Kurs ishi mavzu: amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi: Batirova D. Qabul qildi: Abduqayumov A. Toshkent-2013 mundarija



Yüklə 371,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/14
tarix02.06.2023
ölçüsü371,11 Kb.
#124125
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Kurs ishi mavzu amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi B

Iskandar Mirzo Umar Shayx Mirzoning 3 o„g„lidir. U 1384 yilda tug„ilgan. Onasi 
Mulkat Og„o begim edi. 
1403 yilda Amir Temur Iskandar Mirzoni Hamadon viloyatiga hokim qilib 
tayinlagan edi.
1407 yilda Pir Muhammad ukasini Iskandar Mirzoni qamoqqa oladi va 
Yazd viloyatidagi barcha xazinalarni Sherozga keltiradi. Iskandar Mirzoni 
qo„loyog„ini bog„lab, Hirot dorissaltanasiga yuboradi. Biroq, u yo„lda qochdi va 
Rustam Mirzo bilan birlashdi. 1409 yilda ularni ikkalasini ham Pir Muhammad 
mag„lubiyatga uchratadi. U Xuroson sari qochadi. 
Keyinchalik Andxo„y atrofiga keladi va u yerning hokimi Sayyid Ahmad uni 
Andxo„ydagi ekanligini Shoxruh Mirzoga maktub orqali bildiradi. 1410 yilda akasi Pir 
Muhammad yoniga qaytadi va akasi o„ldirilgandan keyin uning o„rniga taxtga o„tirdi. 


1411 yilda u Kermon viloyatiga karab yo„l oldi va sulh tuzulib Sherozga qaytadi. 1412 
yilda esa Iskandar Mirzo Qum vilotiga qarab yo„l oladi va shu asnoda mag„lubiyatga 
uchrab poytaxtni Isfanxonga ko„chiradi. 
Iskandar Mirzoning Pir Ali Mirzo degan o„g„li bo„lgan. U 1400 yilda tug„ilib, 
otasining vafotidan keyin 1415 yilda olamdan o„tadi.
12 
Ahmad Mirzo Umar Shayx Mirzoning 4 o„g„lidir. U 1388 yilda tug„ilgan. U 
1404 yilda Temurning Xitoyga yurishida o„ng qo„li bo„lgan. Temur vafotidan keyin u 
Shohruh Mirzo xizmatida bo„ldi. 1409 yilda Hisor viloyatini bo„ysuntirish uchun 
jo„natadi. Shu yildan e'tiboran Farg„ona hukmronligini oladi. Urushlardan so„ng u 1416 
yil Hirotga qaytib keladi. Uni qamalda ushlaydilar. U Ka'batulla ziyoratiga yo„l oladi va 
qaytib kelmaydi, 1425 yilda o„sha yerda vafot etadi. 
Saydi Ahmad Mirzo amirzoda Umar Shayx Mirzoning 5 o„g„lidir. U 1391 yilda 
tug„ilgan. Otasi vafotidan so„ng Shoxruh, Mirzo mulozamatida bo„lgan. Unga Shibirg„on 
viloyatini suyurg„ol qilib bergan. U 1429 yilda vafot etadi. Uning Ahmad Mirzo va 
Usmon Mirzo degan o„g„li bo„lgan. 
Boyqaro Mirzo Umar Shayx Mirzoning 6 o„g„lidir. U 1393 yilda tug„ilgan. 
Uning onasi Mulkat og„o begimdir. Otasi vafot qilganda u endigina 1 yoshda edi. Amir 
TUmur vafotidan so„ng u Shoxruh, Mirzo huzurida mulazamatda bo„ladi. 
1414 yilda Shoxruh Mirzo Hamadon hukumatini, Vuruja va Nehovand 
qal'alari hamda butun Luristonni suyurg„ol qilib beradi. U 1415 yilda Sherozga 
yuradi. Uni amirlar hamda qozilar kutib oladi va darvozani ochib beradilar. 
1423 yil uni Samarqandga Ulug„bek huzuriga jo„natadilar va Ulug„bek Mirzo 
farmoniga ko„ra uni qatl qiladilar. Undan 3 o„g„il qoladi - Muzaffar Mirzo, Muhammad 
Mirzo, G„iyosinddin Mansur Mirzolardir. 

Yüklə 371,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin