1 – ma’ruza kirish. «Chizma geometriya» fani



Yüklə 261,5 Kb.
səhifə1/3
tarix22.09.2023
ölçüsü261,5 Kb.
#147158
  1   2   3
1. Kirish. «Chizma geometriya» fani.

1 – MA’RUZA

Kirish. « Chizma geometriya » fani.

Proekstiyalash metodlari.Monj metodi


Reja:
1. Kirish.
2. “Chizma geometriya” fani.
3. Chizma geometriyada uchraydigan shartli belgilar.
4. Proeksiyalash usullari:
a) Markaziy proeksiyalash.
b) Paralel proeksiyalash .


Chizma geometriya fazoviy geometriyaning maxsus bo`limi bo`lib, umumiy injenerlik fanlari qatoriga kiradi. Chizmalarni chizish, o`qish, chizmachilik asboblaridan foydalanish va qo`lda tasvirlar yasashni o`rgatadigan fan texnikaviy chizmachilik deyiladi.
Chizma geometriya proektsiya qurishni o`rgatuvchi fandir.Chizma geometriyaning asosida uch o`lcham (X, Y, Z) bo`yicha proektsiyalash usuli bor.Chizma geometriya tasviriy san`at va texnikaning ko`pgina masalalarini o`z ichiga oladi.
Chizma geometriya insoniyatning amaliy faoliyayidagi e`htiyog`lari natig`asida vujudga keladi.Qadimgi greklarning tasviriy san`at sohasidagi madaniyati ancha yuksak bo`lishiga qaramay, ularda nazariya hali vuj`udga kelmagan edi. Qadimgi rassomlar va ayniqsa haykaltaroshlar asosan fahm va qobiliyat bilan hamda tajribaga asoslanib ish qilganlar. Geometriyaning rivojlanishi natijasida uyg`onish davrida (XV-XVI asrlarda) tasvirlar chizish nazariyasi vujudga kela boshladi. Bu sohada italyan olimi Leon Battista Albert (1404-1472), italyan rassomi, olimi va muhandisi Leonardo da Vinchi (1452-1519), nemis rassomi va o`ymakori Albrext Dyurer (1471-1528), italyan olimi Gvido Ubaldi(1545-1607) va fransuz me`mori va matematigi Dezarg (1593-1662) asarlari ayniqsa diqqatga sazovordir.
Burjuaziya jamiyatininig paydo bo`lish va taraqqiy qilish davrida sanoatning, to`qimachilik korхonalari va bug` texnikasining rivojlanishi natigasida muhandislik tajribasida va yirik inshoatlar barpo qilishda mashinasozlik tipidagi ancha kichik obуektlar barpo qilishga o`tildi.
Tasvirning o`zida o`lchash va har-xil konstruktiv masalalarni уechish imkonini beradigan aniq chizmalarga bo`lgan ehtiyojlarni vujudga kelishi, hozirgi zamon mashinasozlik chizmalari tipidagi maxsus chizmalarni kelib chiqishiga sabab bo`ldi. Bunday chizmalar yasash nazariyasi chizma geometriyaining to`g`ri burchakli(ortogonal) proektsiyalar bo`limida bayon etiladi.
Chizma geometriya o`quv fani sifatida birinchi marta fransuz olimi Gaspar Monjning 1798 yilda nashr etilgan «Geometriy descriptive» degan asari natijasida vujudga keldi. Monj o`zining bu asarida fan va texnikaning taraqqiy qilishi natijasida dunyodagi bir qator mamlakatlarda ortogonal proektsiyalar bo`yicha orttirilgan ayrim qoida va usullarni ilmiy sistemaga soldi hamda har taraflama ishlab chiqdi.
Shuning uchun chizma geometriya kursida otrogonal proektsiyalar metodi Monj metodi deb ataladi.
Chizma geometriya fani Monj zamonasidan boshlab, barcha mamlakatlardagi texnik maktablarda o`qitila boshlandi.
Chizma geometriya Rossiyada 1810 yildan boshlab, endigina tashkil etilgan Peterburf yo`llar injenerlari korpusi institutida o`qitildi. Dastlabki vaqtda bu institutda Chizma geometriyadan Monjning shogirdlari Fabr va Pote dars berdilar. Darslar fransuz tilida olib borildi.
1814 yilda shu institutni bitirgan Yakov Aleksandrovich Sevastyanov
(1796-1849) chizma geometriyadan repititor qilib tayinlandi. Sevastyanov 1818 yilda rus tilida mustaqil leksiya o`qiy boshladi va 1821 yilda bu fandan rus tilida «Chizma geometriya darslari asoslari» degan birinchi original darslik nashir ettirdi.
Rossiyada chizma geometriya o`qitish metodlarining rivojlanishiga professorlardan Nikolay Ivanovich Makarov (1824-1904) va Valerian Ivanovich Kurdyumov (1853-1904)ning ilmiy pedagogik faoliyatlari katta ta`sir qildi.
Chizma geometriyainig nazariy asoslarini o`sishi Evgraf Stepanovich Fedorov(1853-1919), Nikolay Aleksуevich Rening(1877-1942), Nil Aleksandrovich Vlagolov (1888-1945), Aleksandr Ivanovich Dobriyaruxin (1895-1947), Nikolay Fedorovich Chetveruxin(1891-1974) va boshqalarning asarlarida aks ettirildi. «Chizma geometriya «faniga o`zbek olimlaridan Yu. Qirg`izboуev, R. Xorunov, Sh. Murodov, Sobitovlar katta hissa qo`shgan.
Chizma geometriya fanini yaratgan frantsuz olimi va muhandisi Gospar Monjning ta`biri bilan aytganda, chizma dunyodagi barcha millatlar uchun tushunarli til, ya`ni texnika tilidir. Chizma geometriya mashhur olimi V.I.Kurdyumovning ta`rificha «texnika tilining gramatikasi»dir.
Narsaning qog`ozdagi har qanday tasviri ham shu narsaning geometrik shakli to`g`risida aniq tasavvur beravermaydi. Narsaning geometrik shakli to`g`risida aniq tasavvur olish uchun uning tasviri (chizmasi) tekislikdagi (o`zgargan) shaklidan fazodagi haqiqiy shakliga o`tish imkonini beruvchi ma`lum geometrik qoidalar asosida yasalgan bo`lishi lozim.
Fazoviy narsaning tekislikdagi ana shunday geometrik tasviri proektsiyalar metodi yordami bilan chiziladi.
Chizma geometriya kursidan ko`zda tutiladigan maqsad quyidagilardir:
1. Fazoviy shakllarni(narsalarni) tekislikda proektsiyalash metodi bilan tasvirlash nazariyasini va tasvirlar yasashni o`rgatish.
2. Bu tasvirlarni(chizmalarni) o`qishni o`rgatish.
3. Fazoviy shakllarga oid konstruktiv va metrik masalalarni shu shakllar ning tekislikdagi tasvirlarida yasash yo`li bilan уechish usullarini o`rgatish.
4. Talabaning fazoviy tasavvurini o`stirish.



Yüklə 261,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin