Mashinalarni loyixalash asoslari


To’ldiruvchi va armaturaning tartibsiz (a-г, и), bir o’q yo’nalishida



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/17
tarix18.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#99901
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
163578 (1)

 
To’ldiruvchi va armaturaning tartibsiz (a-г, и), bir o’q yo’nalishida 
(д-з) hamda murakkab (н, л, м) joylashishini tushuntiruvchi chizma: 
 а-kukun, б-kalta tolalar, в-payraxalar, г- kukun bilan kalta tolalar 
аralashmasi, д- kalta tolalar, е-и- uzun tolalar, ж- to’qima va 
yupqa materiallar chiqindisi, з- to’qima va kukun aralashmasi 
 
Polimer qoplamalar haqida polimer va metallarning birikmalaridan hosil bo`lgan
konstruksiyalar. Mashina va mexanizm qismlarining va shu hisobda ishqalanish juftlarining 
asosiy materali metallar hisoblanadi. Metallar yuqori mustahkamlikka, issiqbardoshlikka, yuqori 
issiqlik o`tkazuvchanlikka va shu kabi boshqa qimmatli xususiyatlariga ega. Amalda metallardan 
istalgan konstruksiyadagi mashina va mexanizmlarni tayyorlash mumkin. Lekin metallardan 
mashina qismlarini yasash sermehnatli jarayondir va ko`pincha bu jarayon metall chiqindisiga 
ko`paytirishga olib keladi (masalan, metallarni stanoklarda kesib ishlash jarayonida). 
Metallar, ayniqsa rangli metallar va ularning qotishmalari, qimmatbaho (yoki kamyob) 
kontruksion material hisoblanadi. Shuning uchun hozirgi zamon masshtabida ishlab 
chiqarilayotgan mashina va mexanizmlarida xomashyo yoki materiallarni tejash muhim davlat 
ishiga aylanmoqda. Fikrimizning dalili uchun bir misol keltiramiz: Angliyada mo`ljaldan oldin 
metallardan ishlangan konstruksiyalarning korroziya natijasida yeyilishi har yili 700 million funt 
sterling zarar keltirishi hisoblab chiqilgan. Shunday qilib, yeyilishga yuqori darajada chidamli, 
mustahkam va yengil bo`lgan materiallarni yaratish dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Polimer 
kontruksion materiallar esa, ko`pincha yuqorida ko`rsatilgan talablarni yetarli darajada 
qondiradi. Ularning solishtirma og`irligi metallarga nisbatan 5-8 barobar kam bo`lgan holda,
yetarli darajadagi mustahkamlikka ega va ishqalanish juftlarida metallar bilan birga 
ishlatilganda juda kichkina ishqalanish koeffitsientiga ega bo`lib, bu materiallarni yaxshi
demferlash (tebranishni yutish) xossasiga ega.
Polimerlardan yasalgan mashina va mexanizmlarning tannarxi kam bo`lib, letallarni 
yasashda materiallarni qayta ishlash texnologiyasi sodda va osondir. Ammo, polimerlar
muhim kamchiliklarga ham egadirlar.Masalan, ularning issiqlik o`tkazuvchanligi juda past 
bo`lsa, issiqlik o`tkazuvchanlikgi juda past bo`lsa, issiqlik nurlari ostida tez eskirib mo`rt bo`lib 
qoladilar va h.k. Lekin metall bilan polimer xususiyatlarini solishtiradigan bo`lsak, shuni ko`rish


mumkinki, polimerlarda yuk bo`lgan ko`p xususiyatlari metallarda aniq ifodalangan va aksincha 
metallarda yuk bo`lgan xususiyatlar polimerlarda mavjuddir. Tabiiyki, shuning uchun metallar 
bilan polimerlarni qo`shib birikma hosil qilish maqsadida muvofiq.
Polimer bilan metallarning yaxshi xususiyatlarini o`zida mujassamlashtirgan mashina va 
mexanizm konstruksiyalarini yaratishga bo`lgan imtilish, yangi metallopolimer kontruksion 
materialni yaratishga sabab bo`ldi. Metallar metallopolimer konstruksiyalarida, asosan uning 
mustahkamligini, bikrligini, issiqlik va elektr o`tkazuvshanligini oshirish uchun qo`llanilsa, 
polimerlar esa, shu konstruksiyaga, ishlash sharoitining talabiga muvofiq, spesifik xususiyat 
berish uchun ishlatiladi. Masalan, metall korroziyalarini korroziyadan saqlashda, dekarativ 
ko`rinish berishda, ximik aktiv muhitda ishlashi uchun normal sharoit yaratishda, yeyilishga 
ishlayotgan ishqalanish juftlarida metall yuzasi yupqa polimer qatlami bilan qoplanadi. Bunday 
qoplamalar metall yuzasida poroshok yoki yupqa plyonka holidagi polimerlarni eritishdan hosil 
bo`ladi. Polimerlarni metall yuzasida yupqa qoplama sifatida ishlatishdagi muvafaqqiyatga faqat 
polimer bilan metall o`rtasidagi kerakli darajadagi adgeziyani va butun ish jarayonida uning 
barqarorligini (turg`unligini) ta'minlash konstruksiyaning ishlash qobiliyati va sharoitini 
yaratishning asosiy omillaridan biridir. 
3. Metallopalimer konstruksiyalarina adgeziyali bog`lanishning tabiati. 
Polimerlarning metallarga bo`lgan adgeziyasiga (yopishqoqligiga) mazkur soha olimlarining 
juda ko`p ilmiy ishlari bag`ishlangan. Shunga qaramasdan, hozirgi paytgacha adgeziyanimg 
tabiati noaniq bo`lib qolmoqda. Adgeziyaning yagona nazariyasi yo`qligi uning juda murakkab 
hodisa ekanligiga yaqqol misol bo`lib, u ko`proq fizika, ximiya va mexanika fanlarining 
tutashgan qismiga kiradi. Bu yerda biz hamma adgeziya nazariyalarini qisqa bo`lsa ham bayon l-
ish imkoniyatiga ega bo`lmasakda, shuni ta'kidlashimiz zarurki, mavjud nazariyalar bir-biriga 
qarama-qarshi bo`lmay, ular umumiy problemani to`ldiradi va oydinlashtiradi, qonuniyki, har bir 
nazariya amaliy tekshirishlarda yoki adgeziyali bog`lanishni tashqi kuch ta'siri ostida buzilishini 
kuzatishda qandaydir original bir hodisaga asoslanadi. 
Shunisi ham qiziqki, adgeziyaga bag`ishlangan ilmiy ishlarda bu terminga (adgeziya) 
aniq bir yagona ta'rif berilgan emas. Umuman, "adgeziya" deganda, molekulyar tabiatli, bir-
biriga biriktirilgan ikkita jismning o`rtasida voqelik, jarayon va o`zaro ta'sirining natijasi 
tushiniladi. Masalan, o`zaro bog`lanishda bo`lgan birikmalarning tashqi kuch ta'siridagi 
mustahkamligi yoki ularning o`zaro ta'siridagi potensial xususiyati va x.k. Adgeziyaga bunday 
qarashlar va uning mavjud nazariyalarida asosan bir shugina jarayonning har xil taraflarini 
yoritiladi. Shunga ko`ra, "adgeziya nazariyasi" (elektromagnit, elektrostatik, adsorbsion 
nazariyalar), "adgeziyali bog`lanishni hosil qilish nazariyasi" (mikroreologik nazariya) va 
"adgeziyali bog`lanishning mustahkamligi" nazariyalarini bir-biridan farq qilish maqsadga 
muvofiqdir. Oxirgi fikrimizga asoslanib, masalan, adsorbsion va diffuzion nazariyalarni bitta 
molekulalararo nazariya deb qarash mumkin, chunki ikkala nazariyada ham adgeziyali 
bog`lanishdagi jismlarning mustahkamligiga asosan, shu jismlarning molekulalari orasida 
mavjud bo`lgan o`zaro ta'sir kuch javobgar deb qaraladi.
Absorbsion nazariyaga asosan adgeziya - yuzalarda bo`layotgan hodisa bo`lib, bir 
jismning molekulalari boshqa jismning yuzasiga adsorbsiyalanish natijasidir. Diffuzion nazariya 
nuqtai nazaridan esa, adgeziya - hajm hodisasi bo`lib, bir jism molekulalarining ikkinchi jismga 
diffuziyasidir yoki ikkala jism molekulalarining o`zaro diffuziya natijasidir. Demak, adgeziya 
juda murakkab hodisa ekan. Shuning uchun tajribada olingan natijalarni to`g`ri talqin
qilishda quyidagi tushuichalarni bir-biridan farq qilmoq zarur: adgezion mustahkamlik - 
adgeziyali bog`lanishlarning mexanik yo`l bilan buzilishiga qarshilik ko`rsatish xususiyati, 
adgezion moyillik - qattiq jismlarning adgeziyali bog`lanish hosil qilishga bo`lgan moyilligi, 
adgezion qobiliyat - qattiq jism yuzasida biror jism eritilganda, shu jism molekulalarining yuza 
bilan o`zaro ta'sir etuvchanlik qobiliyati. 
Adgezion bog`lanishda bo`lgan mamunalarni mexanik usul bilai buzishda, buzilish 
yuzlari holatini baholash ham dolzarb masalalardan biridir. Chunki bunday ma`lumotlar 
polimerlarning metallarga bo`lgam adgeziyasini o`rganishga yordam beradi. Bu sohada ko`p 


ishlagan olim S.S. Voyuskiy juda ko`p yig`ilgan ilmiy va ekperimental materiallarga asoslanib, u 
buzilish yuzalarini asosan uchga - kogezion, adgezion va aralash (kogezion va adgezion)
buzilish yuzalariga bo`ladi. U bundan tashqari buzilish yuzalari mikromazaik xarakteriga ham 
ega bo`lishi mumkin deb ko`rsatadi. Bog`lanishning adgezion buzilishda, buzilish yo`nalishi 
polimer va metall chegarasi bo`ylab o`tadi. Bog`lanishning kogezion xil buzilishida esa, buzilish 
yo`nalishi chegara bo`ylab o`tmasdan, balki polimer hajmi bo`ylab yoki metall yuzasidagi 
oksidlangan qatlam bo`ylab o`tadi. Bog`lanishning buzilish yuzasining aralashish xilida esa, 
buzilish yo`nalishi qisman metall bilan polimer bo`linishi chegarasi bo`yicha, qisman polimer 
yoki metall oksidi qatlami bo`yicha o`tadi. Demak, adgeziyali bog`lanishlarning buzilishi 
yuzalarining xilini aniqlash, adgeziya nazariyasi va amaliyot juda katta ahamiyatga ega ekan. 
Yuzalarni buzilish xili adgeziyali bog`lanishlarning zaif zvenosini aniqlabgina qolmay, balki 
mustahkam birikmalar hosil qilish usullarini topishga, nazariy jihatdan esa, bog`lanishning 
mustahkamlngi uchun javobgar kuchlar va ularning tabiatiga to`g`ri baho berishga imkon 
yaratadi. Shunday ekan, adgeziyali namunani mexanik usullari, buzilish yuzasining xilini 
qanchalik aniqlik bilan baholashga bog`liq bo`ladi. 
Adgeziya nazariyalarning hozirga erishilgan katta yutuqlariga qaramasdan, 
polimerlarning adgezion qobiliyatlarini oldindan aytib berish, bunday bog`lanishlarning tabiati 
hamda ularning mustahkamligi, ishlash jarayonidagi turg`unligi va shunga o`xshash ko`p amaliy 
masalalar hali hal qilingan emas. Adgezion bog`lanishlarni hosil qilishdagi va ularni amalda 
qo`llashdagi hozirgi erishilgan yutuqlarni esa, asosan, eksperimental izlanishlar natijasi deb 
qaramoq kerak. 
4. Polimerlarining metallarga bo`lgan adgeziyalanishi boshqarish usullari. 
Adgeziyaning boshqarish usullari, asosan, polimer va metallarning fizik va ximik xossalariga,
ular yuzasining holatiga bog`liq bo`ladi. Quyida biz polimerlarning metallarga bo`lgan
adgeziyasini hozirgacha ma'lum bo`lgan boshqarish usullarini keltirdik (1-jadval). Shu
sxemaga asosan adgeziyani boshqarish usullarini ikkita katta klassga va to`rtta mayda 
klassga bo`lish mumkin. 
Odatda adgezion birikmalar olayotganda yuzalarni har xil iflosliklardan tozalash zarur. 
Metall yuzasini mexanik ishlash ko`p qo`llaniladigan usullardan biridir. Metall yuzasini keskich 
bilan kesib tozalash yoki randalash mumkin, shuningdek yuzani jilvir tosh bilan ham ishlash 
mumkin. Katta va murakkab konfiguratsiyaga ega bo`lgan yuzalarni metall drop yoki qum 
donalarini bosim ostida otib ishlash ancha samarali usullardan biri. Mexanik usulda ishlangan 
(tozalangan) yuza o`zidan har xil energiyaga ega bo`lgan elektronlar chiqaradi. Shu intensivligi 
(chiqish jadalligi) orqali yuzani mexanik ishlangandan keyingi fizik va mexanik aktivligini 
ma'lum darajada xarakterlash mumkin.
Masalan. qum bilan metall yuzasini mexanik polimerning metallga bo`lgan adgeziyasini 
oshishi kuzatilgan. Ma'lumki. oddiy sharoitda metall yuzasida oksidlangan parda (qatlam) bilan 
qoplangan bo`ladi. Bu qatlam o`zining kimyoviy tarkibi va qalinligi bilan xarakterlanadi. 
Shuningdek bir metallning yuzasida bir necha ketma-ket joylashgan har xil tarkibli oksidli 
qatlamlar ham bo`lishi mumkin. Bu qatlamlar tarkiblari va qalinliklari bilan xarakterlanib
adgeziya miqdoriga ta'sir ko`rsatadilar. Masalan, polikapromidning (kapronning) po`latga 
bo`lgan adgeziyasi metall yuzasi qatlami bo`lsa, bir muncha ko`p bo`lishi adabiyotda qayd 
qilingan. Kimyoviy modifikatsiyalash usullaridan eng ko`p tarqalgani yuzani fosfatlashdir. 
Metall yuzasida hosil qilingan g`ovak fosfat qatlami polimer qoplamlar uchun yaxshi asos 
hisoblanadi. Hozirgi paytda bu usul sanoat miqyosida keng qo`llanilmoqda. Adgeziyani 
o`zgarishiga polimer yuzasini modifikatsiyalash ham katta ta'sir qiladi. Masalan, yuqori
zichlikka ega bo`lgam polietilenni ksilolda (kimyoviy birikma) yuvilsa, polimerning metallga 
bo`lgan adgeziyasi 1,5-2,5 oshishi kuzatiladi. Shunga o`xshash, adgeziyani polimer materiallarni 
termooksidlar, ularga nur ta'sir ettirish, boshqa kimyoviy birikmalarni polimerga payvand qilish 
usullari bilan ham olish mumkin. 
Polimerlarning adgeziyasini boshqarish usullaridan eng oddiysi va ta'sirchani -
polimerlarni hajmi modifikatsiyalashdir. Bu usulni ikki xil yo`l bilan-molekulyar 


modifikasiyalash yoki geterogen qattiq qo`shimchalarni polimer tarkibiga qo`shib kompozitsion 
hosil qilish yo`li bilan amalga topshirish mumkin. 
Molekulyar modifikatsiyalashga polimer tarkibiga molekulyar og`irligi kichkina bo`lgan
jismlar (termostalibilizatorlar, to`qima struktura hosil qiluvchi agentlar, plastifikatorlar)
qo`shish, polimer tarkibini, tuzilishini va molekulyar og`irligini ionizatsiyalovchi nur,
vakuumda termik ta'sir etish yoki monomerli muhitda ishlash yo`li bilan o`zgartirish kabi usullar 
kiradi. 
Nazorat savollari: 
1. 
Plastmassa deb qanday birikmaga aytiladi? 
2. 
Organik to`ldiruvchili termoplastik plastmassalar qaysilar? 
3. 
Organik oyna qanday oyna? 
4. 
Qanday material kompozitsion material deyiladi? 
5. 
Rezinaga tashqi muhitning ta'siri qanday? 
6. 
Mashinasozlikda keramika nima uchun qo`llaniladi? 
Adabiyotlar: 
(1) 201-206 bet, (2) 422-498 bet, (3) 223-232-, 247-269 betlar, (4) 330-347 betlar. 

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin