Kurs ishi mavzu: amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi: Batirova D. Qabul qildi: Abduqayumov A. Toshkent-2013 mundarija



Yüklə 371,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/14
tarix02.06.2023
ölçüsü371,11 Kb.
#124125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi mavzu amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi B

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
1
Амир Темур ўгитлари. Т., 1992, 60-61 бетлар. 


II bob. Temuriylar shajarasi. 
1-§. Amir Temurning xarami 
 
Saroy Mulk xonim Chig„atoy ulusiga mansub bo„lgan mo„g„ul xonlaridan 
Qozonxonning qizi bo„lib, 1341 yilda tug„ilgan edi. Saroy Mulk xonim balog„atga 
yetgach, 1355 yilda amir Husayn o„z nikohiga kiritadi. 1370 yilda amir Husayn qatl 
qilingach, Amir Temur nikohiga kiradi. Zotan, sohibqiron Amir Temur mazkur Saroy 
Mulk xonim tufayli “Kuragon” unvoniga musharraf bo„ladi. Kuragon iborasi mo„g„ulcha 
so„z bo„lib, “kuyov” degan ma'noni ifodalar edi. Saroy Mulk xonim xon avlodiga mansub 
bo„lgani tufyli haramdagi barcha malikalardan ulug„ hisoblanib, “katta xonim” 
(Bibixonim) degan unvonga ega bo„ldi
7
. Saroy Mulk xonim o„z zamonasining yuksak 
idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat sohibasi bo„lgan. Shuningdek, husn-latofat 
bobida ham benazir bo„lgan. Amir Temur o„zining ulug„ bekasi Saroy Mulk xonimga 
atab 1399-1404 yillar mobaynida Samarqandda mashhur Bibixonim masjidini qurdirgan 
edi. Sohibqiro Amir Temur Saroy Mulk xonimdan farzand ko„rmagan. 
Amir Temurning xaramlaridan yana biri Cho‘lpon Mulk Og‘o begim bo„lib, 
Hojibek mo„g„illarining qizi edi. U nihoyat darajada go„zal edi. U sohibqironning 
1391 va 1394 yillardagi harbiy yurishlarida birga yurgan. Ibn Arabshoxning 
ta'kidlashicha, go„yo vafosizlik qilgani uchun Temur uni o„zi bo„g„ib o„ldirgan deydi. 
Temur xaramlaridan ya'na biri Dilshod Og‘o begim bo„lib, Sulton Uvays 
Shayx Hasan Jazoyiring qizi edi. U 776/1374 yilda Amir Temur nikohiga kiradi va 
785/1383 yilda kasal bo„lib o„ladi. Undan farzand bor yo„qligi no'malum. 
Sohibqironing suyukli xotinlaridan biri - Tuman Og‘o begimdir. Tuman 
Ogo begim Saroy Mulk xonimning akasi amir Musoning qizidir. Xonimga jiyan 
o„rnidadir. Tuman Og„o 1366 yilda tug„ilib, 1378 yilda 12 yoshida Amir Temurga nikoh 
qilingan. U xusnda tengi yo„q bo„lgan. Uning sharifaga Samarqandda maxsus 
Bog„i bihishitni barpo ettirgan. Temur vafotidan keyin Xalil Sulton 1406 yilda Shayx 
Nuriddin bilan bo„lgan jangda yengilib, Tuman Og„o begimni xotinlikka berishga majbur 
bo„ladi. Shayx Nuriddin vafot etgach uni Xirotga olib keladilar. 
1
1
Файзиев Т. Темурийлар шажараси. Тошкент, 1995. 54-55 бб. 


Amir Temurning yana bir xotini Tukal xonimdir, Hizr Xo„janing qizi edi. 
800/1397 yilda sohibqiron Amir Temur Konigulda katta to„y o„tkazib, Tukal xonimni o„z 
nikohiga kiritadi. Tukal xonim xaramda (xon qizi bo„lgani tufayli) Saroy Mulk xonimdan 
keyingi o„rinda turgan, ya'ni "kichik xonim" deb atalgan. 1397 yilda sohibqiron Tukal 
xonim sharafiga Samarqandda "Bog„i dilkusho"ni barpo ettiradi. 
Ibn arabshohning yozishicha, 1408 yilda Xalil Sulton Mirzoning xotini 
Shod Mulk begim Tukal xonimni zaharlab o„ldirgan. 
Sohibqironing keyingi paytlarda olgan xotini Ruh Parvar Og‘o bo„lib, amir 
Temurning xoz kanizlaridan edi. Rux, Parvar Og„o ham yosh va go„zal ayol bo„lgan. 
Uning sohibqirondan farzandi bo„lmagan. 
Amir Temur vafotidan so„ng Ruh, Parvar Og„oni Amir Hamza Sulduz 
xotinlikka olgan. Amir Hamza Sulduz vafotidan keyin Ruh Parvar Og„oni amir Ali 
Tarxon o„z nikohiga oladi. Ali Tarxon vafotidan keyin Ruh, Parvar Og„oni amir Hasan 
So„fi o„z haramiga olgan. Ruh, Parvar Og„o 1423 vafot etgan
8


Yüklə 371,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin