Innovasiyalar vazirligi


 Foyda va uni maksimallashtirish



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix11.10.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#153490
1   2   3   4   5   6   7   8
Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.

 
3. Foyda va uni maksimallashtirish 
Sanoat va uning barcha bo’g’inlari ishini tavsiflovchi muhim sifat 
ko’rsatkichlaridan biri foyda va rentabellikdir. Foyda bozor 
munosabatlarining muhim kategoriyasi sifatida iqtisodiyotda, ma’lum 
funksiya (vazifa)larni bajaradi:
-ishlab chiqarish faoliyatining natijasidan olingan iqtisodiy 
samarani tavsiflaydi, chunki u so’nggi moliyaviy natijani ifodalaydi;
-turli darajadagi budjetlarni shakllantiradi;
-xodimlarning manfaatlarini himoya qiladi va bu borada iqtisodiy 
dastak va stimul rolini o’ynaydi;
-ilmiy – texnikaviy, tashkiliy va ijtimoiy ishlarni amalga oshirishga 
imkoniyat beradi.
Foyda sanoat, tarmoq va korxonaning hamma ishlab chiqarish 
xo’jalik faoliyati natijalarini umumlashtiruvchi ko’rsatkichdir. 
Balansdagi foyda yoki foydaning umumiy summasi – korxona 
balansidagi mavjud ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari
xo’jaliklarning moliya-xo’jalik faoliyatlari natijasida olingan foyda 
summasidir . Foydaning umumiy summasi tovar mahsulotini sotishdan
ishlab chiqarishdan tashqari, bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan 
daromadlardan, korxona yordamchi xo’jaliklarining mahsulotlarini 
sotishdan olingan daromadlardan, realizatsiyadan tashqari, foyda va uy-
joy kommunal xo’jaligi, har xil jarimalar, penya va hokazolardan tashkil 
topadi.
Xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyatining moliyaviy natijalari 
foydaning quyidagi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi:
-mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda (YaF), bu sotishdan 
olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi 
o’rtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi: 
YaF 
=
 SST – MIT, 
bu yerda: 
YaF
 – 
yalpi foyda; 
SST
– sotishdan olingan sof tushum;
 
MIT
– sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
Asosiy faoliyatdan ko’rilgan foyda – bu mahsulotni sotishdan olingan yalpi 
foyda bilan davr xarajatlari o’rtasidagi tafovut va qo’shimcha asosiy faoliyatdan 
ko’rilgan boshqa daromadlar yoki minus boshqa zararlar sifatida aniqlanadi:

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin