Innovasiyalar vazirligi


 Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix11.10.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#153490
1   2   3   4   5   6   7   8
Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.

5. Mahsulot tannarxini pasaytirishning manbalari va omillari
.
Mehnat unumdorligini oshirish, xomashyo va material, yoqilg’i va 
elektroenergetika xarajatlarini kamaytirish, xizmat ko’rsatish va boshqarish 
sarflarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan tashqari, xarajatlarni tejash sanoat 
mahsuloti tannarxini pasaytirishning eng muhim manbalari hisoblanadi.
Mehnat unumdorligini oshirish uchun yangi texnika, texnologiya jarayonlarini 
va ishlab chiqarishni o’stirish yoki tashkil etishning ilg’or usullarini joriy qilish 
orqali har bir mehnatchi tomonidan tayyorlanayotgan mahsulotni ko’paytirish kerak 
bo’ladi. Bu holda har bir mahsulot birligiga sarflanadigan ish haqi qisqaradi, ammo 
ishchining umumiy ish haqi esa ortib boradi. Mehnat unumdorligi ish haqiga 
nisbatan jadal o’sgandagina tannarx pasayadi.
Mehnat unumdorligining o’sish mohiyati shundan iboratki, bunda mahsulot 
ishlab chiqarishga ketadigan jonli mehnat ulushi kamayadi, ilgari sarflangan 
mehnatning ulushi esa ortadi, biroq mahsulot birligi uchun ketadigan mehnat sarfi 
qisqaradi.
Material, yoqilg’i va elektr energiya xarajatlarini kamaytirish uchun ularni 
tejab sarflash, qimmatbaho materiallarni arzon, lekin sifatli materiallar bilan 
almashtirish, ularni sotib olish va korxonaga keltirish bilan bog’liq bo’lgan sarflarni 
qisqartirish kerak bo’ladi.
Xizmat ko’rsatish va boshqarish uchun ketadigan xarajatlarni qisqartirishga esa 
tarmoq va korxonalardagi ma’muriy boshqaruv apparatining sarflarini kamaytirish, 
asbob-uskuna, bino va inshootlarni saqlash, yoritish, isitish uchun ketadigan 
mablag’larni tejab-tergab sarflash orqali erishiladi.
Unumsiz xarajatlarni (jarima to’lash, penya va hokazolar) tugatish mahsulot 
tannarxini pasaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Texnika taraqqiyoti ishlab chiqarishni tashkil etishning ijtimoiy shakllarini 
takomillashtirishning, ishlab chiqarishni ratsional joylashtirish, ishlab chiqarish va 
mehnatni korxonaning ichida uyushtirishni yaxshilash mahsulot tannarxini 
pasaytirishning ta’minlovchi omillari bo’lib hisoblanadi. Masalan, texnika 
taraqqiyoti mahsulot tannarxini pasaytirishning barcha manbalariga ta’sir ko’rsatadi. 
Ishlab chiqarishni elektrlashtirish va elektronizatsiyalash hamda kompleks 
avtomatlashtirish, kimyoviy vositalardan foydalanish mahsulot tayyorlash uchun 
sarflanadigan solishtirma xarajatlarni kamaytiradi.
Har bir korxonada mahsulot tannarxini pasaytirish darajasini hisoblash uchun 
eng avvalo undagi rezervlarni, ya’ni foydalanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlash 
kerak. Ular ko’zga tashlanadigan, yuzaki, juda murakkab, ko’z ilg’amaydigan 
bo’lishi mumkin. Faqat chuqur, har taraflama iqtisodiy-texnik tahlildan keyin ularni 
aniqlash, topish mumkin bo’ladi.


Rezervlar har xil belgilarga qarab guruhlarga ajratilishi mumkin. Ular eng 
avvalo to’planish joyiga qarab ichki ishlab chiqarish va tashqi rezervlarga ajraladi.
Tashqi rezervlarga tarmoqlar bo’yicha rezervlar, regional (hududiy) va tabiiy-
ekologik rezervlar kiradi.
Rezervlar safarbar etilishi muddati bo’yicha joriy va istiqbolli rezervlarga 
ajraladi.
Rezervlarni ishlab chiqarish jarayonlarining elementlari bo’yicha ham 
guruhlarga bo’lish mumkin. Bunday rezervlarga mehnat, moddiy va asosiy 
fondlardan foydalanish rezervlari kiradi.
Korxona yoki tarmoq faoliyatini tahlil etish uchun rezervlarni ikkiga bo’lib 
ko’rish mumkin:
- tashkiliy-texnikaviy rezervlar; - ijtimoiy-iqtisodiy rezervlar.
Mana shu yuqorida keltirilgan barcha rezervlar, ya’ni foydalanilmayotgan 
imkoniyatlarni safarbar etish, ishga solish hamda shu asosda tannarxni keskin 
pasaytirish uchun bir qator omillardan keng foydalanish va ularni hisoblab chiqish 
kerak. U ishning metodikasi, usulini “Korxonalar faoliyatini tashkil etish, 
rejalashtirish va boshqarish” fanidan o’qiladigan ma’ruzalarda, amaliy 
mashg’ulotlarda chuqqurroq va har tomonlama tushuntirib beriladi.
Mahsulot tannarxini rejalashtirish mehnat, moddiy va moliyaviy mablag’lardan 
oqilona foydalanish asosida ishlab chiqarishning yuqori samaradorligiga erishishga 
qaratilgandir. Tannarx rejasi quyidagi bo’limlarni o’z ichiga oladi:
1.Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasi;
2.Mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish;
3.Ishlab chiqarish xarajatlari smetasi;
4.Tovar va sotiladigan mahsulot tannarxining hisobi.
Tannarx rejasi, ikki bosqichda ishlab chiqiladi. Birinchi bosqichda, eng avvalo, 
hisobot yilida rejalarning bajaralishi tahlil etiladi, mahsulot tannarxini pasaytirish, 
foyda va rentabellikni oshirish rezervlari aniqlanadi va aniqlangan rezervlardan 
foydalanish tadbirlari belgilanadi, reja loyihasi ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda 
esa rejaning uzil-kesil loyihasi ishlab chiqiladi va bu reja topshiriqlari korxona 
bo’limlariga yetkaziladi.
Mahsulot tannarxi va uni pasaytirish topshiriqlari davlat va korxona rejasida 
yuqoridan belgilanmaydigan, aksincha, korxonalarning o’zida hisob qilinadigan 
ko’rsatkich hisoblanadi. Shunga qaramay, mahsulot tannarxi sanoat 
ko’rsatkichlaridan biri bo’lib qolaveradi. Chunki sanoat mahsuloti tannarxini 
pasaytirish ishlab chiqarishning rentabellik darajasini oshirish rezervlaridan biri 
hisoblanadi. Mahsulot tannarxi qanchalik past bo’lsa, albatta, boshqa shart-
sharoitlar bir xil bo’lgan holda (masalan, xuddi o’sha mahsulotning narxi barqaror 
bo’lganda) uni sotishdan kelgan foyda ham shunchalik ko’p bo’ladi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin