning asosiy qismi katta bilim va
tajribaga ega bo‘lmagan, noqonuniy holatlardan ko‘z yumadigan, topshiriqlarni
ko‘r-ko‘rona tarzda bajaradigan kishilar bo‘lgan. Tergov guruhiga katta vakolat va
imtiyozlar berilgan. Ular soxta ayblovlar bilan qonunsizlik yo‘liga o‘tib, tergov
jarayonlarida tuhmat, ig‘volar uyushtirish, faktlarni soxtalashtirish, kishilarni soxta
maʼlumot berishga majbur etish, o‘zlariga yoqmagan kishilardan o‘ch
olish
vositasi sifatida foydalanganlar. T.Gdlyan olib borayotgan jinoyat-tergov
ishlarining barchasi ochiqdan ochiq ayblov yo‘nalishida bo‘lgan. Ko‘plab jismoniy
va maʼnaviy azoblardan so‘ng qamoqqa olinganlar o‘z ayblarini bo‘yinlariga
olishga majbur bo‘lganlar.
Gunohi hali isbotlanmagan kishilarni qamoqlarda ashaddiy jinoyatchilar
bilan birga bir kameralarda ushladilar, ularni shafqatsiz kaltaklab, ruhiy azob berib,
qo‘rqitib, tergovchilar avvaldan tayyorlab qo‘ygan hujjatlarga imzo chekishga
majbur etdilar.
Mana shunday qabih yo‘llar bilan tergov guruhi guvohlik beruvchilardan
o‘zlariga kerakli maʼlumotlarni olgan. Noqonuniy qamoqqa olingan kishilar
orasida ko‘p bolali onalar, homilador ayollar, yosh bolalar ham bo‘lgan. Bu
ishlardan ko‘zlangan maqsad iqtisodiy “jinoyatchilik”ni fosh etish emas, balki
mamlakat hayotidagi umumiy salbiy holatlarning aniq bir ko‘rinishi bo‘lgan
qo‘shib yozishga qarshi harakatlarni to‘xtatish, “temir intizom” bilan milliy
kadrlarni jazolab, erkin fikrlaydigan ziyolilarni jilovlash,
respublikalarda yuzaga
kelayotgan ijtimoiy-siyosiy kuchlarni bo‘g‘ib tashlash, milliy ong, fuqaroning
faolligini ham bir tizginda ushlab turishdan iborat edi.
T.Gdlyan guruhining O‘zbekistondagi faoliyati davomida O‘zbekiston SSR
prokraturasi va O‘zbekiston SSR Ichki ishlar vazirliklarining 20 nafar rahbar
xodimi, O‘zbekiston Kompartiyasi MQning to‘rt nafar kotibi, viloyatlardagi
qo‘mitalarining sakkiz kotibi, O‘zbekiston SSR Ministrlar Soveti raisi,
O‘zbekiston SSR Oliy Soveti prezidiumi Raisi, O‘zbekiston Paxta tozalash sanoati
vaziri va boshqa bir qancha masʼul xodimlar, umuman, 62 nafar masʼul shaxs pora
olishda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortildilar. 1989-yilning may oyiga qadar
javobgarlikka tortilgan 35 nafar ayblanuvchining ishi sudga oshirildi. 1984-1989-
yillar davomida T.Gdlyan guruhi tomonidan 800 dan ko‘proq “jinoiy” ish ko‘rilib,
jinoiy javobgarlikka tortilganlarning 600
nafari rahbar xodimlar, 10 nafari
Sotsialistik Mehnat Qahramonlari bo‘lgan. O‘zbekiston SSR Paxta tozalash sanoati
vaziri V.Usmonovga esa 1986-yilda o‘lim jazosi belgilangan, hukm 1987-yilda
amalga oshirilgan.
XX asr 80-yillariga kelib qo‘shib yozishlar, poraxo‘rlik, mansabni suiiteʼmol
qilish hollari ittifoqdosh respublikalarning barchasida kuchaygan edi. Shuningdek,
bu illatlar faqat mahalliy rahbar kadrlar yo‘l qo‘ygan xato, kamchiliklarnigina
emas, balki mamlakatda o‘tgan yillar ichida shakllangan maʼmuriy-buyruqbozlik
tizimining natijasi edi. “Paxta ishi” uydirmalari bo‘lsa, o‘zbek xalqini kuchayib
kelayotgan iqisodiy inqirozlardan chalg‘itish, bunda biror bir xalqni “aybdor” qilib
ko‘rsatish orqali xalq eʼtiborini boshqa tomonlarga burib yuborishdan iborat edi.
Аslida shunday ham bo‘ldi, butun mamlakat bo‘ylab O‘zbekistondagi “ulkan
33
o‘g’riliklar”, “poraxo’rliklar” muhokama etildi. Natijada “turli millat xalqlarining
buzilmas ittifoqi tashkil topgan” bu ulkan davlatda “do‘stlik va qardoshlarcha
hamkorlik” bir chetda qolib, butun mamlakatga o‘zbek xalqiga nisbatan
“boqimanda” degan yorliq yopishtirildi. Butun bir millatni ayblash yo‘liga o‘tib
olgan siyosiy rahbariyat “paxta ishi”ni “o‘zbeklar ishi”ga aylantirib yubordi.
O‘zbekiston mustaqil ravishda “paxta ishi”ni tekshirishni boshlaganda ishni
mahalliy rahbarlarga berishni istamay, tekshiruv ishlariga to‘sqinlik qilishga,
haqiqiy
aybdorlarni yashirib turishga, barcha ayblovlarni yana o‘zbek xalqi
yelkasida qoldirishga intildi.
Dostları ilə paylaş: