Mashinalarni loyixalash asoslari


-rasm. Kristall panjara tuzilishi



Yüklə 1,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix18.04.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#99901
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
163578 (1)

1-rasm. Kristall panjara tuzilishi. 
 
 
O`z-o`zidan bo`lmagan kristallanish. 
Real sharoitda kristallanish protsessi ko`p jihatdan tayyor markazlarning mavjudligiga 
bog`liq bo`ladi. Ana shunday tayyor markazlar rolini metalldagi o`zga qattiq qo`shimchalar 
o`ynashi mumkin. 
Metallda eriydigan qo`shimchalar ham markazlarning paydo bo`lishini ko`paytiradi, agar 
ana shu qo`shimchalar yuza aktivligini oshiradigan bo`lsa, ya'ni yuza tarangligini kamaytiradigan 
bo`lsa. Chunki mantiq nuqtai nazaridan bunday qo`shimchalarni suyuq metallda bo`lishi, o`ta 
sovutishnn oshirish bilan ekvivalentdir. 
Amaliyotda strukturani maydalash uchun qo`shimchalar keng foydalaniladi. Bunday 
qo`shimchalarni modifikatorlar deb ataladi. Masalan, po`latda bor, alyuminiy va uning 
qotishmalariga natriy qo`shiladi. Qattiq qo`shimchalar sifatida esa erigan temperaturasi yuqori 
bo`lgan metallardan foydalaniladi. Masalan, alyuminiy va uning qotishmalariga titan yoki 
sirkoniy elementi qo`shiladi. 
Kristallarning formasi va quymaning tuzilishi. 
Donachalarning formasi avvalo ularning o`sish sharoitiga bog`liq bo`ladi, ya'ni sovutish 
tezligi va yo`nalishi, suyuq metallning temperaturasi va undagi qo`shimchalar miqdori va h.k. 
Agar bir bo`lak po`lat quymani kristallari strukturasini tekshirsak unda quyidagi qolatni 
ko`ramiz. Avvalo shuni aytish kerakki, donachalarning o`sishi daraxtsimon sxemasi bo`yicha 
bo`ladi. Uni dendrit (ya'ni daraxtsimon) formasi deyiladi. Quyma (слиток)da uchta xarakterli 
zonalarni ko`rish mumkin. 
1. 
Idishning devorlari sovuq bo`lganligi uchun mayda kristall donachalari paydo bo`ladi; 
2. 
O`sha mayda donachalarda quymaning markaziga qarab tolasimon cho`zma kristall 
donachalari paydo bo`ladi, chunki bu yo`nalish sovutish yo`nalishiga to`g`ri keladi; 
3. 
Quymaning o`rta qismida yoqlari aniq kesmalardan iborat bo`lgan katta-katta kristallar
hosil bo`ladi. Tolasimon donachalar bilan katta-katta kristallar o`rtasida darzlar hosil bo`ladi. Bu
kristallanish protsessida metall yeyilmasligi bo`lsa kerak, hamda suyuq metalldagi o`zga 
qo`shimchalar ham ana shu bo`shliqqa yig`ila boshlaydi.
Agar suyuq metallning temperaturasi juda keng bo`lsa va qo`shimchalar miqdori juda 
kam bo`lsa, bunday donachalarning formasi faqat tolasimon bo`lishi mumkin. Bunday
strukturaga transkristallizatsiya deb ataladi. Masalan, transkristallizatsiya payvandlashda 
choklarda hosil bo`lishi mumkin. Transkristallizasiya strukturasi ancha jips bo`lishi bilan bir 
qatorda, tolasimon donachalar tutashgan paytda bo`shliq va qo`shimcha elementlar yig`ilib
qolishi mumkin. Shuning uchun mexanik xossalariga salbiy ta'sir ko`rsatadi. 


Amaliy jiqatdan agar metallnimg sovush tezligini kristall donachalar o`sish tezligiga
tenglashtirsak, yaxlit bir bo`lak kristall (donacha) hosil qilish mumkin. Bunday kristall 
monokristall deb ataladi. Monokristall juda yuqori jipslikka ega bo`lib, unda qo`shimcha 
elementlar bo`lmaydi, shuning uchun ham bunday kristallning mexanik xossalari juda yuqori 
bo`ladi. Bunday kristallar ilmiy tekshirish ishlarida donachalarning xossalarini tekshirishda 
ishlatiladi.
 
 
 
 
 
 

Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin