Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan


-MAVZU. MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/78
tarix19.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#186378
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78
ALFRAGANUS DARSLIK 2023

3-MAVZU. MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL 
TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI. 
 
Reja: 
1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. 
O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. 
2. 
Siyosiy tizimdagi o‘zgarishlar. Mustaqillikning eʼlon qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. 
3. 
I.Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanishi.
 
1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi. 
XX asrning 80-yillari sobiq sovet davlatida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va 
maʼnaviy jihatdan yaqqol tunazzul holati yuzaga kelib qolgan davr edi. “Qayta 
qurish” 
siyosati 
barbod 
bo‘lishi, 
maʼmuriy-buyrukbozlikka asoslangan, 
mulkchilikning turli shakllari raqobat asosida saqlanishni inkor etgan mavhum 
siyosiy, sinfiy, umumiy manfaatlarni milliy manfaatlardan ustun qo‘ygan, yagona 
partiya ish hukmronligiga tayangan mustabid tuzum butunlay istiqbolsiz ekanini 
amalda yana bir bor ko‘rsatgan edi. Bu vaqtda O‘zbekiston iqtisodiy hayoti juda 
og‘ir ahvolda, xususan, sanoatning bir yoqlama rivojlanib, “paxta” sanoat 
kompleksiga moslashishi, ekologik ahvolning og‘irlashib, onalar va bolalar 
o‘limining oshib ketishi, millatlararo munosabatlarda ziddiyatli holatlar yuzaga 
kelib, milliy mojarolar yanada kuchayib, milliy urf-odatlar, qadriyatlar taʼqib 
ostida qolishi respublikani tang ahvolga solib qo‘ygan edi. 
1989-yil sentabrda KPSS MQning navbatdagi plenumida ham I.А.Karimov 
respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tang vaziyatga tushib qolganligini alohida 
taʼkidlab o‘tadi. Biroq markaz respublikalar milliy manfaatlarini o‘ylashdan yiroq 
edi. Respublikada sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar avvallari 
markazning qanchalik eʼtiboridan chetda qolgan bo‘lsa endilikda ham uni 
mamlakatda iqtisodiy inqirozlar kuchayib turgan vaqtda bu hol umuman 
qiziqtirmas edi. Shuningdek, O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish asta-sekin so‘na 
bordi. Masalan, 1987-yilda O‘zbekistonda milliy daromad kishi boshiga 1985-
yildagiga nisbatan 94,5 %ni tashkil qildi. Ijtimoiy mehnat unumdorligi 1986-1990-
yillarda biron marta ham 1985-yildagi darajaga yetib bormadi. Bu davrlarda sanoat 
va qishloq xo‘jaligining bir qancha sohalari nafaqat kishi boshiga, balki mutlaq 
miqdori ham kamayib ketdi. Po‘lat, traktor, paxta terish mashinalari, ekskavator, 
ko‘prikli kran, qog‘oz, paxta tolasi, shohi gazlama, go‘sht ishlab chiqarish miqdori 
ancha kamaydi. Qishloq xo‘jaligida ham paxta va sabzavot turlarining hosildorligi 
pasaydi. Аholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, o‘rtacha ish haqi to‘lash va boshqa 
ijtimoiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston Rossiyadan deyarli ikki barobar 
orqada qola boshladi. Buning asosiy sababi – bu yillarda har bir viloyat bo‘yicha 
aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan ishni to‘g‘ri tashkil etish, ishlab chiqarish 
quvvatlarini rekonstruksiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo‘shimcha 
xom ashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to‘g‘risida amaliy 


47 
tadbirlar bo‘lmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy 
ijtimoiy muammo – bu aholi o‘rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o‘sib 
borishi edi. Mamlakatimiz rahbari o‘sha davrda vujudga kelgan ahvoldan chiqish 
yo‘li sifatida quyidagilarni belgilab berdi: 
a) ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni 
sog‘lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish; 
b) hayotning barcha sohalarida qatʼiy tartib va intizom o‘rnatish, rahbar 
kadrlarni joy-joyiga to‘g‘ri qo‘yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish. 
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda harbiy xizmatchilar bilan 
olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarida mustaqillikkacha 
bo‘lgan davr bilan bog‘liq bo‘lgan tarixiy jarayonlarni falsafiy-mantiqiy tushunish, 
istiqlol tarixini anglash, tarixiy-siyosiy voqelik va hodisalarga tahliliy yondashish, 
ularning bosqichma-bosqich kurashlar evaziga qo‘lga kiritilganini idrok etish 
masalalarga chuqur yondashish zarur edi. 
Respublikadagi vaziyatni yaxshi tushungan O‘zbekiston rahbari tashabbusi 
bilan 1989-yil 17-avgustda “Qishloqda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan 
taʼminlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha sharoitlarni yaratib 
berish haqida” qaror qabul qilindi. Mazkur qaror qabul qilinganidan so‘ng o‘tgan 
bir yil mobaynida 60 mingdan ziyod oilaga yer uchastkalari ajratib berildi. 
Respublikada mavjud bo‘lgan tomorqalar butun ekin maydonlarining 5 foizini 
tashkil etgan, jami 200 ming gektar yerni tashkil etdi. Аyni paytda bu yerlarning 
har gektaridan ko‘plab daromad olindi. 
Yer uchastkalari yiriklashtirilgan holda dehqon shaxsiy yordamchi 
xo‘jalikda yetishtirilgan mahsulotning oilasidan ortgan qismini bozorga chiqarish 
imkoniga ham ega bo‘ldi. Natijada mayda tovar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yila 
boshladi. Bunday yordamchi xo‘jaliklar bozor munosabatlarini rivojlantirish, oziq-
ovqat mahsulotlarini yetishtirishga muayyan hissa qo‘sha boshladilar.
Bu harakatlar zamirida mustaqil tiklanish, milliy davlatchilikni tuzish uchun 
harakatlarni sezish mumkin edi. 1989-yilning oxirlariga kelib o‘zbek tiliga ham 
Davlat tili maqomini berish uchun olib borilgan harakatlar milliy davlatchilikni 
rivojlantirishning bir yo‘li edi. O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish harakatlari 
1988-yildan boshlangan bo‘lsada, hali-hanuz bir qarorga kelishning imkoni yo‘q, 
matbuotda esa bu haqida turli qarashlar va fikrlar bildirilar, aniq bir natija 
belgilashning imkoni bo‘lmas, markazniig taʼsiri ham kuchli edi. Respublikada 
rahbarlikni boshlagan I.А.Karimov alohida komissiya tuzish haqida ko‘rsatma 
beradi. Ushbu komissiya xalq fikrini o‘rganib, o‘zbek tiliga davlat tili maqomini 
beruvchi qonun loyihasini tayyorlashi kerak edi. Yangi tuzilgan komissiya 
tarkibiga norasmiy tashkilotlarning vakillari ham kiritilgan edi. Loyiha muhokama 
qilinayotgan to‘rt oy davomida komissiyaga jami to‘rt mingga yaqin maktub kelib 
tushdi, bu xatlarga jami 150 mingdan ortiq kishi imzo chekkan edi. 
Milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bu takliflar o‘rganib chiqildi va 
tezda qonun loyihasining yangi uch varianti yuzaga keldi. Bular komissiya 
loyihasi, yozuvchilar uyushmasi tuzgan loyiha, norasmiy tashkilotlar vakillari 
tuzgan loyihalardan iborat edi. Barcha loyihalar ochiq, xolis muhokama etildi va 


48 
ularni o‘rganish, umumlashtirish asosida yangi loyiha tayyorlanib, u 1989-yil 11-
oktabr kuni matbuotda eʼlon qilindi. Loyiha umumxalq muhokamasidan so‘ng 
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabrda bo‘lgan 11-sessiyasida 
“O‘zbekiston SSRning Davlat tili haqida” Qonuni qabul qilindi. Shundan so‘ng 
davlat tilini izchil takomillashtirish maqsadida keng harakatlar boshlandi. Qonunda 
belgilanganidek, Respublikada qonun loyihasini amalga oshirish bilan bog‘liq 
bo‘lgan tadbirlar aniq belgilangan holda faqat rahbar xodimlargina emas, balki turli 
millat vakillari bilan muntazam aloqada bo‘luvchi kishilar, huquqni himoya 
qiluvchi tashkilotlar, ijtimoiy taʼminot, xalq maorifi, madaniyat va sog‘liqni 
saqlash, savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish, aloqa, transport, kommunal xo‘jalik, 
ommaviy axborot vositalari xodimlari, o‘z vazifalarini bajarishi uchun yetarli 
darajada davlat tilini bilishlari kerakligi taʼkidlangandi. 
Taʼkidlash lozimki, O‘zbekiston rahbariyati o‘zbek tilini davlat tili 
darajasiga ko‘tarishda respublikada istiqomat qiladigan boshqa xalqlarning milliy 
manfaatlarini ham hisobga oldi. Davlat tili haqidagi qonunda o‘zbek tilining davlat 
tili sifatida rivojlanishi boshqa milliy tillarning manfaatlariga zid kelmasligi 
belgilangan edi. Qonunga respublikada yashovchi barcha xalq va millat vakillari 
teng huquqli ekanini ko‘rsatuvchi modda ham kiritildi.
Bunday yondashuv asosida 1995-yil 24-avgustda “O‘zbek tilining asosiy 
imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori eʼlon qilindi. 
Bu qaror Davlat tili haqidagi Qonunni to‘ldirdi. Shundan so‘ng respublikadagi 
rusiyzabon aholining davlat tilini egallashlari uchun yanada ko‘proq imkoniyat 
yaratish, shu munosabat bilan maktablar, maktabgacha taʼlim, maktabdan tashqari 
muassasalardagi o‘zbek taʼlimini yanada yaxshilash, takomillashtirish, ular uchun 
yangi dastur, darslik hamda boshqa o‘quv qo‘llanmalarini yaratish, davlat tilini 
jadallashtirib o‘rgatishning zarur uslubiyotini tezkorlik bilan ishlab chiqish, bu 
muhim tadbirda ana shu soha mutaxassislarining keng va faol ishtirokini 
taʼminlash maqsadida bir qator vazifalar ham amalga oshirildi. Shuningdek, 
harbiy, diniy va boshqa sohalarda kerakli til belgilanishiga urg‘u berildi.
O‘zbek tilining ijtimoiy-siyosiy va ilmiy-texnikaviy atamalarini tartibga 
keltirish va takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Ministrlar Soveti huzurida 
maxsus Аtamalar qo‘mitasi tashkil etildi. Bu qo‘mita oldiga tegishli vazifalar 
qo‘yildi. Qo‘mita dastlabki vaqtdan boshlab matbuotda berilgan, radio va 
teleko‘rsatuvlarda qo‘llangan atamalarni, 15 ta vazirlik, qo‘mita va idoralardan 
kelgan, shu idoralarga taаlluqli atama va nomlanishlarni to‘plab, muhokama etdi.
Umuman, 1989-yilda qabul qilingan davlat tili haqidagi qonun ayrim 
kamchiliklardan holi bo‘lmasa-da, biroq bu qonunning murakkab ijtimoiy-iqtisodiy 
sharoitda qabul qilinganini hisobga olsak, bunday kamchiliklarning sabablarini 
tushunib olish qiyin emas edi. Mazkur qonun xalq madaniy merosi, milliy 
qadriyatlarini o‘rganish, tarixiy xotirani tiklash, shu asosda milliy ong, ruhiyat 
mustahkamligi, ijtimoiy faollik kuchayishiga ham yo‘l ochib berdi. Shu maʼnoda 
milliy tillarga davlat maqomi berilishi sotsialistik tuzumga qarshi olib borilayotgan 
mustaqillik yo‘lidagi harakatlarning kuchayishiga ham ijobiy taʼsir etdi. Davlat tili 
haqidagi qonun milliy o‘zlikni anglash, milliy davlatchilikni tiklash yo‘lida 


49 
respublikadagi yana bir tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan muhim siyosiy qadam 
bo‘ldi va milliy mustaqillikning maʼnaviy poydevoriga asos bo‘ldi. O‘z-o‘zidan, 
ushbu Qonun o‘zbek xalqining mavqeyini tiklashga, uning ijtimoiy hayotning 
barcha sohalarida to‘la amal qilishiga katta imkon yaratdi. 
1990-yil 31-oktabrga kelib Oliy Sovetning 12-chaqiriq uchinchi sessiyasida 
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti tavsiyasi bilan respublika prokurorining ittifoq 
prokuroriga qaramligiga barham berish va bu tizimning mustaqilligini 
mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston Prokurori Respublika oliy organi 
tomonidan tayinlandi. Umuman, 1990-yilga kelib sovet davlatining hukmronligi 
inqirozga uchrayotgan, ittifoqdosh respublikalar o‘z milliy mustaqilligi uchun keng 
harakatlarni olib borayotgan davrlar bo‘ldi. O‘zbekistonning yangi rahbariyati ham 
mustabid tuzum uchun butkul yot bo‘lgan yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy 
o‘zgarishlar bilan maydonga chiqdi. Аynan mana shu davr respublikaning 
mustaqillik sari yo‘l olishi bilan ifodalandi. O‘zbekistonning Birinchi rahbari 
I.А.Karimov boshchiligida boshlangan bu yo‘l tarixiy-maʼnaviy tiklanish, markaz 
tomonidan olib borilgan qatag‘onlik siyosatiga chek qo‘yish, o‘zbek xalqi shaʼnini 
himoya qilish, iqtisodiy tanazzul holatini cheklash, ichki bozorni himoyalash, 
butkul yangi ijtimoiy himoya siyosatini olib borish, markaz taʼsirini kamaytirish va 
boshqa keng qamrovli tadbirlardan iborat bo‘ldi. 
1990-yil bahorida Islom Karimov “Gorbachyovcha qayta qurish” boshi berk 
ko‘chaga kirib qolganini anglab yetdi. O‘sha vaqtda SSSR siyosatchilari orasida 
bunday odamlar kamdan-kam edi. Rossiyada va boshqa ittifoqdosh respublikalarda 
tobora kuchayib borayotgan tartibsizliklar O‘zbekistonda ham yuz bermasligi 
uchun qatʼiy choralar ko‘rish kerak edi. O‘zbekistonda hokimiyatning ozgina 
zaiflashuvi ham respublikada millatlararo nizolar yangidan boshlanishiga, ijtimoiy 
portlashlarga olib kelishi mumkin edi. 
Lekin baribir vujudga kelgan inqiroziy holatni to‘xtatib bo‘lmas edi. Shu 
sababdan ham davlat yemirilishidan jiddiy xavotirga tushgan sobiq ittifoq 
rahbariyati 
1990-yilning 
kuzida 
markaz 
va 
respublikalar 
o‘rtasidagi 
munosabatlarni yangi holatga o‘tkazish maqsadida muzokara jarayonini 
boshlashga majbur bo‘ldi. 
1990-yil oxirlariga kelib Boltiqbo‘yi mamlakatlari mustaqillik to‘g‘risidagi 
talablarni SSSR Oliy Kengashi majlisi va xalq deputatlari quriltoyiga ko‘ndalang 
qilib qo‘yganlaridan so‘ng Prezident M.Gorbachev bir guruhni deputatlar va 
rahbarlar bilan vaziyatni o‘rganish, aniqrog‘i, tazyiq qilish, taʼsirini o‘tkazish 
maqsadida Boltiqbo‘yiga bordi. Guruh tarkibida O‘zbekiston Prezidenti I.Karimov 
ham bor edi. U yerda I.Karimov haqiqat bilan yuzma-yuz keldi va shunda juda 
katta qatʼiyat va favqulodda jurʼat bilan munosabatini bildirdi. Komissiya ishini 
yakunlamasdanoq Gorbachevni ham, uning manfaatlarini qo‘llab-quvvatlovchi 
guruhni ham tashlab, tezda orqaga qaytdi. Bu bilan u Boltiqbo‘yi xalqlarinining 
talablari qonuniy ekanligi, mustaqillik SSSR tarkibidan chiqish-tarixiy haqiqat, 
inson haq-huquqlarinining tantanasi ekanligini oshkora namoyon qildi. Haqiqatdan 
ham ittifoq tarkibida turib hech qanday milliy ravnaq, maʼnaviy taraqqiyot 
to‘g‘risida gap bo‘lishi ham mumkin emas edi. 1991-yil avgust oyiga kelib butun 


50 
mamlakatda voqealar shu darajada chuvalashib ketdiki, uning yechimini topish 
o‘ta mushkul bo‘lib qoldi. Shu vaziyatdan foydalanib 19-21-avgust kunlari 
Moskvada davlat to‘ntarishi qilishga urinib ko‘rildi. Favqullodda holat davlat 
qo‘mitasi tuzilib, SSSR Prezidenti M.Gorbachev zo‘ravonlik bilan vazifasidan 
chetlashtirildi. Shu sababli Gorbachev va uning atrofidagilar norozi bo‘lishiga va 
qarshilik 
ko‘rsatishiga 
qaramay, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
respublika 
Prezidentligini joriy etdi.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin