Mavzu. Proyeksiyalash usullari. Aksonometrik proyeksiyalar Tayanch iboralar



Yüklə 13,92 Kb.
səhifə1/5
tarix24.12.2023
ölçüsü13,92 Kb.
#192174
  1   2   3   4   5
3.2 slayd


Mavzu. Proyeksiyalash usullari. Aksonometrik proyeksiyalar
Tayanch iboralar: Chizma geometriya, fazo, proyeksiyalovchi nur, proyeksiyalash tekisligi, proyeksiyalash usuli, markaziy va parallel proyeksiyalash, orthogonal, epyur, oktant,umumiy vaziyatdagi chiziq, xususiy vaziyatdagi chiziq, frotal chiziq, gorizontal chiziq, profil chiziq, proyeksiyalovchi chiziqlar, aksonometriya, aksonometriya o`qlari, to`g`ri burchakli izometrik proyeksiya, to`g`ri burchakli dimetrik proyeksiya,.
  • Markaziy va parallel proyeksiyalash .

  • 2. Nuqtaning optogonal proyeksiyasi va fozoning 8 oktantga bo`linishi.
    3. To`g`ri chiziqning orthogonal proyeksiyasi.
  • Aksonometrik proyeksiyalar. Izometrik va diametrik o'qlar asosida detal yaqqol tasvirini chizish.
  • Foydalanilgan adabiyotlar

Tayyorladi: TJICHAB 126-guruh Unboyev Uchqun
Reja:
  • Markaziy va parallel proyeksiyalash.

  • Chizma geometriya – proyeksiyalash usuliga asoslangan bo‘lib, fazoviy shakllarni ularning bir-biriga bo‘lgan vaziyatlarini va fazoviy yechimlarini tekislikdagi tasvirlari orqali o‘rganadigan fandir. Chizma geometriya boshqa geometriyalardan o‘zining asosan tekislikda tasvirlash usuli bilan farq qiladi. Chizmalar orqali jismlarning fazodagi shaklini tasavvur qilish va o‘lchamlarini aniqlash mumkin. Turli soha muhandislari, dizaynerlar va arxitektorlar o‘zining ijodiy fikrlarini chizmalar yordamida bayon etadilar.
    Chizma geometriya qonunlari asosida faqat bor narsalarni emas, balki tasavvur qilinadigan narsalar bo‘lajak loyihalarni tasvirlash, bu bilan olamshumul yangiliklar yaratish imkonini beradi.
    Chizmalarni hosil qilish asosi proyeksiyalash usulida amalga oshiriladi. Proyeksiyalovchi nurlarning biron tekislik bilan kesishgan nuqtasi orqali «proyeksiyalash usuli» vujudga keladi. Nurlarning yo‘nalishiga qarab ikki xil proyeksiyalash ya’ni markaziy va parallel proyeksiyalash hosil bo‘ladi.
    Markaziy proyeksiyalash. Fazodagi har qanday jism nuqtalardan tashkil topgan shuning uchun proyeksiyalashni nuqtalarning proyeksiyasidan boshlab o‘rganiladi. Markaziy proyeksiyalash apparati asosan proyeksiyalash tekisligi P va unda yotmagan S nuqtadan iborat.
    Agar proyeksiya nurlari bitta S nuqtadan taralsa, markaziy proyeksiyalash deb ataladi (1-rasm). Nur taratuvchi manba (S) dan o‘tuvchi nurlar proyeksiya tekisligi bilan kesishib, fazodagi A, V, C nuqtalarning A1, B1, C1 proyeksiyalarini hosil qiladi. Bunda S nuqta proyeksiya markazi, SA1, SB1, SC1 proyeksiyalovchi nurlar, A1, B1, C1 lar AVC nuqtalarning proyeksiyalari va P esa proyeksiya tekisligi deyiladi.


Yüklə 13,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin