Innovasiyalar vazirligi



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix11.10.2023
ölçüsü0,8 Mb.
#153490
1   2   3   4   5   6   7   8
Sanoat ishlab chiqarishi sifat ko‘rsatkichlari tizimida tannarxning roli va tutgan o‘rni.

 
 
 
 
 
 
 
 
 


1.Qiymat va tannarx nazariyasi, ishlab chiqarish sarflarini 
kamaytirishning ilmiy asoslari.
Iqtisodiyot nazariyasida qiymat va tannarx masalasi alohida 
ahamiyat kasb etadi. Jumladan, qiymat tushunchasi borasida bir qator 
munozarali fikrlar mavjud. Ayrim iqtisodchi olimlar tovarning qiymatini 
uning natijaliligi bilan bog’lasalar, ayrimlari tovar qiymati – tovar ishlab 
chiqaruvchilarning tovarda gavdalangan va unda moddiylashgan ijtimoiy 
mehnati, deb hisoblaydilar. Boshqalari esa tovarning qiymatini ushbu 
tovarga bo’lgan talab va taklif, ya’ni tovarning noyobligi belgilaydi, deb 
hisoblaydilar.
Umuman olganda, tovarning qiymati uning boshqa tovarga 
ayirboshlana olish darajasini aniqlash uchun zarurdir. Narx (baho) va 
qiymat tushunchalari orasida deyarli farq yo’q. Faqatgina narx (baho) – 
bu tovar qiymatining puldagi ifodasidir xolos.
Iqtisodiyotda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi kategoriyasidan 
ham keng foydalaniladi. Qiymat va ishlab chiqarish tannarxi o’rtasidagi 
tafovut ishlab chiqarish subyektining daromadi yoki foydasi hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi – mahsulotni ishlab chiqarish 
bilan bevosita bog’liq bo’lgan, ya’ni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan 
bog’liq bo’lgan xarajatlarning puldagi ifodasidir .
Sanoat oldida turgan asosiy vazifalardan biri – bu mahsulot ishlab 
chiqarish tannarxini pasaytirishdir. Bu vazifaning bajarilishi natijasida 
ishlab chiqarishni rivojlantirishga va aholining turmush darajasini 
oshirishga imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida 
barcha resurslardan bekami-ko’st foydalanish bu ko’rsatkichlarning rolini 
oshirish zaruratini taqozo etadi. Shu sababli tannarx atamasining 
mohiyati, ahamiyati, mazmuni va shakllarini yaxshi bilish hamda uni 
pasaytirish masalasiga katta e’tibor berish kerak bo’ladi.
Biron-bir mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda 
xomashyo va materiallar, mehnat va boshqa ishlab chiqarish xususiyatiga 
ega bo’lgan yuklama xarajatlar sarflanadi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan 
bevosita bog’liq bo’lgan xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot ishlab 
chiqarish tannarxi deb ataladi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko’rsatkichi ishlab chiqarishni 
rivojlantirishda va uni tashkil etishda muhim rol o’ynaydi.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish ishlab chiqarish 
rentabelligini oshirish, ya’ni foydani ko’paytirishning, mavjud resurslar 
bilan ishlab chiqarish hajmini o’stirishning muhim omili hisoblanadi. 
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi ko’rsatkichi ishlab chiqarish sifat 
ko’rsatkichlari orasida alohida o’rin tutadi.


Ishlab chiqarishni va mehnatni tashkil etish, texnika va 
materiallardan foydalanish, moddiy texnika ta’minotini takomillashtirish, 
mahsulot sifatini yaxshilash borasidagi hamma o’zgarishlar xarajatlar 
darajasida aks etadi. Shu sababli ham biz mahsulot tannarxi ishlab 
chiqarish samaradorligining sifat ko’rsatkichlari tizimida muhim o’rin 
egallaydi, deya olamiz. Binobarin, shuning uchun ham mahsulot ishlab 
chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni ularning iqtisodiy 
mazmuniga ko’ra guruhlash muhim ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin