Mavzu. Proyeksiyalash usullari. Aksonometrik proyeksiyalar Tayanch iboralar



Yüklə 13,92 Kb.
səhifə3/5
tarix24.12.2023
ölçüsü13,92 Kb.
#192174
1   2   3   4   5
3.2 slayd

4-rasm
5-rasm
3.To‘g‘ri chiziqning ortogonal proyeksiyasi
Umumiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq proyeksiya tekisliklarining birontasiga ham parallel yoki perpendikulyar bo‘lmaydi (6-a,rasm).
Bunda AV to‘g‘ri chiziqning barcha proyeksiyalari o‘zidan kichkina bo‘lib proyeksiyalanadi. Chunki, to‘g‘ri burchakli MBB' uchburchak hosil bo‘ladi. MV gipotenuza, MB' katetdan katta bo‘ladi ya’ni MV > MB', o‘z navbatida AB>A'B'.
Agar to‘g‘ri chiziq proyeksiya tekisliklaridan biriga parallel yoki perpendikulyar bo‘lsa, xususiy vaziyatdagi to‘g‘ri chiziq deyiladi.
Agar to‘g‘ri chiziq proyeksiya tekisligiga parallel bo‘lsa to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak bo‘lib, qarama karshi tamonlari o‘zaro teng bo‘lib qoladi AV=A'B'. Demak, o‘z haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi (7a,rasm).
7-chizmada berilgan AV to‘g‘ri chiziq, gorizontal chiziq deyiladi, chunki AVN. Agar to‘g‘ri chiziq frontal proyeksiya tekisligiga parallel (CDV) bo‘lsa, frontal chiziq deyiladi (8-rasm).
Bunda to‘g‘ri chiziqning har bir nuqtasi frontal tekislikdan baravar uzoqlikda bo‘ladi, YC=YD. To‘g‘ri chiziqning gorizontal C Dproyeksiyasi Ox o‘qiga parallel bo‘ladi, frontal proyeksiyasi esa haqiqiy kattalikda proyeksiyalanadi,  burchak esa N gorizontal tekislik bilan hosil qilgan burchak chunki, CDS D.Agar to‘g‘ri chiziq profil (W) proyeksiya tekisligiga parallel (MNW ) bo‘lsa, profil chiziq deyiladi (9-rasm).
6-rasm
7-rasm
8-rasm
9-rasm
Bunda MN to‘g‘ri chiziqning barcha nuqtalari W profil tekislikdan baravar uzoqlikda yotadi (9a,rasm). MN to‘g‘ri chiziqning frontal M''N'' proyeksiyasi OZ o‘qiga, gorizontal M'N' proyeksiyasi esa OY o‘qiga parallel (9-b,rasm). Profil proyeksiyasi haqiqiy kattaligida proyeksiyalanadi.
Agar berilgan to‘g‘ri chiziq kesmasi proyeksiya tekisliklaridan biriga perpendikulyar bo‘lsa, proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziq deyiladi. Berilgan AV to‘g‘ri chiziq gorizontal tekislikka perpendikulyar bo‘lsa, gorizontal - proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziq deyiladi (10-a,rasm).
10-rasm
Bunday to‘g‘ri chiziqning frontal AV proyeksiyasi OX o‘qiga perpendikulyar bo‘ladi, gorizontal AV proyeksiyasi esa nuqta bo‘lib proyeksiyalanadi (10-b,rasm).
Xuddi shu kabi frantal tekislikka perpendikulyar bo‘lsa, frontal proyeksiyalovchi (11-rasm), profilga perpendikulyar bo‘lsa, profil proyeksiyalovchi to‘g‘ri chiziqlar deyiladi (12-rasm).

Yüklə 13,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin