Kurs ishi mavzu: amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi: Batirova D. Qabul qildi: Abduqayumov A. Toshkent-2013 mundarija



Yüklə 371,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix02.06.2023
ölçüsü371,11 Kb.
#124125
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi mavzu amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi B

Pir Muhamad Mirzo Umar Shayx Mirzoning katta o„g„li bo„lib, 1379 yilda 
tug„ilgan. Otasi vafotidan so„ng fors xukmronligi unga topshiriladi. Sherozga 
xukmronlik qila boshlaydi. 
1400 yilda Amir Temur Pir Muhamad Mirzoni harbiy yurishlariga chaqiradi. Pir 
Muhamad Mirzo o„zini kasallika solib bormaganligi sababli uni hokimlik vazifasidan 
chetlashtiradi. Faqat 1403 yilda Pir Muhamad Mirzoga Sherozni qaytarib beradi. Ukasi 
Iskandar Mirzo bilan Umar Mirzo qarshi urush olib boradilar va sulx asosida qutilib 
qoladilar. 
Pir Muhamad Mirzo ukasi Iskandar Mirzoga Yazd viloyatini beradi. 1409 yilda Pir 
Muhamad Mirzo Xuziston mamlakatini zabt etadi. 
Pir Muhamad Mirzo Sheroziyni Xoja Husayn Sharbatdor ismli amiri bor edi. Ana 
shu ko„rnamak amir Xoja Xusayn bir necha yomon odamlar bilan til biriktirib, qorong„u 
tunda odil podshohzodaning chodiriga kirib, uni qatl qildiradi. Pir Muhamad Mirzo 31 
yoshida halok bo„ladi. Undan 2 o„g„il qoladi: Kattasi Umar Shayx Mirzo, kichigi Solih 
Mirzolardir. 
Umar Shayx Mirzo 1398 yilda tug„ilgan edi.
1408 yilda Pir Muhamad Mirzo Isfaxon viloyatining hokimligini Umar Shayx 
Mirzoga in'om qiladi. Umar Shayx Mirzo 1429 yilda 31 yoshida Xurosonda vafot etgan. 
Solih Mirzo 1406 yilda tug„ilgan. U otasi o„limidan so„ng Shoxruh Mirzo 
saroyida xizmat qilgan. U Alouddavla Mirzo hamda Abdulatif Mirzo o„rtasida 
jangda Chechektudagi harbiy qo„shinga bosh edi. Abdulatif Chechekni mag„lubiyatga 
uchratgach u Xirotga qochadi va 1452 yilda 46 yoshida vafot etadi. 
Rustam Mirzo Umar Shayx Mirzoning 2 o„g„lidir. U 1381 yilda 
tug„ilgan. 1403 yilda Temur unga Isfaxon hukmronligini beradi. Abubakr 
Mirzoga qarshi kurashda qo„shinlari qattiq shikastlanadi. 
1
1
Файзиев Т. Темурийлар шажараси. Тошкент, 1995, 84-85 бб. 


U o„z beklaridan Sayd barlosni fitnasini payqagach uni ko„zini ko„r qilib 
qal'ada saqlar edi, ammo u uning bir ko„zi ko„rishi tufayli qochib Sheroz qal'asiga 
qochadi. Pir Muhammad uni o„z himoyasiga oladi. Bundan xafa bo„ladi va ukasi Iskandar 
bilan Pir Muhammadga qarshi qo„shin tortadi. 1410 yilda aka-ukalar o„rtasida muzokara 
chiqib jangda mag„lub bo„ladi va Qaro Yusuf turkman xuzuriga panoh izlab ketadi. 
1412 yilda Rustam Mirzo Qaro Yusuf huzuridan qaytib Tabriz orqali Isfaxonga 
keladi. Uning amiri Xoja Ahmad kutib oladi. Rustam Mirzo Xoja Ahmadni o„ldirtiradi. 
Shu voqyeadan so„ng isfaxonliklarning Rustam Mirzodan ihlosi qaytadi. Ayni vaqtda 
Iskandar Mirzo Isfaxonga qo„shin tortib kelayotgan edi va Rustam Mirzo yengilishni 
bilgach Xuroson tomonga ketadi. 
1412 yil Shoxruh Mirzo yonida panoh topadi. Shu paytda Iskandar Mirzoni tutib 
Shohruh Mirzo huzuriga keltiradilar. Ukasiga tegishli yerlar Rustam Mirzoga o„tadi 
hamda ukasi unga topgshiriladi. Rustam Mirzo uni ko„ziga mil torttirib ko„r qiladi.
1415 yilda Boyqaro Mirzoning qo„shiniga bas kela olmasligini bilib ukasini qatl 
qildiradi. Boyqaro Mirzo qarshilik befoyda ekanligini bilib Shoxruh Mirzoga bosh 
egib keladi va uning yerlari Rustam Mirzoga o„tadi. 1424 yil vafot etadi. Undan 
2 o„g„il qoladi
.
Usmon Ali Mirzo, Sulton Ali Mirzo. 

Yüklə 371,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin