Kurs ishi mavzu: amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi: Batirova D. Qabul qildi: Abduqayumov A. Toshkent-2013 mundarija



Yüklə 371,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix02.06.2023
ölçüsü371,11 Kb.
#124125
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi mavzu amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi B



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA 
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG„BEK NOMIDAGI O„ZBEKISTON MILLIY 
UNIVERSITETI 
KURS ISHI 
MAVZU: 
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR 
SHAJARASI 
Topshirdi: Batirova D. 
Qabul qildi: Abduqayumov A. 
TOSHKENT-2013


MUNDARIJA: 
 
Kirish. 
 
I bob. Sohibqiron Amir Temur Kuragoniyning faoliyati va janglari. 
 
1-§. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi. 
 
2-§. Amir Temur davlatining tashkil topishi. 
 
II bob. Temuriylar shajarasi. 
 
1-§. Amir Temurning harami. 
 
2-§. Amir Temur farzandlari. 
 
Xulosa. 
 
Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati. 
 
Ilova. 
 
 
 


Kirish 
Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o„rganishda Temur va temuriylar davrini 
mufassal o„rganmay turib bu mintaqaning tarixiga baho berish mumkin emas. 
Zero, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Temur va temuriylar davri mamlakatning 
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonida ulkan ijobiy 
burilishlar davri bo„lgan. 
Tarixga nazar tashlar ekanmiz, Movarounnahr hududida qanchadan – 
qancha asrlarga tatigulik voqyea va hodisalar bo„lib o„tgan. Ammo mustabid 
tuzum vaqtida o„z tariximizga bo„lgan e'tibor sust kechgan davrdir. Shuni ham 
ta'kidlash kerakki, O„zbekiston mustaqillikka erishgach o„z tariximizni qayta 
o„rganish jadallik bilan boshlab yuborildi. Xususan o„sha mutabid yillarida 
“qonxo„r”, “jallod”, “yo„lto„sar” deb xalq ongiga uqtirilgan. Sohibqiron Amir 
Temurning qanday shaxs ekanligini nafaqat bizni olimlar, balki butun dunyo 
olimlari isbotlab berdilar. 
Binobarin, qariyb 500 yil hukumronlik qilgan temuriylar sulolasi xususida 
esa, jahon adabiyotida ilmiy asarlar, romanlar hamda sahna asarlari yaratilib 
kelindi va yaratilmoqda. Shuningdek, jahon olimlari tomonidan temuriylar 
sulolasining shajarasi ingliz, fransuz va nemis tillarida yozilgan va nashr 
qilingan. Bizda esa Temur shaxsiga va uning avlodiga nisbatan 
“bosqinchi”,“qonxo„r” va “jallod” kabi iboralar bilan tamg„a bosib, xalq 
nazaridan chetlab kelindi. Holbuki, Sohibqiron Amir Temur haqidagi qo„lyozma 
manbalarni chuqurroq tahlil qilinsa, uning “bosqinchilik” harbiy yurishlarining 
tub mohiyati nimadan iborat ekanligi bir qadar oydinlashadi. Zotan, Amir Temur 
Movarounnahrda yirik markazlashgan davlatni barpo etgach, endilikda butun 
kuch-g„ayratini turkiy xalqlarni birlashtirishga, ya'ni Turk hoqonligi (552 745) 
davridagi turk xalqining mavqye'ini qayta tiklab, Ulug„ Turon davlatini barpo 
etishga qaratgan edi. 


Amir Temurga xos bo„lgan qator fazilatlar ichida ilm ahliga ehtirom va 
g„amxo„rlik alohida ajralib turadi. Mustaqillik yillarida biz ulug„ bobomizning 
xotirasiga munosib ehtirom ko„rsatish imkoniga ega bo„ldik. Turon xalqining 
eng yorqin davrlaridan biri, shak-shubhasiz, Amir Temur nomi bilan bog„liqdir. 
Yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi so„zlarida xalqimizning ulug„ davlat 
arbobi Amir Temur xotirasiga bo„lgan munosabati mujassamlashgan: “Amir 
Temur shaxsini idrok etish tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash 
o„zimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug„lash tarix qa'riga chuqur ildiz 
otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, buyuk kelajagimizga ishonchimizni 
mustahkamlash demakdir”
1

Ko„p ming yillik tariximiz juda ko„p sulolalarni boshdan kechirdi. Lekin 
o„zidan katta yodgorlik qoldirgan va ko„p yillar hukm surgan sulola bu- 
temuriylar sulolasi bo„ldi. Bu sulola vakillari Movarounnahr, Eron, Ozarbayjon, 
Iroq, Afg„oniston va Hindistonni 288 yil (1370-1506; 1526-1858 yillari) idora 
qildilar, o„sha mamlakat xalqlari tarixida sezilarli iz qoldirdilar. 

Yüklə 371,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin