53
I.А.Karimov va “Erk” Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov (Muhammad
Solih) nomzodi qo‘yildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlarni, 11 mln
nusxadagi Prezident sayloviga doir byulletenlarni
markazlashtirilgan tartibda
tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari ular bilan o‘z vaqtida
taʼminlandi. Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi kompaniyasida, ularning
saylovchilar bilan uchrashuvlarida va o‘z dasturlarini ommaviy axborot
vositalarida eʼlon qilishlariga keng sharoit yaratildi. Saylovchilarning ro‘yxatlarini
tuzish, binolarni ovoz berish uchun jihozlash ishlari amalga oshirildi.
Prezident
saylovi jarayonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotini taʼsis etgan
mustaqil mamlakatlardan, Аmerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Malayziya va
boshqa
davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar qatnashdi. Ular
O‘zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil etilganligini tasdiqladilar.
Saylovlar yakuniga ko‘ra, 8 million 514 ming 136 kishi yoki ovoz berishda
qatnashganlarning (86 %) I.Karimov nomzodini, 1 million 220 ming saylovchi
(12,3 %) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov
komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning
35-moddasiga asoslanib Islom Аbdug‘aniyevich Karimovni 1991-yil 29-dekabrdan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan
deb hisoblashga qaror
qildi. I.Karimov O‘zbekiston Kengashining 1992-yil 4-yanvarda bo‘lgan
navbatdan tashqari IX sessiyasida qasamyod qildi. 1995-yil 26-martda umumxalq
ovozi (referendumi) bilan I.Karimovning Prezidentlik vakolati 1997-yildan 2000-
yilgacha uzaytirildi. O‘tkazilgan referendum mamlakat hayotida katta siyosiy-
ijtimoiy ahamiyat kasb etdi. Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-
yilgacha uzaytirish masalasi bo‘yicha umumxalq referendumi bo‘lib o‘tdi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddatini 1997-yildan 2000-
yilgacha uzaytirishga siz rozimisiz?” degan savolga 11 mln 199 ming 415 kishi
yoki ovoz berishda qatnashganlarning 99,6 foizi ijobiy javob berdi. Referendum
natijalari Markaziy saylov komissiyasi qarori hamda O‘zbekiston
Respublikasi
Oliy Majlisining tegishli qarori bilan mustahkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining 1999-yil 19-20-avgust kunlari bo‘lib o‘tgan XI sessiyasi 2000-yil
9-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga qaror qildi.
Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston “Fidokorlar” milliy demokratik partiyasi
nomzodi Islom Аbdug‘aniyevich Karimovni hamda O‘zbekiston xalq demokratik
Dostları ilə paylaş: