Maksimal foyda – bu bir birlik qo’shimcha mahsulotni sotishdan
olingan daromadni shu bir birlik qo’shimcha mahsulotga qilingan xarajat
miqdori bilan bab-barobar kelishi natijasida olingan foyda. Shu holda
rentabellikning eng yuqori darajasiga erishilgan bo’ladi. Shunga ko’ra,
foydani maksimallashtirish degani, eng yuqori rentabellikni ta’minlash
deganidir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat sohasida o’tkazilayotgan tub
iqtisodiy tadbirlar majmuida foydani taqsimlash masalalari muhim o’rin
tutadi, zero uni, adolat yuzasidan va to’g’ri taqsimlash jamoa va har bir
xodimning manfaatdorligini uyg’unlashtirish uchun sharoit yaratadi.
Dostları ilə paylaş: