Mashinalarni loyixalash asoslari



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/17
tarix18.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#99901
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
163578 (1)



TOSHKENT AVTOMOBIL - YO’LLAR INSTITUTI 
 
“MASHINALARNI LOYIXALASH ASOSLARI” kafedrasi 
 
 
 
 
 
“Materialshunoslik va KMT” fanidan 
 ma’ruzalar matni
(Materialshunoslik qismi) 
(Bakalavrlar uchun) 
 
 
 
Ishchi dastur bo’yicha soatlarni taqsimlanishi: 
Ma’ruzalar 
18 soat 
Laboratoriya ishlari 36 soat 
Jami
54 soat 
 
 
 
 
 
Kafedrada tasdiqlangan 23 avgust 2010 yil 
Majlis bayoni №1. 


“Materialshunoslikdan” ma’ruzalar matni bakalavrlar uchun mavjud dastur 
asosida yozilgan bo’lib, u metall, metallmas va kompozizion materiallarga oid 
ma’lumotlarni o’z ichiga olgan. 
Unda materiallarning xossalari, tuzilishi va ishlatilish xususiyatlari imkoni 
boricha to’liq yoritishga xarakat qilindi. 
Ushbu ma’ruzalar matni “TVIT”, “YUTT” va “KT TVIT/YUTT” 
yo’nalishida ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun mo’ljallangan. 
Tuzuvchi: 
Kafedra mudiri: prof. SH.P. Alimuxamedov 
Fakultet ilmiy uslubiy kengashi tomonidan ma’qullangan (bayonnoma №1 «___» 
_________ 20__y.) 
Kengash raisi:


1-ma'ruza:
 
Metallarniig kristal tuzilishi va kristallanish nazariyasi. 
Ma'ruzaning rejasi: 
1. A) Kirish. Materialshunoslik fani nimani o`rgatadi? Fan to`g`risida qisqacha tarixiy 
materiallar. Fanni o`rganish qanday metodlarga asoslangan? 
B) Kristallarning xossalari va tuzilishi to`g`risida qisqacha ma'lumot kristall va amorf jismlar.
Struktura nima? (Strukturani aniqlashda makroskopik va mikroskopik struktura, atom 
tartibidagi strukturani aniqlashda rentgen nuri va elektropografiya va neytropografiya metodlari). 
2. A) Kristall panjara to`g`risida tushuncha. 
B) Anizatropiya va uning ahamiyati. 
V) Metall kristal tuzilishining turlari. 
3. Kristallanish jarayonining sharoiti mexanizmi va qonuniyati. Birlamchi kristallanishning ikki
turi. O`z-o`zidan kristallanish va o`z-o`zidan bo`lmagan, tayyor kristallar markazi orqali
kristallanish. 
4. Kristallarning formalari. Metal quymasining tuzilishi. 
5. Qattiq xolda kristallanish yoki ikkilamchi kristallanish. 
6. Metallarning allotropiyasi yoki polimorfizm. 
7. Kristall murakkab fazalarining tuzilishi va xossalari. 
Tayanch so`zlar va iboralar. 
Materialning tarkibi, metall, 1968 yil, amorf jism, struktura, makrostruktura, likvasiya,
mikrostruktura, kristall panjara, panjara parametrlari, zichlik, kristall panjara turlari,
molekulyar bog`lanish. kovoleit bog`lanish, metall bog`lanish, ion bog`lanish. 
Kirish: 
Texnika materiallarining tuzilishi va uning xossalari to`g`risidagi amaliy ilmga
materialshunoslik deb ataladi. Bu ilmning asosiy masalalari materialning tartibi bilan uning
strukturasi va xossalari orasida bog`lanish o`rnatishdan iborat deb tushunmoq kerak. 
Materialning tarkibi deb - shu material qanday kimyoviy elementlardan tuzilishi va shu
elementlar miqdori qanday va ular qay bog`lanishda ekanligi tushuniladi. Shuni aytish kerakki 
jism birgina kimyoviy elementdan tashkil topishi texnikada juda kam uchraydigan holdir. Juda 
ko`pchilik texnikaviy materiallar bir necha kimyoviy elementlardan tuzilgan bo`lib, ular 
ko`pincha bir-birlari bilan bog`langan xolda bo`ladi. 
Texnikada qo`llaniladigan ko`pchilik metall va metallmas materiallar kristallik tuzilishiga 
ega. Bunday hol hamma texnika materiallarni bir nuqtai nazardan, bir vaziyatdan yani atomlar 
orasidagi bog`lanishlarning tabiatiga qarab kristall struktura va uning xossalarini o`rganish 
mumkin bo`ladi. Demak bir tomondan tarkib bilan kristall struktura orasidagi bog`lanish, 
ikkinchi tarafdagi material xossalari bilan struktura orasidagi bog`lanishlarni o`rganishi material 
xossalarini yaxshilashgagina olib kelmay, balki ana shu metod asosida prinsip jihatdan yangi 
materiallarni yaratish asosi bo`lishi ham mumkin. Texnikada progress va taraqqiyot material 
xossalarini yaxshilashga va yangi materiallarni yaratishni taqazo etadi. 
Materiallardagi qayta ishlashning yangi metodlarini yaratish, ishlash sharoiti ratsional 
ravishda mos keladigan materialni tanlash oqibati natijasida buyurtmalar qiymatini 
kamaytiribgina qolmay, balki ishlab chiqarish unumdorligiga ham oshiradi. 
Fanni rivojlantirishga rus olimlari juda katta qissa qo`shdilar. 
Ilmiy materialshunoslikka asos solgan kishi D.K.Chernovdir (1839-1921y.). Uning 
metallar polimorfizmi to`g`risidagi kashfiyoti butun dunyoga tanilgan bo`lib, materiallarni 
kristallik tuzilishi va o`sishi haqidagi nazariyaga birinchi bo`lib asos soldi. N.S.Kurnakov (1860-
1941y.) metall kristall tuzilishini fizika-kimyoviy usulda topish metodlarini oshkor etdi va metall
qotishmalardagi murakkab kristall fazalarini klassifikatsiyasini yaratdi.
G.V. Kurdyumov, A.A. Bochvar va boshqa juda ko`p olimlar metallardagi faza o`zgarish 
kinematikasi va mexanizmlari asoslarini yaratdilar. 


A.M. Butlerov (1828-1886y.) organik birikmalarni kimyoviy tuzilishi asoslarini yaratdi. 
Bu kashfiyot bir qator yangi sintetik polimer materiallarini yaratishga asos bo`ldi. 
O V. Lebedevning ilmiy ishlari natijasi dunyoda birinchi bo`lib sintetik kauchukni sanoat 
miqdorida ishlab chiqarishga olib keldi. 
V.A. Kargin va uning talablari Polimer materiallarni strukturasi hamda xossalarini 
o`rganishda juda katta ish qildilar. Ana shu ishlarini davom ettirib, hozirgi paytda V.A. Beliy va 
uning talabalari yangidan-yangi perspektin metallopolimer materiallarni yaratish asoslarini 
ishlab chiqarmoqdalar. 

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin