Innovasiyalar vazirligi


 Rentabellik va uni oshirish yo’llari



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix11.10.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#153490
1   2   3   4   5   6   7   8
Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.

4. Rentabellik va uni oshirish yo’llari
Sanoat korxonalarining muhim moliyaviy ko’rsatkichlaridan biri 
rentabellikdir. Ishlab chiqarish rentabelligi korxona (firma) ishi 
samaradorligini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlardan biridir. U 
korxonaning daromad olish darajisini ifodalaydi.
Rentabellik nazariyasida uning bir qancha turlari mavjud bo’lib, ular 
jumlasiga quyidagilar kiradi:

sotish rentabelligi;

asosiy faoliyat rentabelligi;

xususiy kapital rentabelligi;

asosiy kapital (fondlar) rentabelligi;

permanent kapital rentabelligi;

aylanma kapital rentabelligi;

qarzga olingan kapital rentabelligi; - real asosiy kapital 
rentabelligi;

investirlashgan kapital samaradorligi.
1. Sotish rentabelligi deganda har bir sotilgan mahsulot summasiga 
qancha xarajat qilinganlik darajasi tushuniladi. Demak, bu ko’rsatkich 
sotilgan mahsulot qiymati bilan ana shu mahsulotni ishlab chiqarishga 
sarflangan xarajatlarni taqqoslash asosida yuzaga keladi. Bunday 
koeffitsiyent baholash siyosatidagi o’zgarishlarni va sotilgan mahsulot 
tannarxini nazorat qilish bo’yicha korxonaning qobiliyatini tavsiflaydi.
Sotish rentabelligini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: 
ishlab chiqarishning foydaliligi, natijaliligidir. Bu ko’rsatkich ishlab chiqarish 
samaradorligini tavsiflaydi va quyidagicha ifodalanadi:


3.
Xususiy kapitalning rentabelligi – bu korxona (firma), tarmoq xususiy 
kapitalining foydaliligi va natijaliligi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 
Bunday koeffitsiyent xususiy kapitaldan foydalanish darajasini, ya’ni korxona 
tomonidan xususiy kapitalning o’rtacha qiymatiga qancha sof foyda olinganligini 
ko’rsatadi.
4.
Asosiy kapital (fondlar) rentabelligi – bu asosiy fondlar va boshqa 
oborotdan tashqari aktivlarning foydaliligi. U quyidagicha aniqlanadi:
5.
Permanent kapital rentabelligi – bu permanent kapitalning foydaliligi, 
natijaliligidir. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
6.
Aylanma kapitalning rentabelligi – bu aylanma kapitalning foydaliligi, 
natijaliligi. U har bir so’mli aylanma kapitaldan qanchalik foyda olish mumkinligini 
ko’rsatadi. Uni quyidagi formula asosida aniqlash mumkin:
7.
Qarzga olingan kapitalning rentabelligi – bu qarzga olingan kapitalning 
foydaliligi, unumliligi. U quyidagicha aniqlanadi:
Bu koeffitsiyent har bir so’mli qarzga olingan kapital qancha foyda 
keltirganligini ifodalaydi.
8.
Real asosiy kapitalning rentabelligi uning foydaliligini ifodalaydi va 
har bir so’mli real asosiy kapital qancha so’m foyda keltirganligini ko’rsatadi. U 
quyidagi formula asosida aniqlanadi:
9.
Investirlangan kapital rentabelligi – bu investitsiya mablag’larining 
natijaliligi, foydaliligi. Bu ko’rsatkich investitsiya tufayli olingan mablag’larning 
qanchalik samara berishini ifodalaydi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:


Rentabellik darajasi ko’rsatkichining yuqori bo’lishi korxona (firma) 
ixtiyoridagi asosiy va aylanma fondlardan oqilona foydalanilayotganini va korxona 
(firma)ning ma’lum miqdorda foyda (daromad) olayotganligini ko’rsatadi.
Rentabellik darajasini ko’tarish uchun sanoatning barcha tarmoqlari va 
korxonalari sotilgan mahsulot hajmini oshirishga, uni ishlab chiqarish uchun 
sarflanayotgan xarajatlarni kamaytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini 
oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari zarur.

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin