Kurs ishi mavzu: amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi: Batirova D. Qabul qildi: Abduqayumov A. Toshkent-2013 mundarija



Yüklə 371,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix02.06.2023
ölçüsü371,11 Kb.
#124125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi mavzu amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi B

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


2-§. Amir Temur davlatining tashkil topishi. 
Amir Temur O„rta Osiyoda markazlashgan davlat tashkil qilishda
ma'rifat ishlarini rivojlantirishda katta rol o„ynadi
5

Temur o„z tasarrufida markazlashgan davlatni yuzaga keltirish maqsadida 
Kesh shahridan Samarqandga ko„chib o„tib, uni Movarounnahrning poytaxtiga 
aylantiradi. Sohibqiron aniq, muloxazalari bilan xalqni zulmdan ozod qilish
va o„zoq yillik boshboshdoqlik hukmron bo„lgan yerda markazlashgan davlat 
tuzish mushkulligini sezganligi sababli dastlab mamlakatni tashqi xavfdan 
saqlash maqsadida asosini barlos urug„lari tashkil etgan yengilmas va jangovor 
milliy qo„shin to„zadi, ularga katta imtiyozlar beradi. 
Temur davlat boshqaruvida, ichki va tashqi siyosatda asosan o„z qo„shinlariga 
suyanganligi sababli harbiy islohotga, ya'ni qo„shin boshliqlarini tanlash, lashkar qismlar, 
ularning joylashishi, askarlarning qurollanishi va harbiy intizom masalalariga keng 
e'tibor bergan. U qo„shinlarini o„nlik, yuzlik, minglik kabi askariy birikmalarga 
bo„lgan. Uning uchun har bir askar jang qilish uslublarini yaxshi bilishi farz hisoblagan. 
Amir Temur lashkarlarga ham katta e'tibor berib, ular nizomni qat'iy bajarishi, jangda 
ayovsiz va dovyurak bo„lishi, dushmanga yumshoq muomalali va adolatli bo„lishi lozim 
deb hisoblardi. Ibn Arabshohning yozishicha, Temur askarlari ichida taqvodor, saxovatli, 
xudojo„y kishilar ko„p bo„lgan. Ular bechoralarga xayru ehson ko„rsatish, boshga 
og„ir kunlar tushganda yordam qo„lini cho„zish, asirlarga yumshoq
muomalada bo„lish va ularni ozod etishga odatlanganlar. Amir Temur doim 
jangda jasorat ko„rsatgan amirlar va askarlarga alohida e'tibor bilan qaradi. Natijada 
Sohibqiron uyushqoqlik hukm surgan yuz minglik qo„shinlari ichida intizomni 
mustahkamlash bilan o„z davlatining poydevori bo„lgan qo„shin tuzishga 
muvaffaq bo„ldi. 
Temur Movarounnahr taxtini egallagan vaqtdan boshlab, o„z davlati 
chegaralarini mumkin qadar kengaytirishga kirishadi. Shu maqsadda u 
1
1
Мўминов И. Амир Темурнинг Ўрта ОСиё тарихидаги ўрни ва роли ҳақида. Т., 1960, 14 б. 


Amudaryo va Sirdaryo oralig„idagi yerlarni o„z tasarrufiga oladi. Xorazmga 
besh marotaba yurish qilib, 1388 yilda uni butunlay bo„ysundiradi, bu yerda 
hukmronlik qilayotgan sufiylar sulolasini tugatadi. Temur o„zining uch yillik 
(1386-1388), besh yillik (1392-1398), yetti yillik (1399-1405) yurishlari 
davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda 
kurdlar davlatini tugatib, Eron va Xurosonni o„z tasarrufiga oladi. 1394-1395 
yillarda Oltin O„rda xoni To„xtamishga qarshi yurish qilib, uning ko„p sonli 
qo„shinini mag„lubiyatga uchratadi va Oltin O„rda hududini egallaydi. 
Temurning bu g„alabasi Oltin O„rdaga juda katta zarba berish bilan birga Temur 
qo„shinlarining Volga daryosi bo„ylarida bemalol yurishlariga ham keng yo„l 
ochdi. Ta'kidlash joizki, Temurning bu g„alabalari tarix sahnasida ulkan 
ahamiyat kasb etdi. 
Amir Temur 1398 yilda Hindistonga qilgan yurishida Dehli shahrini, 1400 yilda 
Suriyaga qilgan yurishida g„alaba va Bayrut shaharlarini, 1401 yilda Damashq shahrini 
egallaydi. 
1402 yilda usmoniylar imperiyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi 
yurishida uni mag„lubiyatga uchratdi. Bu g„alaba bilan Temur yevropaning 
usmoniylar asoratiga tushishini bir necha o„n yillar orqaga surib yubordi. 
Temur 1404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga keladi va Xitoyga yurish uchun 
harbiy taraddud ko„radi. Shubhasiz, Temur bu yurish uchun o„zoq yillar 
tayyorlanib, jang uchun kerakli bo„lgan ma'lumotlarni yillar davomida to„plagan 
edi. 1404 yilda Temur 200 minglik qo„shin bilan Xitoy safariga otlandi. Ammo 
Temurning qattiq betobligi tufayli uning qo„shinlari 1405 yilning yanvar oyida 
Xitoyga yaqin bo„lgan chegara shahar O„tror shahrida to„xtaydilar va shu yerda 
1405 yilning 18 fevralida buyuk sohibqiron Amir Temur vafot etadi. Vafotidan oldin 
o„g„ilariga shunday vasiyat qiladi: 
“O„g„illarim! 


Millatning ulug„ martabasini, saodatini saqlamoq uchun sizlarga 
qoldirayotgan vasiyat va tuzuklarni yaxshi o„qing, aslo unutmang va tadbiq 
eting. 
Millatning dardiga darmon bo„lmoq vazifangizdir. Zaiflarni ko„ring, 
yo„qsillarni boylar zulmiga tashlamang. Adolat va Ozodlik dasturingiz, 
rahbaringiz bo„lsun. Faqat vasiyatimda sizga idora shaklini, uning ilkularini 
ko„rsatdim. Bularga sodiq qolsangiz tosh boshingizga tushmas...”
6


Yüklə 371,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin