42
sessiyasida qo‘yildi. Sessiyada O‘zbekistonning “Mustaqillik Deklaratsiya”si
qabul qilindi va uning kirish qismida quyidagicha yozib qo‘yildi: “O‘zbekiston
Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi o‘zbek xalqining davlat
qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy anʼanalari, har bir millatning
taqdirini o‘zi belgilash huquqini taʼminlashdan
iborat oliy maqsad haqida,
O‘zbekistonning kelajagi uchun tarixiy masʼuliyatni chuqur his etgan holda
xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratiya
prinsiplariga asoslanib, O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat
mustaqilligini eʼlon qiladi”. Bu muhim hujjat O‘zbekistoning mustaqillikka
erishishida qo‘yilgan navbatdagi muhim qadamlardan biri edi. Bu umumdavlat
ahamiyatiga ega bo‘lgan Deklaratsiyani qabul qilishda respublika Oliy Soveti
deputatlari faollik ko‘rsatdilar. O‘zbekistondagi tarixiy shart-sharoit va vaziyatni
hisobga olgan 200 dan ortiq deputat XII chaqiriq respublika Oliy Sovetining
ikkinchi
sessiyasi
(1990-yil
18-iyunda)
boshlanishidayoq
mustaqillik
Deklaratsiyasi qabul qilishni kun tartibiga kiritishni
va kechiktirmasdan shu
sessiyada uni qabul qilishni qatʼiy talab etdilar.
O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Rayosati aʼzolari, komissiya raislari va
muovinlari “Mustaqillik Deklaratsiyasi” xususida fikrlashib, deputatlar fikrini olish
va so‘ng uni sessiyaga olib chiqish lozim deb topdilar. 19-iyun kuni 40 dan ortiq
deputat,
doimiy
komissiyalarning
raislari,
huquqshunoslar
tayyorlagan
Deklaratsiya matni batafsil ko‘rib chiqildi. Natijada bu masala 20-iyun kuni
sessiyada kun tartibiga kiritildi.
“Mustaqillik Deklaratsiyasi” deputatlar tomonidan moddama-modda,
bandma-band muhokama qilindi, har bir millat o‘z taqdirini o‘zi belgilashi,
Deklaratsiya qoidasi bilan kafolatlanishi qayta-qayta taʼkidlandi. Unda o‘zbek
xalqining asrlar davomida qo‘lga kiritgan davlat qurilishi va madaniy taraqqiyot
borasidagi boy tarixiy tajribasi va anʼanalari hisobga olinishi uqtirildi.
Shu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy
hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina bordi. O‘zbekiston rahbariyati va
xalqi mustaqillik sari dadil qadam qo‘yaverdi.
1991-yil 17-martda umumxalq referendumi o‘tkazildi. Referendumda
O‘zbekiston xalqining mutlaq ko‘pchiligi O‘zbekistonni mustaqil respublika
sifatida ko‘rish xohishi borligini namoyon qildi.
O‘zbekistonning suvereniteti uchun kurash, avvalo,
respublikada qabul
qilingan har bir qonunning mazmuni va mohiyati jihatidan sobiq ittifoq
qonunlaridan tubdan farq qilinishida, bundan tashqari, har bir qonun avvalgidek
ittifoq qonuniga moslashtirib emas, balki respublika manfaatini ifoda etishi bilan
ajralib tura boshladi.
1990-yillarning boshlariga kelib sobiq SSSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida
inqirozli holat tobora kuchaydi. Bu holat, ayniqsa, ko‘pchilik respublikalarning
ittifoq tarkibidan chiqish, o‘z-o‘zini belgilash huquqini berish, markazning siyosiy-
iqtisodiy, harbiy va tashqi siyosiy sohalardagi rolini qayta ko‘rish kabi talablarning
haqli ravishda qo‘yilishida aksini topdi. Lekin markaziy rahbariyat xalqlar va
ittifoqchi respublikalar siyosiy rahbariyatining chinakam
mustaqillikka intilishi
43
bilan hisoblashmadi. Bu munosabatni Markazning Boltiqbo‘yi respublikalarning
ittifoq tarkibidan chiqib ketishi, O‘zbekistonda, keyinchalik esa boshqa
respublikalarda ham prezidentlik boshqaruvining joriy etilishi va bu respublikalar
tomonidan suverenitet to‘g‘risidagi Deklaratsiyalarning qabul qilinishiga tish-
tirnog‘i bilan qarshilik ko‘rsatganligida ham ko‘rish mumkin.
Lekin baribir vujudga kelgan inqiroziy holatni to‘xtatib bo‘lmas edi. Shu
sababdan ham davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan sobiq ittifoq
rahbariyati
1990-yilning
kuzida
markaz
va
respublikalar
o‘rtasidagi
munosabatlarni yangi holatga o‘tkazish maqsadida muzokara jarayonini
boshlashga majbur bo‘ldi.
Maʼlumki, mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning taʼminoti,
daromadi, yashashi uchun zarur bo‘lgan kundalik mahsulotlarning eng kam
miqdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi ahvol og‘ir bo‘lgan.
Buning asosiy sababi – bu yillarda har bir viloyat bo‘yicha aniq dasturlar, ichki
rezervlar hisobidan ishni to‘g‘ri
tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini
rekonstruktsiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo‘shimcha xom ashyo
ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida amaliy tadbirlar
bo‘lmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy
muammo – bu aholi o‘rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib borishi edi.
Аna shunday og‘ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O‘zbekiston
rahbariyati korxona va xo‘jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil
kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka daʼvat qildilar. Аyniqsa, Birinchi
Prezident Islom Karimovning bo‘layotgan voqealarga munosabati barchani
qanoatlantirdi, uning xalqqa suyangani, u bilan dardlashgani xalq bilan hukumat
o‘rtasida sog‘lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
Hindiston safaridan qaytgan O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov 19-
avgust kuni kechqurun Toshkent shahrining faollari bilan bo‘lgan uchrashuvda
O‘zbekiston nuqtayi nazarini maʼlum
qildi va Markazdan bildirilgan, qonunga
xilof bo‘lgan har qanday ko‘rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan
bajarilishini man etdi. 20-avgustda O‘zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va
O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika
rahbarlari ishtirokida qo‘shma majlisi bo‘ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga
kelgan vaziyat muhokama qilinib, O‘zbekistonning mustaqillikka erishish yo‘li
o‘zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O‘zbekiston Mustaqillik
Deklaratsiya qoidalarini amalga oshirish yo‘lida boraveradi, deb ko‘rsatildi. O‘sha
kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat
bilan chiqib, O‘zbekistonning mustaqilligiga erishish yo‘li qatʼiy ekanligini yana
bir bor alohida uqtirdi.
Shunday og‘ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga
ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash
sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni
talab qildi. Respublika Oliy Kengashi 1991-yil 26-avgust kuni O‘zbekiston davlat
mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31-avgustda Oliy
Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
44
1991-yilning 31-avgustida O‘zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri
boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi
“O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qilish to‘g‘risida” Qaror
qabul qildi, tegishli bayonot bilan chiqdi va “O‘zbekiston
Respublikasi davlat
mustaqilligining asoslari to‘g‘risida”gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal
bo‘lgan bu hujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi: u o‘z taqdirini o‘zi
hal qiladigan bo‘ldi.
O‘z yeridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan
yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch-qudratning to‘la huquqli
egasiga aylandi.
Buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-
odatlari va insonparvar anʼanalarining davomchisi, porloq kelajagining mustaqil
ijodkori bo‘ldi.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini eʼlon qilish
to‘g‘risida”gi Qarorda “1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni
deb belgilansin va 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb eʼlon
qilinsin”, – deb qatʼiy belgilab qo‘yildi.
Dostları ilə paylaş: