Mashinalarni loyixalash asoslari


-ma'ruza: Asbobsozlik uchun po`latlar va qotishmalar



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix18.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#99901
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
163578 (1)

7-ma'ruza: Asbobsozlik uchun po`latlar va qotishmalar. 
Ma'ruzaning rejasi: 
1. 
Asbobsozlik materiallariga quyiladigan talablar. 
2. 
Asbobsozlik uchun po`latlarni sinflarga bo`lish. 
3. 
Uglerodli va legirlangan asbobsozlik po`lati. 
4. 
Shtamp po`latlari. 
5. 
Qattiq qotishmalar. 
Tayanch so`zlar va iboralar: 
Issiqbardoshlik, issiqqa chidamsiz, asbobsoz po`lati, tezkesar po`lat, shtamp po`lati, kesuvchi 
asbob uchun po`lat, qattiq qotishma, ledeburit sinfidagi po`lat. 
Talablar: Issiqbardoshlik, ishqalanib yemirilishga chidamlilik, texnologik xossalari yaxshi 
bo`lishi kerak. 
Asbobsozlik po`latlari issiqlikka chidamlilignga ko`ra uch sinfga bo`linadi: 
1. 
Issiklikka chidamsiz (180 220°C). 
2. 
O`rtacha issiqlikka chidamli (450°C gacha). 
3. 
Issiqlikka chidamli (630 650°C gacha). 
Legirlangan po`latlar. GOST 9950-73. 
ПХФ, 13X, po`latlari 0,15 mm gacha bo`lgan asbob uchun, 9XC, XBГ issiйbardoshligi 250 
260°С gacha va toblash chuqurligi 60-80 mm bo`lgan katta ko`ndalang kesim yuzali asbob 
uchun (parma, razvertka, plashka) ishlatiladi. B2Ф va XВ4 po`latlari yuqori qattiqlikka ega 
bo`lganligi uchun metall arralar, metall uymakorlik asboblari uchun ishlatiladi. Yuqorida 
ko`rsatilgan po`latlarga toblash va past temperaturadagi bo`shatish qo`llaniladi. Natijada 
qattiqligi HRC 62-65 ga ega bo`ladi. 
Po`lat markasi 
Termiik ishlash 1°C 
Qattiqlik 
NRC 
Toblash 
Bo`shatish 
11ХФ 
830 - 860 
140-160 
62-65 
13Х 
780 - 800 
100-120 
65-66 
ХВСГ 
840'- 860 
140-160 
62-64 
9ХС 
860 - 880 
140-160 
62-65 

840-850 
150-160 
62-64 
В2Ф 
810-830 
140-160 
64 - 65 
O`lchov asboblar uchun X (0,95 - 1,1% uglerod, 1,3 - 1,65% СЧ), 12X1 (1,15 - 1,25% C, 1,3 - 
1,65% СЧ) ishlatilib, 850 - 870 
0
S moyda toblanib 120 - 140 
0
S da bo`shatiladi, qattiqligi HRC 
63 - 64 bo`ladi. Yuqori issiqlikka chidamli po`latlarga tezkesar po`latlar kiradi (GOST 19265 - 
73). Ularning issiqbardoshligi 600 - 650 
0
S bo`lib, uglerodli po`latlarning issiqbardoshligidan 
ikki uch barobar katta. Keskich turg`unligi esa 10-30 barobar katta. Bu po`latlarga Р9, Р18, 
Р18К5Ф2, Р10К5Ф2, Р9М4К8, Р6М5, Р12 lar kiradi. 
Po`lat tarkibidagi volfram va vannadiy po`latning toblashdan keyingi qattiqligini 
oshishiga olib keladi (HRC=63-67). 


Po`lat tamg`asi 
С% 
Сч% 
W% 
V% 
Мо% 
Р18 
0,7-0,8 
3,8-4,4 
17,5-19 
1-1,4 
0,5-1,0 
З9 
0,85-0,95 
3,8-4,4 
8,5-9,5 
2,3-2,7 
1,0 
Р6М5 
0,82-0,9 
3,8-4,4 
5,5-6,5 
1,7-2,1 
5,0-5,5 
Bu po`latlar uglerodli va legirlangan po`latlarni kesib ishlaydigan asboblar uchun 
ishlatiladi. Yuqori mustahkam issiqbardosh va olovbardosh po`latlarni kesib ishlaydigan tezkesar 
po`latlar tarkibiga kobalt kiritiladi: Р18К5Ф2, Р9К5, Р6М5К5, Р9М4К8, 12АМ9К5, 
Р2АМ9К5. Volframli yuqori uglerodli po`lat tarkibida azot kiritilishi po`latni, 
karroziyabardoshligini oshiradi: 11РЗАМЗФ2. 
Tezkesar po`latlarga 1200-1260°C gacha qizdirilib, toblash va toblashdan keyin u marta 550-
560°C da bo`shatish qo`llaniladi. Qizdirish tuz eritmasi ВаСl
2
olib boriladi. Bu po`latlar keskich, 
freza uchun ishlatiladi.
Shtamp po`latlari. Bu po`latlar metallni qaysi temperaturada deformatsiyalashiga ko`ra 
ikkiga bo`linadi: 
1. Sovuq metallni deformatsiyalaydigan shtamp po`latlari: X, 9ХС, ХВГ, У10, У11. 
Po`latlarning toblash chuqurligi 150-200 mm gacha bo`lgan shtamplar uchun Х12, X13М, 
Х12Ф1 po`latlari ishlatiladi. Bu po`latlarga toblash (moyda), past temperaturagi bo`shatish 
qo`llanilgandan keyin HRC 61-63 bo`ladi. 
Bundan tashqari yuqori Сч li po`latlar metallni deformatsiyalash uchun ishlatiladigan 
shtamp po`latlari 4ХВС2, 5ХВС2, 6ХВС2, 4ХВС, 6ХС
ga 1100 
0
S da toblash 150-170
0
C da 
bo`shatish qo`llaniladi.


2. Issiq holdagi metallni deformatsiyalash uchun 5ХГМ, 5ХНСВ, 5ХНМ, ЗОХ2НМФ 
po`latlaridan foydalaniladi. Bu po`latlar toblab 500-570°C da bo`shatilgandan keyin ularning 
qattiqligi 35-38 HRC bo`ladi. 
Kesuvchi asboblar uchun qattiq qotishmalardan foydalaniladi. Qattiq qotishmalar bir 
karbidli (ВКЗ, ВК6, ВК8, ВК20), ikki karbidli (Т5КЮ, Т14К8, ТЗОК6), uch karbidli (ТТ8К6, 
ТТЮК8А, ТТЮК8Б) ga bo`linadi. Bu po`latlarning qattiqligi NKA 89-92 ga barobar bo`lib, 
kesuvchi asbobning kesuvchi qismi uchun ishlatiladi. Issiqqa chidamliligi 690~700°C gacha. 
Nazorat savollari: 
1. 
Issiqqa chidamlilik deb nimaga aytiladi? 
2. 
Issiqlikka chidamliligi kam bo`lgai asbobsozlik po`latlarga qaysilar kiradi? 
3. 
Tezkesar po`latlarga qanday termik ishlov beriladi? 
4. 
Sovuq metallni deformatsiyalaydigan shtamplariga qaysilar kiradi? 
5. 
Bir karbidli qattiq qotishmaga misol keltirib qo`llanish sohasini ayting. 
Adabiyotlar: [1] 165-172 betlar, [4] 252-263 betlar. 



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin