Mashinalarni loyixalash asoslari



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/17
tarix18.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#99901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
163578 (1)

Kristallning xossalari va tuzilishi. 
Tabiatda hamma qattiq jismlar ikki xil tuzilishga, ya'ni kristall yoki amorf holida bo`ladi. 
Kristall va amorf jismlar bir-biridan beqaror farq qiladi. 
Kristall jismlar qizdirganda o`z shakllarini o`zgartirmaydi, ya'ni qattiq holatini saqlab 
qoladi 
(albatta ma'lum bir qaroratgacha). Ana shu qizdirilganda jismni yana ham qizdirishda davom 
etaversak u agregat holatini o`zgartiradi, ya`ni suyuqlikka aylanadi. Ana shu agregat holatini 
o`zgartirish protsessi ma'lum bir vaqt birligi ichida o`zgarmas haroratda yuz beradi. Jism 
sovutilganda esa xuddi shunday protsess teskari tomonga qaytariladi. 
Fanda jismning bir agregat holatidan ikkinchi bir agregat holatiga (sovutish yoki isitish) 
o`tish o`zgarmas haroratda yuz bersa, bunga izotermik o`zgarish deb ataladi. Demak, kristall 
jismlar qizdirilganda juda katta harorat intervalida yumshaydi, ya'ni qattiqligini o`zgartiradi, 
so`ngra sekin asta suyuq holatga o`tadi. Sovutilganda esa xuddi shunday protsess teskari tomoni 
qaytariladi. Demak amorf jismlar kristall jismga qaraganda termodinamik potensiali kamroq va
beqarorliroqdir. 
Kristall jismlar elementar zarrachalar tartibli joylashgan bo`ladi (ionlar, atomlar, 
molekulalar). Ana shu geometrik faktorlar kristall jismlarga anizotropik xossasini beradi, ya'ni 
jismga qo`yilgan kuch yo`nalishiga qarab uning xossalarida farq bo`ladi. Ana shu geometrik 
faktor jismda siljish yuzalarini mavjudligiga olib keladi, ya'ni deformatsiya paytida jism o`z 
shaklini ana shu siljish yuzlari orqali o`zgartiradi. 
Kristall jism atomlari elektronlardan tuzilganligi unda o`zaro atom bog`lanishni 
xarakterlaydi va jismda elektr, issiqlik magniy va optik xossalariga ega bo`lishiga olib keladi, na 
parlanish haroratini va kengayishi koeffitsientiga, atom diametriga, elastiklik moduliga bog`liq 
bo`ladi. Juda ko`p mexanik va fizik xossalar strukturaga bog`liq bo`ladi. 
Struktura tushuncha juda keng ma'noni beradi. 
1) 
Makrostruktura - buyumning (jismning) butun hajmi bo`yicha bir xil emasligi. Bunday
notekislikni (nuqsonlar) ba'zi bir paytda oddiy ko`z yordamida yoki lupalar yordamida ko`rish
mumkin. Makrostrukturadagi bunday faktorlarni maxsus tayyorlangan (jilvirlangan) va 
makroshlift deb atalmish namunalarda tekshiriladi. Xo`sh jism strukturasini tekshirishda
makrostruktura metodida qanday nuqsonlarni topish mumkin: a) Kimyoviy notekisliklar, ya'ni
jism bir necha kimyoviy elementlardan tashkil topganda, unda elementlarning bir tekis 
joylashmasligi. Bunday nuqsonlarga likvatsiya deb ataladi. Masalan, uglerod likvatsiyasi,
oltingugurt likvatsiyasi va hakazo: b) Mexanik notekisliklar, ya'ni har xil katta-kichik darzlar, 
jism agregat holatidan o`tishda cho`kish, gaz chuqurlari (teshikchalari) va hokazo; v) Fizik
notekisliklar jismning xohlagan bo`lakchasining solishtirma og`irligi o`rtacha solishtirma 
og`irlikdan farq qiladi. Bunday nuqsonni fauktatsiya deb ataladi.
2) 
Mikrostruktura - qattiq jism tartibli joylashgan mayda zarrachalardan tashkil topgan deb
aytgan edik. Ularning o`lchami 10
-8
sm, ya'ni 1 A ga yetishi mumkin. Ana shunday
zarrachalarni mikrostruktura metodi bilan tekshirish mumkin. Bunday zarrachalarni kristall deb 
ataladi. Tekshirish usuli optik yoki elektron mikroskop yordamida olib boriladi. Optik usuli bilan
1000° A (10
-3
sm) o`lchamiga ega bo`lgan zarrachalarini ko`rish mumkin bo`lsa, elektron 
mikroskop usuli bilan 4 A (4x10
-8
sm) gacha bo`lgan zarrachalarni o`lchash mumkin. Aksariyat 
metallarning atom tuzilishini ana shu elektron mikroskop orqali aniqlangan. 
3) 
Mikroskop usulida qattiq jism zarrachalarining joylashish, formasi va o`lchamlarini


aniqlash mumkin. Hamda strukturalarning nisbatan joylashishini aniqlashda mikroskop barobar
hisoblanadi, chunki uning tuzilishi sodda, bajariladigan ish tez va oson bajariladi, ya'ni
natijalarga erishishda unumdorlik ortadi. 
4) 
Struktura ya'ni juda kichik struktura. Bunday strukturada atomlarning o`zaro 
joylashishi, ular orasidagi masofa, atom kristall panjarasining formasi va o`lchamlari o`rnatiladi. 
Bu usul qisqa to`lqinli rentgen nurlarini (10
-8
- 10
-10
sm) yoki elektron yoki neytron to`lqinlari 
jism atomlari bilan to`qnashganda difraksiya hosil bo`lishiga asoslangan. Bu usul bilan atom 
kristall panjaradagi nuqsonlarni ham aniqlashga imkon beradi va boshqa ko`pchilik atom tuzilish 
masalalarini hal qilsa bo`ladi. 
Kristall panjara to`qrisida tushuncha. 
Kristall jismlarning ajoyib xususiyati shundan iboratki, undan elementar zarrachalar 
(ionlar, atomlar, molekulalar) har xil joylashgan bo`lib, ammo ma'lum qonuniyatga ega bo`ladi. 
Demoqchimanki parallel yo`nalishlarda atomlar joylashish tartibi bir xil bo`ladi. 
Agar bir elementar kristallda bir tekislikda yotmagan x,y o`qlarini joylashtirish mumkin 
bo`lsa, u holda shu o`qlar bo`ylab o`lchanganda atomlar orasidagi masofa umumiy holda bir xil 
bo`lmasligi mumkin. Ana shu fazoda yasalgan eng kichik parallelopiped elementar katakcha 
(yacheyka) deb ataladi. Ana shu elementar katakchani fazoda tartib bilan joylashtirib ketaversak, 
kristall panjara hosil bo`ladi. Demak fazoviy kristall panjara jism xossalarini ifodalaydi. 
Elementar kristall katakchani (panjarani) ifodalash uchun 6 ta o`lchami qabul qilishgan uch 
kesma, o`q bo`ylab o`lchami eng yaqin turgan atomlar orasi, ya'ni davr a, b, s va shu o`lchamlar 
nisbatiga qarab elementar kristall yacheyka formasi haqida fikr yuritiladi. Ammo lekin ba'zi bir 
paytda atomlar tugunchalardan tashqari yacheyka o`rtasida yoki yon tomonlarida joylashishlari 
mumkin. Bunday kristall yacheykalarning murakkabligini aniqlash uchun atomlar soni 
tushunchasi kiritilgan, ya'ni har bir elementar yacheykaga to`g`ri keladigan atomlar soni bilan 
xarakterlanadi. MASALAN: 
a) Oddiy yacheyka - har bir yacheykaga 1 ta atom to`g`ri keladi. Chunki har bir atom 8 ta 
shunday yacheykaga umumiy tegishlidir.
b) Markazlashgan kub yacheyka K=(1+1).
Demak sistema (geometrik tartib), davr (yacheyka parametrlari) va har bir elementlar 
zarrachaga to`g`ri keladigan atomlar soni kabi tushunchalar kristalldagi elementar zarrachani 
yetarlicha to`liq xarakterlaydi. Ammo ba'zi paytda qo`shimchn ravishda kristalldagi elementar 
zarrachani xarakterlash uchun yana bir tushuncha, ya'ni elementar kristall panjaraning 
koordinatsion soni tushunchasi kiritilgan. Bu tushuncha asosida sistemada har bir atomdan bir xil 
masofada turgan atom soni turadi. Masalan oddiy kub yacheykasi koordinatsion son K6 ga teng. 
Markazlashgan kub yacheykada esa koordinatsion son K8 ga teng va xokazo. Kristalldagi 
elementar yacheykani xarakterlash uchun yana bir xarakteristikadan foydalaniladi, uni zichlik 
(g`ijlik, to`dalik) koeffisienti (коэффициент компактности).
n - elementar zarracha soni bo`lsa, 
V- shu elementar zarrachaning hajmi. 

elementar zarrachalardan tashkil topgan kristall hajmini ham aniqlash mumkin. Massa 
oddiy kub yacheyka uchun Kzich=0,52 teng bo`lsa, markazlashgan kub yacheyka uchun 
Kzich=0,68, oksonal markazlashgan yacheyka uchun esa K
zich
=0,74 ga teng. Demak 
qolgan bo`shliklar ma'lum bir geometrik figurani tashkil etadi. 



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin